239
Marketingda tarmoq yondashuvi - marketing tizimi sub’ektlarining nafaqat
ikki tomonlama (xaridor va sotuvchi) emas, balki ko‘ptomonlama o‘zaro aloqalari
jarayonini aks ettirish konsepsiyasi. Tarmoq yondashuvi na sotuvchilar va na xaridorlar
o‘zlariga hamkorni tanlash va ularni almashtirishda erkin emas, chunki resurslar
o‘zgarganda ularning bir-biriga qaramligi yuzaga keladi, ya’ni aloqalar almashuvi
buziladi degan fikrni olga suradi. Marketing tarmog‘i a’zolari o‘rtasida resurslar
ayirboshlash «qaramlik» va «xokimlik» manbai hisoblanadi. Marketing tarmog‘i uchta
o‘zaro bog‘liq tarkibiy qismdan iborat: ishtirokchilar (firmalar), resurslar va faoliyat
turlari. Tarmoq yondashuvi resurslarning turli xilligi va ularni ierarxik nazorat qilishni
talab qiladi.
Marketing-miks (marketing majmuasi) - 1) marketing tuzilishi; marketing
tizimining tarkibiy qismlari, elementlari; marketing tarkib topuvchi jarayonlar; 2)
marketing xarajatlari tuzilishi; 3) marketing retsepti; tovar yoki xizmatlarni ishlab
chiqaruvchidan iste’molchiga etkazib berish chora-tadbirlarining majmuaviy dasturi.
Dostları ilə paylaş: