40
( 2.3.1 –diagramma)
Jaxon miqyosida shaxsiy sug`urtaning xissasi
Европа 31%
Осиёда 34%
АҚШ 29.1
Россия 2,7 %
Германия 5%
Франция5,5 %
БуюкБритания 9,3
Шахсий суғрта
Manba :
Sug`urta ishi.Ma’ruza matni. Sh. Mamajonov, D. Inamova.
NAMANGAN - 2005
Jadvaldan ko’rinadiki, Evropa 31% shu xisobda Buyuk Britaniyada 9,3%,
Franstiyada 5,5%, Germaniyada 5%, Rossiyada 2,7%, Gollandiyada 1,8%,
Osiyoda 34%, shu xisobda Yaponiyada 28,7, Janubiy Koreyada 3,2%, Shimoliy
Amerikada 31%, shu xisobda AqShda 29,1%, Kanadada 2,3%, Okeaniyada 1,8%,
Afrikada 1,3%, Lotin Amerikasida 0,3%, hayot sug`urtasida Yaponiya
peshqadamlik qilmoqda (1,645 trln dollar) undan keyin Shvestariya (1,635 trln
dollar), AqSh 6-o’rinda, uning sug`urta kapitallari Yaponiya fondining yarmiga
teng. Rossiya 27-o’rinda, Yaponiya sug`urta fondining 1,8 qismiga teng.
Lekin AqSh sug`urta tizimida shaxsiy sug`urta mulk sug`urtasiga qaraganda
ustun xisoblanib, uning sug`urta fondidagi xissasi 70% teng keladi.
Jaxon mamlakatlarida sug`urta tashkilotlarini turlari va amalga oshiriladigan
sug`urta turlari.Jaxonda ish olib borayotgan necha 10 minglab katta kichik
sug`urta tashkilotlari, ularning filiallari tuzilishi bir xil emas. Bu tashkilotlarni
quyidagi guruxlarga bo’lish mumkin:
41
1)
fuqarolarning barcha tabaqalarga xizmat qiluvchi akstiyalari birja va
boshqa yo’l bilan sotiladigan erkin sug`urta kompaniyalari;
2)
xususiy xissadorlik sug`urta kompaniyalari, bu tashkilotlarning xususiyati
shundan iboratki uning akstiyalariga ma’lum doiradagi shaxslar egalik qiladilar.
Jamiyat qarori bilan ishonchli kishilar ularning akstiyalarini sotib olishi mumkin;
3)
davlat sug`urta kompaniyalari, ularning akstiyalariga davlat tula yoki
qisman egalik qiladi. Bundan tashqari davlat tomonidan ayrim ixtisoslashgan
sug`urta tashkilotlari barpo qilinishi mumkin. Bu tashkilotlar eksportni
sug`urtalash yoki qayta sug`urtalashga yordam berishlari mumkin;
4)
o’zaro sug`urtalash jamiyatlari. Ayrim ishlab chiqarish soxalari bunday
sug`urta kompaniyalari tuzilib ularni asosiy maqsadi foyda olish bulmasdan
murakkab vaziyatlarda bir-birlariga uzaro yordam kursatishdir;
5)
ayrim sanoat va savdo tarmoqlariga xizmat qiluvchi ixtisoslashgan
sug`urta tashkilotlari. Masalan, aviastiya soxasida sug`urtalash chegaralangan
bulgani uchun, ular uz tarmoqlari bo’yicha ixtisoslashgan tashkilotlarni tuzadilar;
Bu sanab utilgan sug`urta tashkilotlarining daromadlari sug`urta to’lovlari,
chiqargan akstiyalar bo’yicha dividendlar xisobiga shakllanadi.
Sug`urta tashkilotlari ixtisoslashgan va ixtisoslashmagan asosda uz ishlarini
tashkil qiladilar, ixtisoslashmagan sug`urta tashkilotlari sug`urtaning bir necha
turlari bo’yicha uz faoliyatlarini amalga oshiradilar. Ixtisoslashgan sug`urta
tashkilotlari kupincha 1-2 ixtisosli yo’nalishlarda ish olib boradilar. Dastlab shuni
aytish kerakki, bunday ixtisoslashish 1978 yil 1 yanvardan boshlab tashkil qilingan
Evropa Iqtisodiy Hamkorlik tizimida to’laroq ifodasini topgan. Bu tizimda
sug`urtaning barcha turlari dastlabki ikki turga bulinadi: uzoq muddatli va qisqa
muddatli umumiy sug`urta guruxlari.
Uzoq muddatli sug`urta turlariga quyidagi sug`urta yo’nalishlari kiradi:
1.
Hayotni sug`urtalash;
2.
Nikox va farzand tavalludini sug`urtalash;
3.
Uzluksiz sog-salomatlik sug`urtasi;
4.
Kapitalning qayta sug`urtasi;
42
5.
Pensiya sug`urtasi;
6.
Boshqa xillardagi uzoq muddatli sug`urta usullari.
Sug`urtaning umumiy turlari quyidagilardan ibort:
1.
Baxtsizlik xodisalaridan sug`urtalash;
2.
Betoblik sug`urtasi;
3.
Avtomobil sug`urtasi;
4.
Temir yul vagonlari sug`urtasi;
5.
Samolyotlar sug`urtasi;
6.
Kemalar sug`urtasi;
7.
Yuklarni transport sug`urtasi;
8.
Mulklarni yongin va tabiiy ofatlardan sug`urtalash;
9.
Transport xaydovchilarini fuqarolik javobgarligi sug`urtasi;
10.
Aviakompaniya egalarini fuqarolik javobgarligi sug`urtasi;
11.
Kema egalarining fuqarolik javobgarlik sug`urtasi;
12.
Umumiy javobgarlik sug`urtasi;
13.
Moliyaviy zararlar sug`urtasi;
14.
Sud harajatlari bo’yicha to’lovlar sug`urtasi.
Jaxon mamlakatlarda sug`urta tizimi va uning xususiyatlari. Sug`urta
bozori tushunchasi ayrim mamlakatlar ko’lami va barcha jaxon mamlakatlari
miqyosida qo’llaniladi. Jaxon sug`urta bozori o’z tarkibiga kura rivojlangan va
boshqa mamlakatlardagi sug`urta kompaniyalardan tashkil topgan bo’lib, jaxon
miqyosida markaz jaxon sug`urta tashkiloti xuquqiy jixatdan bir butun
assostiastiya sifatida shakllanmagan bulsa ham, lekin Evropa miqyosida bunday
yuridik assostiastiya mavjud. Bular tomonidan birgalikda qator umumiy qonunlar
qabul qilingan.
Bunday assostiastiyalar faqat xuquqiy tomondan amalga oshirilmasdan, balki
iqtisodiy jixatdan ham amalga oshirilmoqda.
AQSh sug`urta biznesi uslubiy jixatdan Buyuk Britaniyadan keyin
rivojlangan bulsa ham jaxon miqyosida tutgan o’rni jixatidan tengi yuq
xisoblanadi. Uning sug`urta monopoliyalari rivojlangan industrial mamlakatlar
43
sug`urta bozorining taxminan 50% ni nazorat qiladi. AqShda 8000 dan ortiq mulk
va 2000 ga yaqin hayotni sug`urtalash kompaniyalari faoliyat kursatadi.
2.3.2-diagramma
АQSH SUG`URTA BIZNESI
AQSH
Mulk sug`urtasi-8000
kompaniya
Bikifit sug`urtasi
Shaxsiy+tibbiyot+
omonat+pensiya
Hayotni sug`urtasi-2000
kompaniya
Manba:muallif ishlanmasi
AqSh sug`urta tizimining uziga xos xususiyati shundan iboratki, mamlakat
miqyosida yagona birlashgan markaziy sug`urta boshqarmasi bulmasada,
sug`urtani boshqarish har bir shtat miqyosida tashkil qilingan va har bir shtatning
uz sug`urta qonunlari mavjud.
Birinchi xususiyati shundan iboratki, AqShda 3 shakldagi sug`urta mavjud.
Bularning birinchisi, Bikifit (shaxsiy sug`urtasi) bu sug`urta faqat shaxsiy
sug`urtadan iborat bo’lmasdan, tibbiyot sug`urtasi, omonatlar, pensiya sug`urtasini
ham qamrab oladi.
Ikkinchisi tijorat sug`urtasi xisoblanadi, u sanoat tarmoqlari bo’yicha tashkil
qilinadi. Barcha sug`urta kompaniyalarining aktivlari 1,6 trln. bo’lib, ushbu
kursatkich har bir kompaniya bo’yicha 950 mln. dollarni tashkil qiladi. Bular
orasida 2 yirik sug`urta kompaniyasi bo’yicha aktiv 45 mlrd. dollarga teng keladi.
Barcha sug`urta kompaniyalarining faoliyati 3 konsalting kompaniyasi tomonidan
taxlil qilinadi.
44
Bu taxlilda tulanadigan qoplama, daromadlar va foyda koeffistienti debitorlik
qarzlari markaziy o’rin tutadi, taxlilda elektron bank markaziy o’rin tutadi.
Uchinchi xususiyati shundan iboratki, pensiya to’lovlari sug`urta
kompaniyalarining obrusi yuqori bulganligi sababli pensiya ta’minotini boshqarish
ularning ixtiyoriga berilgan. Pensiya fondlarini boshqargani uchun sug`urta
tashkilotlari tegishli xizmat xaqi oladilar. Bundan tashqari uz mablaglaridan
investistiya maqsadlari uchun foydalaniladi.
Sug`urta kompaniyalari Amerika sanoat kompaniyalari bilan birgalikda
ishlaydilar. Tashkiliy jixatdan sug`urta ishlari akstiyadorlik jamiyatlari bilan
hamkorlikda sug`urtalash jamiyatlari bilan birgalikda ish olib boradilar. Ularning
asosiy vazifalarini anderrayter va sug`urta brokerlari amalga oshiradilar. Masalan
Prodneshnl jamiyatida 22 ming sug`urta brokeri xizmat qiladi. Steyd, Signa,
Amerika Interneyshnl Grupp (AIG) sug`urta kompaniyalari jaxon miqyosida faqat
sug`urta operastiyalarinigina emas, balki kredit, xisob-kitob operastiyalarini ham
boshqaradilar.
Dostları ilə paylaş: |