Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/146
tarix15.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#130547
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   146
0cadf6fa48921eb6a5c5120acb7ef572 Marketing asoslari

Marketingni rejalashtirish - marketing rejasini tuzish, tovarlarni sotish 
hajmining o‘sishi va firma foydasini maksimallashtirishga qaratilgan marketing 
strategiyasi tanlash bilan bog‘liq jarayon. 
Marketingning tashkiliy tuzilmalari - menejmentning asosiy tamoyillari - 
markazlashtirish, detsentralizatsiya va moslashuvchanlikni modifikatsiya qilishga 
asoslangan marketing xizmati asosiy bo‘linmalarining o‘zaro harakatlari sxemasi 
turlari. Funksional, mahsulot, bozor va matritsa tuzilmalari va ularning 
modifikatsiyalarini ajratib ko‘rsatish mumkin. 
Mikromuhit - firma marketing muhitining tarkibiy qismi, bevosita firmaning 
o‘ziga va uning mijozlarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlariga munosabatlariga taalluqli 
kuchlar, ya’ni ta’minotchilar, marketing vositachilari, mijozlar, raqobatchilar bilan 
ifodalanadi. 
Motivatsiya - 1) ehtiyojlarni qondirish bo‘yicha qaror qabul qilishda 
individuumlar harakatini faollashtirish maqsadida ularning motivlarini kuchaytirish 
jarayoni; 2) xaridorning xarid qilish qarorini qabul qilish jarayonida uning faolliga 
ta’sir ko‘rsatuvchi majburlovchi harakatlar. 


240 
Multimedia - texnologiyalar - 1) reklama faoliyatini rejalashtirish, tashkil 
tatbiq boshqarish jarayonida foydalaniluvchi zamonaviy audio-, tele-, vizual va virtual 
kommunikasiya vositalari majmui; 2) marketingni boshqarish tizimini tashkil etish 
tizimiga kiritiluvchi tovar va xizmatlarni harakatlantirish usul va vositalari. 
Narx - 1) qiymatning pul ko‘rinishida aks ettirilishi, iste’molchilar tovarga ega 
bo‘lish uchun to‘lashlari lozim bo‘lgan pul miqdori. Firma belgilagan narx qabul 
qilinuvchi taklifning qiymatiga mos kelishi lozim; 2) marketing-majmuasi, marketing-
miksning samarali vositasi. 
Narx hosil bo‘lishi usullari - mahsulot va xizmatlar narxini shakllantirishda 
qo‘llanuvchi usullar. Xarajatlarga asoslangan, xaridorlar liniyasiga asoslangan va 
raqobatchilar narxiga asoslangan turlari mavjud. 
Narx siyosati - narxni va narx hosil bo‘lishini boshqarish tadbir va strategiyalari, 
tovar yoki xizmatlarga ishlab chiqarish xarajatlari va bozor kon’yunkturasiga mos 
keluvchi, xaridorni qondiruvchi va rejalashtirilgan foydani keltiruvchi narx belgilash 
san’ati. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin