50
qoniqishini
yaratgan holda, ular bilan munosabatlarni o’rnatish hisoblanadi. Ammo
marketing menejerlar buni bir o’zlari qila olmaydilar.
3.2-rasmda marketologlar
mikromuhitining asosiy ishtirok etuvchi shaxslari ko’rsatilgan.
Marketing
muvaffaqiyatiga erishish uchun kompaniyaning boshqa bo’limlari, ta`minotchilar,
marketing
vositachilari, raqobatchilar, turli jamoatchilik
va kompaniyaning
boyliklarini yetkazib berish tarmog’ini yaratish uchun birlashadigan mijozlar bilan
munosabatlar o’rnatilishini taqozo etadi.
3.2-rasm. Mikromuhitda ishtirok etuvchi shaxslar
Kompaniya. Marketing boshqaruvi marketing rejalarni tuzishda oliy rahbariyat,
moliyaviy guruh, tadqiqotlar va ishlanmalar bo’yicha guruh,
xaridlar, bitimlar va
hisobga olish bo’yicha guruhlar kabi kompaniyaning boshqa guruhlarini hisobga oladi.
Ushbu barcha o’zaro bog’langan guruhlar ichki muhitni tashkil qiladi. Oliy rahbariyat
kompaniyaning
missiyasi, maqsadlari, umumiy strategik yo’nalishlar va siyosatlarni
belgilaydi. Marketing bo’yicha menejerlar oliy rahbariyat tomonidan tuzilgan yanada
umumiy strategik yo’nalishlar va rejalar doirasida qarorlarni qabul qiladi. Marketing
bo’yicha menejerlar kompaniyaning boshqa bo’limlari bilan yaqindan hamkorlikda ish
olib boradilar. Marketing bo’limi boshchiligida
ishlab chiqarish va moliya
bo’limlaridan yuridik va xodimlar bo’limlarigacha barcha bo’limlar mijozlar ehtiyojini
anglab yetish va iste’mol boyliklarni yaratish uchun umumiy javobgar bo’ladilar.
Ta`minotchilar kompaniyaning iste’mol boyliklarini yetkazib berishning umumiy
51
tizimida muhim bo’g’inni tashkil qiladi. Ular kompaniya tomonidan tovarlar va
xizmatlarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’ladigan resurslarni taqdim qiladi. Yetkazib
beruvchining muammolari marketingga jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Marketing
bo’yicha menejerlar tovar mavjudligi va uning qiymatini o’rganib borishlari kerak.
Yetarlicha miqdorda yetkazib bermaslik yoki yetkazib berishni kechiktirish, ish
tashlashlar, tabiiy ofatlar va boshqa hodisalar qisqa muddatli
istiqbolda sotuvlar
qiymatini oshirishi, va uzoq muddatli istiqbolda mijozlar qoniqishiga zarar yetkazishi
mumkin. Yetkazib berish xarajatlarni oshirish narxlar oshishiga olib kelishi va natijada
kompaniyaning sotuvlar hajmiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Mijozlar kompaniyaning mikromuhitida eng muhim ishtirok etuvchi shaxslar deb
hisoblanadi. Boylikni butun yetkazib berish tizimining maqsadi maqsadli mijozlarga
xizmat ko’rsatish va ular bilan mustahkam munosabatlarni o’rnatish hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: