28
dosh berish uchun sotuvdan keyingi darajasini, firma ko‘rsatadigan qo‘shimcha servis
xizmatlari sifatini tubdan yaxshilash zarur.
Korxonalar xarajatlarini oddiy kamaytirish yo‘llarini o‘ylabgina qolmay, ayni
paytda tovarlarni sotish va o‘tkazish, daromadlarni muttasil ko‘paytirish sohalariga
ko‘proq e’tibor berishga majbur. Mahsulot sotishga yangi bozorlar, muayyan afzalligi
tufayli mahsulot o‘ziga jalb etadigan yangi xaridorlarni qondirish lozim. Bu ishlarni
hozirgi zamon marketingiga tayanibgina amalga oshirish mumkin. Korxonaning omon
qolishi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, kon’yunktura-tijorat, ijtimoiy va boshqa
axborotlarni o‘z vaqtida olishi kabi omillardan ustalik bilan foydalanish natijasida
ta’minlanadi.
Dostları ilə paylaş: