227
ATAMALAR LUG‘ATI
Agent - bu tovarga mulk huquqi egaligi bo‘lmagan,
lekin sotuvchi va xaridor
o‘rtasidagi bo‘ladigan bitimda komission mukofotni olish sharti bilan ishtirok etuvchi
vositachidir. Tovarlar ishlab chiqaruvchilari, savdo agentlari, maxsus firmalar agentlari
va ozod (erkin) agentlarni bir-biridan farqlash kerak.
Adapter, tarafdor - bu ma’lum bir firma tovarlarini, shu jumladan yangilarini
ham xarid qilishni davom ettirish bo‘yicha
qaror qabul qilgan sodiq, ishqiboz
xaridordir.
Advergeyming - bu elektron (onlayn) marketingda
tovarlar yoki xizmatlarni
elektron
tarmoqlarda
siljitish
uchun yaratiladigan o‘yinlarni
belgilashda
foydalaniladigan tushuncha. Onlayn reklama o‘yinlarini
eng katta afzalligi,
bu bir
vaqtning o‘zida potensial va istiqbolli mijozlar auditoriyasini qamrab olishidir.
Advergeyming brendning siljitishni uncha qimmat bo‘lmagan
va istiqbolli onlayn
uslubi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: