Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/146
tarix15.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#130547
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   146
0cadf6fa48921eb6a5c5120acb7ef572 Marketing asoslari

Tovarni bozorda joylashtirish - tovarlarning bozordagi raqobatbardoshligini 
ta’minlash va mos keluvchi marketing majmuasini ishlab chiqish uchun amalga 
oshiriluvchi harakatlar. 
Tovarning hayotiylik davri - tovar rivojlanishining uni ishlab chiqishdan to 
bozorga olib kirishgacha bo‘lgan asosiy bosqichlarini aks ettiruvchi ma’lum bir vaqt 
davri; sotuvchining har bir bosqichda oluvchi foyda miqdori unga bog‘liq bo‘ladi. 
Tovarni sotish va foyda olish jarayonida besh bosqich ajratib ko‘rsatiladi: tovarni 
ishlab chiqish (bozorgacha) bosqichi, tovarni bozorga olib kirish (kiritish) bosqichi, 
tovarni sotish hajmining o‘sish bosqichi, etuklik (to‘yinganlik) bosqichi, tovarning 
susayish bosqichi yoki tovar eliminatsiyasi. 


244 
Tovarning raqobatbardoshligi - 1) aniq ehtiyojni qondirishda bozordagi 
raqobatchilar tovarlari oldida ustunlikni ta’minlovchi tovarning sifat va narx 
tavsifnomalari majmui; 2) tovarning raqobatchi tovarlar bozorida birinchi bo‘lib xarid 
qilish qobiliyati; 3) tovarni iste’mol qilish (foydalanish) samarasining uni sotib olish 
va ekspluatatsiya qilishga sarflanuvchi xarajatlarga (iste’mol narxi) nisbati; 4) 
korxonaning milliy va jahon tovar bozorlariga chiqishi maqsadga muvofiqligining 
muhim ko‘rsatkichi. 
Firmaning marketing muhiti - firmadan tashqarida faoliyat ko‘rsatuvchi 
hamda marketing xizmati rahbariyatining maqsadli mijozlar (hamkorlar) bilan 
muvaffaqiyatli hamkorlik munosabatlari o‘rnatish imkoniyatlariga ta’sir ko‘rsatish 
mumkin bo‘lgan kuchlar va faol sub’ektlar majmui. Marketing tizimi makro va 
mikromuhitdan tarkib topadi. 
Xizmat - 1) bozorga kirib keluvchi, narsa ko‘rinishiga ega bo‘lmaydigan 
iste’mol qiymatlari; 2) bir tomon ikkinchisiga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan faoliyat yoki 
ne’matlar turi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin