Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/146
tarix15.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#130547
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   146
0cadf6fa48921eb6a5c5120acb7ef572 Marketing asoslari

Bozor etakchisi (lideri) – bu maksimal bozor ulushiga (hissiga) ega bo‘lgan 
yoki bozordagi biznesning strategik muhim yunalishlarida etakchi pozitsiyani 
egallagan korxonadir. Bu,eng past xarajatlar va uzoq muddatli eng yuqori foyda olish 
hisobiga ta’minlanadi. Bu esa, korxonaning tovar va xizmatlari narxlarini maksimal 
ravishda pasaytirishiga olib keladi, shuningdek , iste’molchilarini hurmatiga sazovor 
bo‘lishiga erishadi (ijobiy imidj shakllanadi). 
Bozor – bu marketingda u yoki bu tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabni 
ko‘rsatuvchi xaridorlar (iste’molchilar)ning guruhi tushuniladi. Bozor quyidagilarga 
bo‘linadi: tovar bozorlari B2C va B2B, xizmatlar bozori, hududlar, mamlakatlar va 
boshqa bozorlar. 
Bozor segmenti – bu korxona (firma) tomonidan taklif etilayotgan tovarlarga 
yoki marketing chora-tadbirlariga bir hil turdagi reaksiya (ta’sirlanish) bilan 
xarakterlanadigan iste’molchilar yig‘indisidir. Muvaffaqiyatli segmentatsiya natijasida 
aniqlanadigan bozor segmentlari quyidagicha bo‘lishi kerak: 1) aniq, ya’ni ehtiyojning 
va talab tavsifnomasining aniq to‘plamiga ega bo‘lmoq, shuningdek, marketing chora-
tadbirlariga o‘xshash tarzda o‘z munosabatini bildirmoq: 2) ushbu segmentning 
marketing chora-tadbirlariga bo‘lgan xarajatlarni oqlash uchun, mazkur segment katta 
hajmda bo‘lishi kerak; 3) samarali marketing faoliyatidan engil foydalanish; 4) son 
jihatidan o‘lchovli bo‘lishi; 5) uzoq vaqt davomida foydalanilishi kerak. 
Bozor segmentatsiyasi – deganda bozorni aniq xaridorlar guruhiga bo‘lish 
tushuniladi. 
Bozorlar xaridorlar yig‘indisidan tashkil topadi, xaridorlar esa bir-biridan turli 
xil parametrlari bilan farq qiladi. Ularning ehtiyojlari, daromadlari, geografik holatlari, 
xulq-atvorlari, demografik holatlari va psixografik prinsiplari har xil bo‘ladi. 
Bu keltirilgan ko‘rsatkichlarning har biri bozorni segmentlash asosi sifatida 
ishlatiladi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin