Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/146
tarix15.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#130547
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   146
0cadf6fa48921eb6a5c5120acb7ef572 Marketing asoslari

Marketing qarori - 1) iste’molchilarning tovar va xizmatlarga talabini barqaror 
shakllantirish, rivojlantirish va qondirish uchun zarur bo‘lgan marketing tadbiri yoki 
tadbirlari majmui variantlar ichidagi tanlash, javob; 2) firma, tovar va xizmatlarning 
raqobatchilik ustunligini saqlab qolish yoki yaxshilash uchun marketing tizimi sub’ekt 
va ob’ektlariga maqsadli yo‘naltirilgan ta’sir ko‘rsatish. 
Marketing qarori qabul qilishning samaradorligi - 1) marketing vazifasini 
bajarishning ko‘rib chiqilayotgan (kutilayotgan) ko‘plab variantlari orasidan tanlab 
olishda iqtisodiy tavakkalchilik narxining natijasi, foydalilik ko‘rsatkichi; 2) marketing 
vazifasini bajarishning tanlab olingan variantining iqtisodiy samara keltirish qobiliyati. 
Marketing majmuasi (marketing - miks) - marketing retsepti, undan 
foydalanish korxonaga maqsadli bozorlar ehtiyojlarini qondirish va atrof-muhitdagi 
o‘zgarishlarga moslashishda eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishishga imkon beradi. Eng 
sodda marketing retsepti tovar, narx, savdo va kommunikasiya siyosati sohasida 
(4R:Product, Price, Place, Promotion) muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar o‘tkazishni 
talab qiladi. 
Marketing modellari - 1) foyda olish yoki uni ustirish maqsadida tovar va 
xizmatlarga talabni yaratish va takror ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zaro aloqalar 
jarayonida marketing tizimi sub’ektlari xulq-atvorini ko‘rsatish, sifat va sonlar 
jihatidan aks ettirish shakli; 2) marketing tizimini loyihalashtirish, rejalashtirish
tashkil etish, faoliyat ko‘rsatish va rivojlanishda marketing muhiti va sub’ektlarining 
funksional, sabab-oqibat va resurs aloqalarini ifodalovchi va aks ettiruvchi (imitatsiya, 
regressiya, korrelyasiya va h.k.) modellar majmui; 3) marketing-miks yoki uning 
tarkibiy qismlari modellari (tovar siyosati modeli, narx hosil bo‘lish modeli, reklama 
modeli va h.k.). 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin