Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/146
tarix15.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#130547
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   146
0cadf6fa48921eb6a5c5120acb7ef572 Marketing asoslari

Marketing axborot tizimi (MAT) - 1) marketing tadbirlarini rejalashtirish
hayotga tatbiq tatbiq nazorat maqsadida aniq, dolzarb ma’lumotlarni o‘z vaqtida 
to‘plash, tasniflash, tahlil qilish, baholash va undan marketing sohasida foydalanish 
maqsadida tarqatish uchun mo‘ljallangan metodik usullar, asbob-uskunalar va 
odamlarning muntazam faoliyat ko‘rsatuvchi o‘zaro aloqalar tizimi; 2) marketing 
sohasida qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida foydalaniluvchi 
ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va etkazish usullari, asbob-uskunalar va xodimlar 
majmui. 
Marketing byudjeti - firmaning marketing faoliyatini amalga oshirishdagi 
xarajatlar, foyda va daromadlar miqdori detallashtirilgan tarzda (marketing kompleksi 
elementlari yoki marketing tadbirlari bo‘yicha) aks ettirilgan ko‘rsatkichlar tizimi, 
marketingning moliyaviy rejasi, korxona marketing rejasining bo‘limi. Marketing 
byudjetini 
rejalashtirish 
maqsadli 
foydaga 
asoslanishi 
yoki 
foydani 
optimallashtirishdan kelib chiqishi mumkin. 
Marketing jarayoni - yangi ehtiyoj va g‘oyalarni izlab topish, tanlash va ularni 
tovar yoki xizmatga aylantirish, bu tovarlarni izlab chiqish va bozorlarda yoki savdo 
taqsimot tarmoqlariga sotish bilan bog‘liq harakatlar va bosqichlarning tartibga 
solingan majmui. 
Marketing kommunikasiyalari tizimi - 1) marketing tizimining tashqi muhit 
bilan o‘zaro aloqalari jarayonida sub’ektlar (jo‘natuvchi va qabul qiluvchi), vositalar, 
kanallar, to‘g‘ri (xabar) va teskari (qabul qiluvchining tahriri) aloqalar majmui; 2) 
insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa shakl va vositalari majmui. 
Marketing konsepsiyasi - 1) bozor munosabati sharoitlarida faoliyat 
ko‘rsatayotgan firma, tashkilot yoki shaxsning ish yuritish, tadbirkorlikni tashkil etish 
falsafasi; 2) korxonaning yakuniy maqsadi - daromad olish va iste’molchilar ehtiyojini 
qondirish uchun foydalaniluvchi marketing faoliyatining asosiy vositalari, qoida va 
g‘oyalari tizimi. Atrofdagi aniq holatga, bozor munosabatlari rivojlanish darajasiga 


236 
qarab an’anaviy, ishlab chiqarish, savdo, tovar, ijtimoiy va o‘zaro aloqaviy 
konsepsiyalarini ajratib ko‘rsatish mumkin. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin