Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/146
tarix15.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#130547
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   146
0cadf6fa48921eb6a5c5120acb7ef572 Marketing asoslari

Marketing xarajatlari - tovar va xizmatlarni shakllantirish va takror ishlab 
chiqarish bo‘yicha marketing chora-tadbirlari va marketing faoliyatini amalga oshirish 
uchun zarur bo‘lgan sarf va chiqimlar yig‘indisi. Marketing xarajatlarining asosiy 
tarkibiy qismlari: boshqaruv xarajatlari, marketing bo‘limi xodimlari maoshi, 
amortizatsion ajratmalar, marketing bo‘limining normal faoliyat ko‘rsatishi uchun 
zarur bo‘lgan material va resurslar, tovar siyosati, narx siyosati, kommunikativ siyosat, 
savdo va distributiv siyosat uchun sarflanuvchi xarajatlar. 
Marketing chora-tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi - 1) marketing 
chora-tadbirlarini amalga oshirish samarasining (natijasi) buning uchun sarflangan 
barcha xarajatlar miqdoriga nisbati; 2) marketing majmuasining (marketing-miks) 
samaradorlik ko‘rsatkichi. Natural va qiymat shaklida o‘lchanadi. 


239 
Marketingda tarmoq yondashuvi - marketing tizimi sub’ektlarining nafaqat 
ikki tomonlama (xaridor va sotuvchi) emas, balki ko‘ptomonlama o‘zaro aloqalari 
jarayonini aks ettirish konsepsiyasi. Tarmoq yondashuvi na sotuvchilar va na xaridorlar 
o‘zlariga hamkorni tanlash va ularni almashtirishda erkin emas, chunki resurslar 
o‘zgarganda ularning bir-biriga qaramligi yuzaga keladi, ya’ni aloqalar almashuvi 
buziladi degan fikrni olga suradi. Marketing tarmog‘i a’zolari o‘rtasida resurslar 
ayirboshlash «qaramlik» va «xokimlik» manbai hisoblanadi. Marketing tarmog‘i uchta 
o‘zaro bog‘liq tarkibiy qismdan iborat: ishtirokchilar (firmalar), resurslar va faoliyat 
turlari. Tarmoq yondashuvi resurslarning turli xilligi va ularni ierarxik nazorat qilishni 
talab qiladi. 
Marketing-miks (marketing majmuasi) - 1) marketing tuzilishi; marketing 
tizimining tarkibiy qismlari, elementlari; marketing tarkib topuvchi jarayonlar; 2) 
marketing xarajatlari tuzilishi; 3) marketing retsepti; tovar yoki xizmatlarni ishlab 
chiqaruvchidan iste’molchiga etkazib berish chora-tadbirlarining majmuaviy dasturi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin