243
Tovar innovatsiyasi - 1) mahsulotni takomillashtirishning original, sifati
yaxshilangan va modifikatsiyalangan mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan
uzluksiz jarayoni. Tovarning hayotiylik davri uzunligini va korxonaning rentabelligini
ta’minlovchi choora-tadbirlar ichida alohida o‘ringa ega. O‘z ichiga mahsulotni
differensiyalash va diversifikatsiyalashni kiritadi; 2) bozorga yangi mahsulotni yoki
mahsulotlar guruhini olib kirish.
Tovar siyosati - tadbirkorlik maqsadlarini belgilash va ularga erishishga
yo‘naltirilgan tadbir va strategiyalar majmui, yangi tovar yoki tovarlar guruhini
bozorga olib kirish (innovatsiya), bozorda mavjud bo‘lgan tovarlarni
zamonaviylashtirish (variatsiya) yoki ishlab chiqarish dasturidan tovar ishlab
chiqarishni chiqarib tashlash (eliminatsiya), shuningdek, assortiment siyosatidan
iborat.
Tovar strategiyalari - 1) tovar siyosatining korxonaga tovar hayotiylik
davrining istalgan bosqichida foyda olish va savdo hajmining barqaror bo‘lishini
ta’minlashi mumkin bo‘lgan asosiy prinsipial yo‘nalishlari. Tovar strategiyasining
asosiy turlari: tovar yoki xizmatlar innovatsiyasi, variatsiyasi, eliminatsiyasi; 2) tovar
nomenklaturasini optimallashtirish yo‘nalishlarini ishlab chiqish hamda firmaning
samarali faoliyat ko‘rsatishi va raqobatbardoshligini ta’minlash uchun sharoitlar
yaratuvchi tovarlar assortimentini aniqlash.
Dostları ilə paylaş: