231
xil) mahsulotlari umumiy sotuv hajmi yig‘indisiga nisbati bilan o‘lchanadi. Bozor
hissasi korxonani bozorda olib borayotgan raqobat kurashiga baho berishda asosiy
ko‘rsatkich hisoblanadi. Korxonaning bozordagi hissasi o‘sib
borgani sari, uning
raqobat kurashidagi mavqei ham ortib boradi.
Bozor sig‘imi - bu ma’lum bir vaqt davomida tovar taklifining,
shu paytdagi
hajmi va tarkibi, shuningdek, narxlar darajasiga bog‘liq bo‘lgan talabning miqdoridir.
U natural va kiymat ko‘rinishida ifoda etiladi.
Bozor infrastrukturasi - bu bozor jarayonlarini ta’minlovchi va kuzatuvchilari
bo‘lgan ulgurji hamda chakana savdo korxonalarining barcha ta’minotchilari, birjalar,
brokerlik kompaniyalari, moliyaviy va nazorat institutlari,
tadqiqot va boshqa
tashkilotlardir.
Bozor bo‘shlig‘i – bu bozorning kichik segmentlari bo‘lib, ularda ayrim korxonalar
faoliyat yuritmoqdalar yoki boshqa raqobatchi korxonalar u joyni payqamaydilar yoki u joyni
o‘zlari uchun foydali deb hisoblamaydilar. Bu joy mohiyatan segment ichidagi segmentdir.
Bozor bo‘shlig‘i kam doiradagi mijozlarni o‘ziga xos ehtiyojlarini samarali qondirish
hisobiga foydali bo‘lishi mumkin. Bitta bo‘shlig‘dagi xavf-xatarni kamaytirish maqsadida,
korxonalar kuchli raqobatchilarga qiziqarli bo‘lmagan, o‘sish potensialiga ega bo‘lgan bir
qancha bo‘shliqlarni topishga xarakat qiladilar.
Bozorni pozitsiyalash – bu maqsadli bozorlarni tanlash bo‘yicha
marketing
faoliyatining yo‘nalishi bo‘lib, u orqali marketing kompleksining barcha elementlari
tahlil qilinib, alohida ajratib olingan bozor segmentlarida mahsulotning shunday
parametrlari aniqlanadiki, ular orqali bozorda raqobatbardoshlik holatiga erishiladi.
Brend - bu iste’molchilarga bir kompaniyaning tovarlari va xizmatlarini ajratib
turish uchun yordam beradigan belgi, simvol (logotip), so‘z va ularning birikmalaridir.
Brend - bu iste’molchilarni ongi
va psixologiyasida joy olib, keng tanilgan savdo
markasi yoki kompaniya (korxona) sifatida qabul kilinadi.
Brending - bu brendni ishlab chiqish va yaratishni,
uni hayotga tatbiq etish
hamda hayotiy davrini boshqarish komponetlarini o‘z ichiga olgan murakkab
boshqaruv kompleksidir. Brending - bu uzoq muddatli jarayon va yuqori tovar sifati
ko‘rsatgichlariga erishishning yo‘li bo‘lib, brend hayotiy davrining barchasida faol
232
marketingni qo‘llab-quvvatlashi natijasida iste’molchilar
faol ishtirok etib, aniq bir
brendni muhlisiga aylanishidir. Reyting yoki tanlov natijalariga ko‘ra, oddiy savdo
markasi nomli tovarni brend deb qabul qilish kerak emas. Brend yaratiladi, esda qoladi
va eng avvalo maqsadli xaridorlar tomonidan, uni afzal (yaxshi, durust) deb ko‘rishdir.
Dostları ilə paylaş: