A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti



Yüklə 340,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix14.06.2023
ölçüsü340,28 Kb.
#130207
  1   2   3   4
web sayt



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
 
 
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari
moduli bo‘yicha 
 
 
“Umuta’lim maktablarida web dizayn va kompyuter grafikasini mavzularini 
o‘qitish metodikasi” o‘quv kursining
 
 
“Veb-sahifa yaratishda HTML tilidan foydalanish” mavzusidan ma’ruza 
matni 
 
 
 
 
 
 
 
Ma’ruzasi: Abdullajonov Arabboy Ibroxim o‘g‘li 
Toshkent 2021 
 


4-Mavzu. Veb-sahifa yaratishda HTML tilidan foydalanish. 
Reja: 
1. 
Veb-sahifa va Veb-sayt tushunchasi. 
2. 
Teglar va ularning vazifalari. 
3. 
Atributlar va ularning afzalliklari. 
 
Internet 
ixtiro 
qilinishidan avvalgi davrni 
tasavvur qiling: veb-saytlar 
bo‘lmagan, 
axborot 
olishning asosiy manbayi 
esa faqat qog‘oz formatidagi 
kitoblar. 
Kerakli 
ma’lumotni 
topish yoki bir necha yil 
avvalgi ma’lumotlarni izlash 
uchun ancha vaqt va kuch 
sarflashga tо‘g‘ri kelar edi. 1990-yilning 13-noyabr kuni britaniyalik olim Tim 
Berners-Li dunyodagi ilk veb-sahifani ishga tushiradi. Sahifaga World Wide Web 
(www) internet tarmog‘ining qanday ishlashi borasidagi matn kiritilgan edi. 
Qizig‘i shundaki, internet prototipi yaratish uchun tadqiqotchi Stiv Jobs Apple’ni 
tark etgandan keyin yaratgan NeXT kompyuteridan foydalangan. Tim Berners-Li 
haqli ravishda internetning kashfiyotchisi hisoblanadi. Yevropaning yadroviy 
tadqiqotlarga ixtisoslashgan tashkilotida ishlash vaqtida olim “xalqaro o‘rgimchak 
to‘ri/tarmoq” (Web) tushunchasi taklif qilgan edi va oradan biroz muddat o‘tgach u 
ayni vaqtda zamonaviy internet asosi sanalgan gipermatnlardan foydalanish usulini 
ixtiro qiladi.
Bugun 
esa 
veb-
brauzerni 
ochib, 
kerakli 
qidiruv tizimidan xohlagan 
axborotni 
qidirishingiz 
mumkin. Qisqa vaqt ichida 
istagan 
ma’lumotingiz 
qо‘lingizda, hatto kimdir 
sizning 
qidiruvingizni 
hisobga olgan holda vebsayt 
yaratgan bо‘lishi ham mumkin. Veb-saytlardan ma’lumot qidirish, yoqtirgan 
hikoyani о‘qish, ijtimoiy tarmoqlarda suhbatlashish, musiqa va filmlarni yuklab 
olish, kompyuter о‘yinlarini о‘ynash kabi maqsadlarda foydalanish mumkin. Har 


bir veb-saytning muhim jihatlaridan biri – u qanday maqsadda yaratilmasin, 
foydalanuvchi (maqsadli auditoriya) uchun qulay dizaynga ega bо‘lishidir. Veb-
saytning maqsadi aniq, dizayni puxta о‘ylangan, undagi elementlar tartibli 
joylashtirilgan bо‘lsa, uning foydalanuvchilari soni ham ortib boradi. 

Yüklə 340,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin