242
va muvozanatlangan tovar portfeli tuzilmasini ta’minlash; 4) strategik majmua-miks
hamda muntazam o‘zgarib turuvchi marketing muhiti omillarini hisobga olgan holda
firmaning tovar, narx, kommunikasiya, taqsimlash va sotish sohasidagi strategik
siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish jarayoni.
Strategik rejalashtirish - firmaning maqsadlari, uning marketing sohasidagi
potensial imkoniyatlari o‘rtasidagi strategik muvozanatni yaratish va qo‘llab-
quvvatlashni boshqarish jarayoni. U firmaning aniq shakllantirilgan dasturi,
qo‘shimcha vazifa va maqsadlarni ifodalash, sog‘lom xo‘jalik portfeli va o‘sish
strategiyasiga asoslanadi.
Talab - tovar xo‘jaligiga xos bo‘lgan va savdo, ayirboshlash sohasida ko‘zga
tashlanuvchi toifa. Talab bozorda turli xil tovarlar yordamida aks ettirilgan,
iste’molchilarning bir-biridan farq qiluvchi ko‘p sonli ehtiyojlaridan tarkib topuvchi,
doimiy ravishda o‘zgarib turuvchi jamoatchilik ehtiyojlari majmuasini aks ettiradi.
Telemarketing - marketing turi bo‘lib, uni amalga oshirish potensial
iste’molchilarga tovar va xizmatlarni real va virtual bozorlardan izlash va xarid qilish
imkonini beruvchi telekommunikasiya vositalari va Internet tarmog‘idan
foydalaniladi.
Tovar - 1) eng umumiy ko‘rinishda bozorda sotiluvchi mahsulot sifatida
ifodalanishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy toifa, oldi-sotdi ob’ekti; 2) mahsulotning
ma’lum bir xaridorlar ehtiyojini qondiruvchi asosiy iste’molchilik tavsifnomalari
majmui; 3) iste’molchiga ko‘rsatiladigan, mahsulotni to‘ldiruvchi va uni sotishni
engillashtiruvchi xizmat va imtiyozlar; 4) mahsulotnini urab turuvchi «muhit»
(mahsulot dizayni, sifati, markasi, urovi).
Dostları ilə paylaş: