Sug`urta tashkilotlarining daromadi va harajatlari.Sug`urta tashkilotlari
daromad va harajatlarining muvozanati ularning barqarorligini ifoda qiladi.
Sug`urtalovchilar zimmalariga olgan sug`urta majburiyatlari bajarilishini
ta’minlash maqsadida shaxsiy sug`urta bo’yicha bo’lg`usi to’lovlar, mulkiy va
javobgarlik sug`urtasi bo’yicha zaxiralarni vujudga keltiradilar. Bu zaxiralar
musodara qilinishi mumkin emas. Ular soliklar tulangandan keyin qoladigan va
o’z ixtiyorlariga kelib tushadigan daromadlaridan uz faoliyatlarini ta’minlash
uchun zarur bulgan fondlar tashkil qilishlari mumkin.
Sug`urta tashkilotlarining daromadlari sug`urta tadbirlaridan investistiya
faoliyatlaridan va boshqa tushumlar xisobidan shakllanishi mumkin. Sug`urta
to’lovlari sug`urta tashkilotlarining birlamchi daromadidir. Uning asosida sug`urta
mablaglarining doimiy harajatlari amalga oshiriladi, shu bilan birga u investistiya
faoliyatini mablag` bilan ta’minlashining manbai xisoblanadi.
Sug`urta harajatlariga mablag sarflash bilan uning ixtiyoriga daromadlarning
kelib tushishi urtasida muayan vaqt o’tadi. Bu vaqt davomida daromad bilan
harajatning farqidan, ya’ni daromadlarni harajatlardan oshgan qismidan
foydalanish mumkin. Shaxsiy sug`urtada zaxira mablag`lari 10 va undan kup
davrda sug`urta ixtiyorida bulishi mumkin undan tashqari aloxida zaxira va rezerv
fondlari shakllanadi. Demak, ular un yillar davomida harakatsiz yotishi mumkin.
Bu
imkoniyatlar sug`urta
fondidan sug`urtalovchining
qarz
fondini
shakllantirishga, tijorat munosabatlarida qatnashishga imkon beradi.
Sug`urtalovchining bu mablaglari iqtisodiyotning har bir tarmog`iga kredit
to’g`ridan-to’g`ri berish qimmatbaxo qog`ozlar sotib olish va boshqa maqsadlar
uchun foydalanilishi mumkin.
Bundan tashqari sug`urta tashkilotlari kadrlar tayyorlash, maslaxat berish va
boshqa xizmat kursatishdan ham daromad olishlari mumkin.
55
Sug`urta tashkilotlarining harajatlari sug`urta fondining taqsimlanishi jarayonida
shakllanishi mumkin. Bu harajatlar ikki bir-biriga bog`liq iqtisodiy jarayonga
xizmat qiladi.
1.
Sug`urta
bo’yicha
zararlarni
qoplash
majburiyatlarini
sug`urtalanuvchilarga tulash.
2.
Sug`urta tashkiloti faoliyatini mablag bilan ta’minlash. Harajatlarni
quyidagi moddalarga ajratish mumkin:
1.
Sug`urta qoplamalari va sug`urta ta’minotiga mablag ajratish;
2.
Sug`urta rezervlariga mablag ajratish;
3.
Ogoxlantirish tadbirlariga mablag ajratish;
4.
Mablaglardan bir qismini qayta sug`urtalashga utkazish;
5.
Sug`urtani boshqarishga mablag ajratish;
6.
Boshqa harajatlar.
Bu harajatlarning hammasi sug`urta xizmatlarining tannarxini tashkil qiladi.
Tannarxni ikki guruxga bulish mumkin:
1.
Keng ma’nodagi tannarx;
2.
Tor ma’nodagi tannarx.
Yuqoridagi sanab o’tilgan barcha harajatlar keng ma’nodagi harajatlarga kiradi.
Sug`urtani boshqarish harajatlari esa (ma’muriy) tor ma’nodagi tannarxga misol
buladi.
Jaxon amaliyotida sug`urtaning boshqarish harajatlari ekvizastion inkassa,
tugallash va boshqarish harajatlariga bulinadi. Ekvizastion harajatlar shartnoma
tuzish maqsadlarida amalga oshiriladi. Shartnoma tuzishdan oldin tibbiyot
ko’rigidan o’tish kerak.
Inkassa harajatlari sug`urta to’lovlarini to’lash bilan bog`liq bo’lib,
xodimlarga mehnat xaqi sifatida beriladi. Tugallash harajatlariga sug`urta
komissiyalari va eksportlarning sug`urta xodisasi sodir bulgan joylarga borishlari
bilan bog`liq yul xaqi, sud harajatlari, aloqa harajatlari va boshqalar kiradi.
Boshqarish harajatlari xodimlarning ma’muriy idora harajatlaridan tashkil topadi.
56
Sug`urtalanuvchining
daromad
va
harajatlarini
taqqoslab sug`urta
tadbirlarining yakunlari aniqlanadi. Bu kursatkich sug`urta tashkilotining barcha
faoliyati va sug`urtalashning har biri bo’yicha xisoblanadi.
Moliyaviy natija ikki kursatkich bilan ifodalanadi:
1.
Sug`urtalovchining foydasi (zarari);
2.
Badallar rezervining kupayishi.
Sug`urta tadbirlaridan olinadigan foyda sug`urta xizmatlari kursatish baxosi bilan
uning tannarxi urtasidagi farq sifatida xisoblanadi. Daromadlik darajasi rentabellik
sifatida yillik foyda miqdorini yillik sug`urta badallari miqdoriga munosabati
sifatida aniqlanadi.
Sug`urta tadbirlaridan olinadigan foydadan tashqari investistiya tadbirlaridan
ham foyda olinishi mumkin.
Sug`urta tashkilotining sug`urta tadbirlari va investistiya faoliyatidan
olinadigan daromadlari daromad soligiga tortiladi.
Sug`urta xodisalarining tasodifiy sodir bulishi qulay sharoitlar va ayrim
yillarda ortiqcha mablaglardan zaxira fondini shakllantirishni taqozo etadi. Bu
tadbir sug`urta tashkilotlari moliyaviy axvolini barqaror bulishini ta’minlaydi.
Rezerv-(zaxira)fondlarini manbai netto stavkasining ortib qolgan mablagi
bo’lib, bu qoldiq, yildan yilga ko’payib va noqulay yilda sarflash uchun to’planib
boriladi. Noqulay yillarda harajatlarning daromadlaridan ortgan qismi ana shu
rezerv fondlari xisobidan qoplanadi.
Sug`urta soxasida zararning 3 xili kuzatiladi.
Birinchi xilga har yili takrorlanib turadigan bir me’yordagi zararlar xajmi
kiradi, ikkinchisiga urtacha zarardan kuproq sodir bulgan zararlar, uchinchisiga esa
ulkan sifatlar natijasida xosil bulgan katta miqyosdagi zararlar kiradi. Birinchi va
ikkinchi xil zararlarni sug`urta tashkiloti xisobidagi zaxira fondlari xisobidan
qoplansa, uchinchi xildagi zararlar esa katta miqdordagi zaxira fondini tashkil
qilishni talab qiladi.
Katta miqdordagi zaxira fondlari bir necha sug`urta tashkiloti ishtirokida
tashkil qilinishi mumkin. Bunday fondlarni tashkil qilishda qayta sug`urtalash
57
usullaridan ham foydalanish taqdim qilinadi. Bundan tashqari sug`urta zaxiralarini
shakllantirishda badallar rezervlardan ham foydalaniladi.