Ташқи иқтисодий фаолиятни ривожлантиришда суғурта бозорининг роли


Moliyaviy rejalashtirish va xisobotlar tuzish



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/37
tarix14.06.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#129967
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37
Kitob 7769 uzsmart.uz

Moliyaviy rejalashtirish va xisobotlar tuzish 
Moliyaviy 
prognozlash 
markazlashtirilgan 
tartibda 
emas, 
balki 
markazlashtirilmagan tartibda amalga oshiriladi. Har bir davlat va xususiy sug`urta 
tashkiloti uz faoliyatini rejalashtiradi. 
Rejalashtirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 
1. 
Rejalashtirilish maqsadi aniqlanadi; 
2. 
Har bir maqsadni amalga oshirish uchun sarflanadigan mablaglar va xosil 
buladigan daromadlar aniklanadi; 
3. 
Rejani bajarish bosqichlari aniklanadi; 
4. 
Rejani tekshiriladi, baxolanadi va tegishli xulosa chiqariladi. 
Sug`urta tashkilotining rejasi asosan daromad va harajat balansi shaklida tuziladi. 
Bu moliyaviy rejaning asosi sug`urta to’lovlarining tushumi xisoblanadi. 
Sug`urta to’lovlari tushumining rejalashtirganda, birinchi navbatda xuquqiy va 
jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar e’tiborga olinadi. Rejalashtirish 
sug`urtaning har bir turi bo’yicha amalga oshiriladi. 
Rejalashtirish quyidagi bosqichlarni uzida mujassamlashtiradi: 
1. 
Joriy yilda olinishi kutilgan to’lovlar tushumi; 
2. 
Shartnomaning soni, bir shartnomaga to’g`ri keladigan to’lov miqdori. 
Bu ikki kursatkichni aniqlab, sug`urta tushumining miqdori aniqlanadi. Bunda 
ayrim sug`urta to’lovlarining muddati va xususiyatlari e’tiborga olinadi. 
Uchinchi bosqichda ko’rsatkichlarni har bir ijrochiga etkazish, ma’lum qilish 
kerak buladi. Har bir sug`urta agenti uzining reja ko’rsatkichlariga ega bulishi 
kerak. Yillik reja choraklarga bo’lib xisoblanadi. 
Sug`urta tashkilotining moliyaviy rejasi daromad va harajat bo’limlariga 
ajratilib aloxida jadvallarda tuziladi. Bunda sug`urta tashkiloti daromad va 
harajatlarining har bir turi kursatiladi. 


58 
Masalan, «O’zagrosug`urta» cheklanmagan miqdorda sug`urta fondini 
belgilashi mumkin. Zaxiraviy fondlar ustav fondining 25 foizini tashkil qiladi, u 
kompaniya daromadi xisobidan tashkil qilinadi. 
Kompaniya uz faoliyatini amalga oshirish uchun boshqa fondlarni ham tashkil 
qilishi mumkin. 
Sug`urta 
kompaniyasi 
moliyaviy 
xo’jalik 
faoliyatining 
asosiy 
umumlashtiruvchi kursatkichlariga mablaglar tushumlari va ishlab chiqarish 
harajatlariga ajratiladigan mablaglar, zaxiraviy fondlar, ish yuritish harajatlari 
kiradi. 
Soliq tulangandan keyin qolgan daromaddan kompaniyaning fondlarini 
tashkil qilish va kupaytirishga yunaltirilgan mablaglar ish xaqi fondi, ijtimoiy 
rivojlantirish, ishlab chiqarish va moddiy ragbatlantirish fondlari chegirib 
tashlangandan keyin sof foyda aniqlanadi. Bu foyda dividendlar shaklida 
akstiyadorlar orasida egalik qilayotgan akstiyalari soniga qarab proporstional 
taqsimlanadi. 
Sug`urta kompaniyalari uz faoliyati yuzasidan buxgalteriya va statistika 
xisobotini olib boradi. Yillik xisobot akstiyadorlarining umumiy yigilishida 
tasdiqlanadi. 

Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin