Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari


-rasm. Sotish va marketing konsepsiyalari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/146
tarix15.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#130547
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   146
0cadf6fa48921eb6a5c5120acb7ef572 Marketing asoslari

 
2.3-rasm. Sotish va marketing konsepsiyalari 
XX asrning 60-yillariga kelib bozordagi o‘zgarishlarga qarab strategik 
rejalashtirishni amalga oshirish masalasi ilgari surildi va hal qilindi. O‘tgan asrning 70-
yillarga kelib, marketingning shunday konsepsiyasi ishlab chiqildiki, u iqtisodiy 
jihatdan rivojlangan mamlakatlar hayotiga mustaqil kirib bordi. 
Mamlakat xo‘jalik sub’ektlari ichki faoliyatida yaxlit organizm tarzida va firma 
ichidagi rejalashtirishda ham markaziy o‘rinni marketing egalladi. Bu bozor 
iqtisodiyotiga qaratilgan strategik boshqarishning yangi shakli bo‘lib, u eng ko‘p foyda 
olish maqsadida tovarlarni uzluksiz ravishda ishlab chiqaruvchilar iste’molchiga 
xarajat qildiradigan, korxonani ishlab chiqarish va sotishni tahlil qilish ko‘p kamrovli 
tushunchadir. 
Ishlab chiqarish
Tovarlar
Oldi-sotdi va 
sotishni 
ragbatlantirish
Sotish xajmini 
ko'paytirish hisobiga 
foyda olish
Bozor
Xaridorlar 
ehtiyoji
Marketing 
chora-tadbirlari 
kompleksi
Xaridorlar 
extiyojini 
qondirish orqali 
foyda olish


33 
Mahsulotlar ko‘rinishi va texnologiyasi qisman o‘zgartirilgan holda ko‘plab 
ishlab chiqarishlar boshlandi. Raqobat kurashining asosiy shakli narx raqobatiga 
aylandi. SHuning uchun keyingi yillarda xarajatlarni kamaytirish, samarador 
texnologiyalarni joriy etish yo‘lida doimiy kurash olib borish muvaffaqiyat garovi 
bo‘lib qoldi. 
Ijtimoiy yo‘naltirilgan marketing konsepsiyasi - bu konsepsiya korxonaning 
vazifasi yakka shaxslarning talabini o‘rganish, tahlil qilish va bu talablarni samarali 
qondirishdan, ayni paytda umuman jamiyat butunligini saqlash va mustahkamlashdan 
iborat deb qaraydi. Ijtimoiy-yo‘naltirilgan marketing konsepsiyasi boshqarishning 
bozor konsepsiyasiga nisbatan kuchayib borayotgan ekologik muammolar, tabiiy 
resurslarning etishmasligi, umumjahon inflyasiyasi, ijtimoiy xizmat sohalarining 
g‘arib holati tufayli bu dastur bizning zamonamizga to‘g‘ri kelishiga bildirilgan 
shubhalar avj olib turgan pallada maydonga keldi. Dastlab firmalarning bozor 
munosabatlaridagi faoliyati asosan foyda olishgagina qaratildi. Keyinchalik ular 
xaridor ehtiyojlarini qondirishning strategik ahamiyatini anglab etdilar va natijada 
bozor marketinggi konsepsiyasi paydo bo‘ldi. Bugungi kunga kelib, ular biror muhim 
ishga qo‘l urishdan oldin, jamiyat manfaatlari haqida ham o‘ylay boshlaydilar. Ijtimoiy 
yo‘naltirilgan marketing bozor ishtirokchilaridan marketing siyosati doirasida uch 
omilni o‘zaro bog‘liglikda qarashni talab etadi, bu omillar - firma foydasi, xaridor 
ehtiyojlari va jamiyat manfaatlari.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin