47
1940 yilda sug`urta tashkilotlarining soni 48 taga etdi. Urush davrida sug`urta
tashkilotlarinig soni
bir muncha qisqargan bulsa ham, 1955 yilga kelib, ayniqsa
avtomobillarni sug`urtalash haqidagi qonun qabul qilingandan keyin, sug`urta tez
sur’atlar bilan rivojlana boshladi.
Xozirda Yaponiyada 56 ta sug`urta kompaniyalari majud bo’lib, 1955 yilga
nisbatan sug`urta to’lovlari 130 barobarga yaqin kupaydi. Yillik usish 13% ni
tashkil qiladi. Yaponiya iqtisodiyotining rivojlanishi natijasida sug`urta
tashkilotlarini jamgarmalari 100 mlrd. AqSh dollarini tashkil qildi. Sug`urta
agentliklarida 1 mln.dan ortiq agent faoliyat ko’rsatadi.
Sug`urta turlari orasida avtomobillarni sug`urtalash katta o’rin tutadi, uning
xissasi 51,1%, dengiz transporti sug`urtasi 10% dan ortig`ni tashkil qiladi.
Sug`urta tashkilotlari faoliyati ustidan Yaponiya moliya vazirligi nazorat olib
boradi. Vazirlik qoshidagi assostiastiyalar sug`urta, ayniqsa avtomobil
sug`urtasining
stavkasini, baxtsizlik xodisalari, yongin sug`urtasi shaxsiy
sug`urtaning boshqa turlari bo’yicha ta’riflarni belgilaydi.
Yaponiya sug`urta tashkilotlari iqtisodiy jixatdan barqaror bulishlariga
qaramasdan o’z faoliyatlarini kengaytirishga,
buning uchun harajatlarni
kamaytirishga aloxida ahamiyat berdilar. Yaponiyada yuklarini sug`urtalash
diqqatga sazovordir. Oziq-ovqat, sanoat tovarlari muzlatilgan gushtlarni tashish
aloxida xususiyatlarga ega. Bunda ta’rif qo’llangan marshrut yukning turi va
tashish usuli xisobga olinadi. 1996 yil aprelda sug`urta qonuniga kiritilgan
uzgartirishlarda sug`urta ishida davlatning
aralashuvini kamaytirish, mulk va
shaxsiy sug`urtaning o’zaro munosabatlarini takomillashtirishga aloxida ahamiyat
berildi.
Aholi tarkibida qariyalarning xissasini oshirib borishi sug`urtalashda ham
e’tiborga olinmoqda. Avtomobil sug`urtasida xaydovchini yoshi, tajribasi, mashina
markasi, olib qochish sodir bulganda qarshilik kursatish vositalari va boshqalar
e’tiborga olinadi. Keyingi yillarda sug`urta tizimini yiriklashtirishga aloxida e’tibor
berildi.
48
Shunday qilib xorijiy mamlakatlarda sug`urta xalqaro sug`urta bozorining
tarkibiy qismi xisoblanadi. Sug`urta yordami bilan yalpi milliy maxsulotining 8-
12% taqsimlanadi. Sug`urta badallari yirik investistiyalarning
manbai xisoblanadi
va sug`urta fondlaridan davlat qarzlarini tulashda ham foydalaniladi.
Ko’pchilik mamlakatlarda sug`urta markazlashtirilmagan xolda boshqariladi,
lekin xozirda sug`urtani boshqarishni markazlashtirilgan xolda tashkil qilishga
aloxida ahamiyat bermoqda. Uning uchun zarar kurgan sug`urta tashkilotlarini
faoliyati ustidan nazorat kuchaytirilmoqda.
Jaxon miqyosida mamlakatlar o’rtasida sug`urta aloqalarining rivojlanishi
bilan qayta sug`urtalash operastiyalarini kengaytirishga
aloxida ahamiyatga ega
bulmoqda.
Fan - texnika taraqqiyoti natijasida yangi xavf-xatarlarning vujudga kelishi
bilan sug`urtaning yangi turlarini shakllanishi vujudga keldi.Jaxonda fan-texnika
taraqqiyoti ilmiy texnika rivojlanishiga ijobiy ta’sir kursatmoqda. Shu munosabat
bilan boshqa mamlakatlarda amalga oshiriladigan yoki kelgusida istiqbolga ega
bulgan sug`urtaning turlariga quyidagi xavf-xatarlarni kiritilishi mumkin:
1.
Dastlab boshqa sayyoralarga muntazam kosmik kemalarining parvozini
tashkil etilishi munosabati bilan osmonga uchish tadbirlari bo’yicha sug`urta;
2.
Atom xavf-xatari sug`urtasi, bu sug`urta atom asosida ishlaydigan elektr
stanstiyalarga doir sug`urta;
3.
Robotlar va elektron xisoblash mashinalari bo’yicha sug`urta;
4.
Tabiatni muxofaza qilish tadbirlari bo’yicha sug`urta;
5.
Yangi ixtirolar va kashfiyotlarni ishlab chiqarishga joriy qilish bo’yicha
sug`urta.
Xorijiy mamlakatlar sug`urta kompaniyalari tomonidan sug`urta ishlarini tashkil
etish bo’yicha qator tajribalar to’plangan bo’lib, mamlakatimizda sug`urta
ishlarini kengaytirish uchun birinchi navbatda ushbu tajribalardan foydalanib,
quyidagi tadbirlarni amalga oshirilishi lozim:
1.
Sug`urta bozorini tashkil qilish va sug`urta nazoratini amalga oshirishni
takomillashtirish;
49
2.
Tashqi savdo bilan bog`liq tadbirlarni sug`urtalashni kengaytirish;
3.
O’zbekinvest EIMSK faoliyatini kengaytirish;
4.
Turizm va avtoturizmni sug`urtalashga aloxida ahamiyat berish;
5.
Kreditni sug`urtalashni kengaytirish;
6.
Javobgarlik sug`urtasining boshqa turlarini ishlab chiqish va amalga
oshirish;
7.
qurilish, kommunal xo’jaligi korxonalarini sug`urtalash tadbirlarini ishlab
chiqish;
8.
qishloq xo’jalik korxonalarini sug`urtalashni qayta qurish;
9.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni sug`urtalashni
yangi usullarini
joriy qilish;
10.
qayta sug`urtalash ishlarini yanada takomillashtirish;
Boshqa mamlakatlar bilan sug`urta soxasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish,
sug`urta soxasida xizmat qiluvchi kadrlar tayyorlashni yaxshilash
Mamlakatimizdagi ba’zi-bir sug`urta kompaniyalari haqida qisqacha gapirib
o’tsak."
ALFA INVEST" YoAJ Sug`urta Kompaniyasi Kompaniya sug`urta
mukofotlarini yig`ish bo’yicha birinchi o’ntalikka kiradi. Nizom kapitalining
qiymati
500 000
AQSh
dollariga
teng.
Mijozlar bilan tezkor
va bevosita ish olib borish, egiluvchan tarif siyosati,
mustahkam moliyaviy baza, dunyo standartlariga javob beruvchi sug`urta
himoyasini ta’minlash Kompaniyaning asosiy faoliyat tamoyillari hisoblanadi.
Kompaniya:
- International SOS kompaniyalar guruhlari xalqaro tarmoqlari bilan hamkorlik
qiladi;
-
to’xtovsiz
ishlaydigan
Dispetcherlik
markaziga
ega;
- mijozning talabiga ko’ra yangi sug`urta mahsulotlari ishlab chiqish va joriy etish
hamda mavjud mahsulotlarga qo’shimchalar kiritish imkoniyatiga ega
Dostları ilə paylaş: