Ташқи иқтисодий фаолиятни ривожлантиришда суғурта бозорининг роли



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/37
tarix14.06.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#129967
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37
Kitob 7769 uzsmart.uz

2.2.4-jadval 
"
Kafolat" DASKning Analitik koeffistientlari 

01.07.2009 
y. 
01.01.2010 
y. 
Sug`urta to’lovlari koeffistienti
10,4%
9,1%
Faollik darajasi
20,3%
44,1%
Operastion leveradj
57,5%
105,7%
Rezer leveradj
62,5%
61,6%
Sug`urta rezervlari / sug`urtaaniya mukofotlari 103,7%
56,3%
Kombinastiyalashgan koeffistient
55,6%
53,1%
Chiqimlar koeffistient
45,2%
44,0%
Operastion koeffistient
87,7%
86,9%
Aktivlar rentabelligi
2,1%*
6,1%
Kapital rentabelligi
3,7%*
9,9%
Investistiyalar/Balans majburiyatlari
163,4%
179,9%
Qisqa muddatli investistiyalar/ Balans 
majburiyatlari
148,1%
163,7%
Yuqori likvidli investistiyalar / O’zini oqlaydigan 
investistiyalar
88,3%
81,1%


37 
portfel investistiyalarning daromadi
6,1%
12,0%
manba: "Kafolat" DASK ma’lumotlari 
Jadvaldan
sug`urta kompaniyasi "Kafolat" DASKning ma’lumotlarini 
tahlil qilishimiz mumkin .2010y ma’lumotlariga ko’ra O’zRning sug`urta bozorida 
32 sug`urta kompaniyalari faoliyat ko’rsatmoqda. Shulardan 25 – umumiy 
sug`urtalashda 1-hayotni sug`urtalash,1-qayta sug`urtalash kompaniyasidir. 
2.3.Halqaro va milliy tajriba: qiyosiy tahlil
Bryusseldagi falokatlar bo’yicha tadqiqot markazi ma’lumotlariga 
qaraganda so’nggi 30 yil ichida dunyoda tabiiy ofatlardan 36 millionga yaqin kishi 
xalok bo’ldi, 3 milliard kishi jabrlandi, umumiy iqtisodiy zarar 340 milliard 
dollarni tashkil etdi. 
Oddiy xisob-kitoblarga qaraganda falokatlar, avariyalar tabiiy ofatlar 
natijasida har yili ikki millionga yaqin kishi xalok bo’ladi, hamda bir necha o’n 
million kishi zararlanadi va jaroxat oladi. Ayni vaqtda jaxon iqtisodiyotida ishlab 
chiqarilgan yalpi maxsulotlarning taxminan 4-5 foizining bevosita va bilvosita 
zararlar tashkil qiladi. 
O’tgan asrning 1998 yilining o’zida jaxonda falokatli oqibatlar keltirgan 538 
tabiiy ofat yuz berdi va ellik minga yaqin kishi xalok bo’ldi, 126 million kishi 
jabrlandi va o’z istiqomat joylarini tashlab ketishga majbur bo’ldi. Dovullar, 
bo’ronlar, er kuchishi, to’lqinlardan 300 million kishi jabrlandi. 
Xulosa qilib aytganda nobudgarchiliklarni o’rnini qoplash uchun 90 milliard 
dollardan ko’proq mablag` sarflandi. 
Keltirilgan raqamlar jaxon miqyosida barcha mamlakatlarda sug`urtalash 
katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi. Agarda, sug`urtalash barcha 
mamlakatlarda bir tekisda amalga oshirilganda edi, sug`urta pulining anchagina 
qismi ogoxlantirish, oldini olish tadbirlariga sarflangan bo’lar edi. 


38 
Ushbu omillar sug`urtaning xalqaro miqyosidagi ulkan ahamiyatini kursatib 
beradi. Shu bilan birga  jaxonda sug`urtalash etarli darajada rivojlanmaganini 
ko’rsatadi. 
Xozirda o’z sug`urta tizimiga ega bulmagan mamlakatni izlab topish qiyin. 
Ayrim Afrika mamlakatlarida milliy sug`urta ishlarini xorijiy mamlakat sug`urta 
kompaniyalari bajaradi. AqShning sanoatlashgan shaharlaridan tortib, Osiyo va 
Afrikaning ichkarisidagi kichik mamlakatlarigacha, Xitoyda, Xindistonda, 
Avstraliyada sug`urtaning turli shakllari joriy qilingan.
Biz sug`urta tashkilotlari XVII asrda Angliyada kurtak ota boshlaganligini 
ko’rsatgan edik, XVIII asrda sug`urta Angliyadan Rossiyaga ko’chgan, dastlab 
xorijiy sug`urta tashkilotlari, keyinchalik, milliy sug`urta tashkilotlari barpo 
qilingan. XIX asr oxirlarida Turkistonda uning filiallari qad ko’targan, XIX 
asrlarda jaxon mamlakatlarida sug`urtaning bir tekisda rivojlanmaganligi sabab, 
mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi bir xil bo’lmaganligidir. 
Iqtisodiyoti tez rivojlangan mamlakatlarda sug`urtaning rivojlanish sur’ati 
sekin bulmagan, mamlakatdagi xususiy monopolistik tashkilotlarning va 
korxonalarning iqtisodiy taraqqiyoti sug`urtaning tez rivojlanishiga imkoniyatlar 
yaratib bergan, lekin jaxon mamlakatlarida sug`urtaning xalqaro xisoboti eksport 
va import kabi namunali yo’lga quyilmagan. Shu sababli har bir mamlakatning 
jaxon sug`urta tizimidagi o’rni haqida batafsil ma’lumotlarga jaxon bo’yicha 
qoplangan zararlarni umum miqdorini xisoblab chiqish imkoniyatiga ega emasmiz, 
lekin ko’rsatkichlar ham jaxon sug`urtasi haqida batafsil ma’lumot berishi qiyin, 
o’rtacha kursatkichlar esa aniq tasavvur bermaydi. 
Sug`urta haqida ilmiy jixatdan tasavvur beradigan kursatkich har bir 
mamlakatdagi sug`urta badali sug`urta mukofotining miqdoridadir. Aniqrog`i bu 
ko’rsatkichning milliy daromad va ijtimoiy maxsulotda tutgan o’rni, qolaversa 
sug`urta badalining jon boshiga qanchadan to’g`ri kelishi, shuningdek sug`urta 
tashkilotlarining soni orqali ifodalanishidadir. 
Sug`urta tashkilotlarining soni jixatidan AqSh, Angliya va Kanadani 
peshqadam deb kursatsak, mubolag`a qilmagan bo’lamiz. 


39 
Ushbu mamlakatlarda sug`urta xissasi jaxon sug`urta to’lovlarining 40% dan 
ortig`ini tashkil qiladi. Evropa mamlakatlarida 30% ortiq, Osiyo mamlakatlari 25 
%, Afrika mamlakatlarida esa 1,0% atrofida. 
Keltirilgan raqamlar ancha eskirgan, lekin keyingi yillarda Pokiston, Xitoy va 
boshqa mamlakatlarda sug`urtaning rivojlanishida ancha siljish bo’lganligini 
kursatib o’tish kerak. Sug`urta to’lovining jon boshiga qanchadan to’g`ri kelishi 
ham bizning xulosalarimizni tuldirishi mumkin. Bu kursatkich bo’yicha 
Shvestariyada 2,4 ming, Amerikada 1,8 ming dollar, Xitoyda atigi 2,4 dollarga 
to’g`ri keladi.
Shunday qilib jaxon mamlakatlarida sug`urtaning turlicha rivojlanishiga 
sabab bir tomondan tabiiy ofatlar va baxtsiz xodisalarni har bir mamlakatlarning 
sharoitiga qarab turli muddatlarda va miqyoslarda takrorlanib turishi bulsa, bu 
mamlakatlarda qishloq xo’jaligida asosiy o’rinni egallagan, dexqonlarning sug`urta 
imkoniyatlaridan foydalanishlari uchun etarli sharoitlarga ega emasliklaridadir. 
90-yillarga qadar jaxon miqyosida shaxsiy sug`urtaning xissasi mol-mulk 
sug`urtasiga nisbatan ancha ortiq edi. 90-yillardan keyin shaxsiy sug`urta 
dinamikasida katta o’zgarishlar sodir bo’ldi. Mulk sug`urtasiga nisbatan shaxsiy 
sug`urtaning ustun rivojlanishi davom etmoqda. BMTning 90-95 yil 
ma’lumotlariga qaraganda qit’alar va mamlakatlar bo’yicha shaxsiy sug`urtaning 
xissasi quyidagicha: ( 2.3.1 –diagramma) 

Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin