3
KIRISh
Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyoti o’zining ma’no-mazmuni jihatidan
oldingi bosqichlardan
keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat – milliy iqtisodiyotlarning
tobora integrastiyalashuvi va globallashuvining kuchayib borishidir. Ayni paytda
bu jarayonlar xalqaro maydondagi raqobatning
ham keskinlashuviga, har bir
mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi o’z mavqeini mustahkamlash uchun
kurashining kuchayishiga ham ta’sir ko’rsatadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda sug`urta bozorining ahamiyati va
roli har bir mamlakat uchun nihoyatda muhim masala sanaladi.
Iqtisodiyotning
tarkibiy tuzilishini takomillashtirish vazifasi iqtisodiy islohotlarni amalga
oshirishda doimo diqqatimiz markazida bo’lib, iqtisodiy rivojlanish borasida
erishgan yutuqlarimizning muhim omili hisoblanadi.
Jahon iqtisodiyotida
kechayotgan
murakkab
jarayonlar
iqtisodiyotni
barqaror
rivojlantirish,
raqobatbardoshligini oshirish uchun uning tarkibiy tuzilishini muttasil
takomillashtirib
borish
zaruratini
yanada
kuchaytirdi.
Mamlakatning
raqobatbardoshligi eng avvalo uning iqtisodiyoti raqobatbardoshligi orqali
ifodalanadi.
1
Bu esa bevosita tashqi iqtisodiy
faoliyat sohasidagi siyosat
instrumentlariga taqaladi.
Prezidentimiz
ta’kidlaganlaridek,”
Bu
yil
barchamiz
ona
yurtimiz,
O’zbekistonimizning yangi tarixidagi eng buyuk va qutlug` sanalardan biri –
Vatanimiz mustaqilligining 20 yillik shonli bayramini keng nishonlaymiz.
Tabiiyki, bu bizdan barcha soha va tarmoqlarda amalga oshirayotgan keng
ko’lamli islohotlarimizni atroflicha tahlil etib, kelgusi rejalarimizni aniq-ravshan
belgilab olishni talab etadi.”
2
1
Ҳодиев Б.Ю., Бекмуродов А.Ш., Ғофуров У.В. Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримовнинг
2010 йил 28 январ ва 2010 йил 30 январдаги маърузаларини ўрганиш бўйича Ўқув-услубий мажмуа –
Тошкент: Иқтисодиёт. – 2010
2
Президент И. Каримовнинг 2010 йилнинг асосий якунлари ва 2011 йилда Ўзбекистонни ижтимоий-
иқтисодий ривожлантиришнинг энг мухим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг
мажлисидаги маърузаси
4
Shunga ko’ra, biz mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy
va tashqi iqtisodiy
faoliyat sohasini rivojlanishida
sug`urta bozorining o’rni va joriy va istiqboldagi
chora-tadbirlarini belgilashda jahon moliyaviy inqirozi oqibatlarining ta’sirini har
tomonlama
hisobga olishimiz, iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ushbu jarayonlar
ta’siri nuqtai-nazaridan shakllantirishimiz va ularni izchil amalga oshirishimiz
taqozo etiladi.
Shu bilan birga hozirgi murakkab sharoitda O’zbekiston
iqtisodiyotini
erkinlashtirish va modernizastiyalash asosida tashqi iqtisodiy faoliyat tizimini
rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish eng dolzarb vazifalardan biri
hisoblanadi. Respublikamizning jahon iqtisodiyoti va unda ro’y
berayotgan
jarayonlarda faol ishtirok etishi iqtisodiyotimizga qo’shimcha imkoniyatlar ochib
beradi, tashqi iqtisodiy aloqalarning qayta qurilishi yurtimizda ijtimoiy
yunaltirilgan bozor iqtisodiyotining shakllanishini tezlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: