2. Sug`urta fondini tashkil qilish bilan bog`liq pul munosabatlari; O’z navbatida sug`urta ximoyasini shakllantiruvchi pul munosabatlari yana
ikki bosqichdan utdi. Birinchi bosqichida sug`urta fondini shakllantiruvchi
taqsimlash munosabatlari, ikkinchi bosqichda undan foydalanish bilan bog`liq
investistiya munosabatlari amalga oshiriladi.
Sug`urta fondlari tarif asosida xisoblanadigan sug`urta to’lovlari asosida
shakllanadi.
Sug`urta to’lovlarini qabul qilish va uning sarflanishi bir vaqtda sodir
bulmasdan, turli vaqtlarda sodir buladi. Tuplangan sug`urta mablaglarining bir
qismi sug`urta tashkiloti ixtiyorida qoladi. Lekin bozor iqtisodiyoti davrida
sug`urta tashkiloti faqat uz harajatlarini qoplash bilan chegaralanmay, balki foyda
olishni ham kuzda tutadi.
Shuni aytish kerakki, bu o’rinda «foyda» atamasi shartli ma’noda qullaniladi,
chunki sug`urta tashkilotlari milliy daromad xosil qilishda qatnashmaydilar.
Shuning uchun ular katta xajmda foyda olishga intilmasliklari kerak, chunki
buning natijasida sug`urta tashkiloti bilan sug`urtalanuvchi o’rtasidagi
ekvivalentlik tamoyili buziladi.
Foyda deganda - shunday ijobiy natija kuzda tutiladiki, sug`urta ximoyasini
amalga oshirish maqsadida daromadlarning harajatlardan oshgan xolda
muvozanatlanishi ta’minlanadi. Shunga qaramasdan hududda kamroq zarar kurilsa,
sug`urta tashkilotlarining foyda miqdori ba’zan yuqori bulishi mumkin.
Sug`urta tashkilotlari foydasining asosiy manbai uning investistiya faoliyati
xisoblanadi. Bu faoliyat natijasida sug`urta fondi mablaglarining bir qismi tijorat
maqsadlarini kuzlab sarflanadi.
Sug`urta faoliyatining maqsadi ulkan ijtimoiy ahamiyatiga ega bo’lgan
ko’rsatiladigan xizmatlar bo’lsa, investistiya faoliyatining maqsadi esa foyda
olishdan iborat. Xaqiqatdan ham bu ikki yo’nalish uzaro uzviy boglangan.
54
Shunday qilib sug`urtalanuvchining moliyaviy barqarorligining negizi
ularning ustav kapitalini va sug`urta zaxiralarini mavjud bo’lishi, shuningdek,
qayta sug`urta qilish tizimidan olingan manfaatdorlik xisoblanadi.