44
yilda bu model taklif etilgan. Ushbu modelda marketingning to‘rtta asosiy elementlari
ajratib ko‘rsatilgan: tovar (product), narx (price), joy (place), siljitish (promotion).
Marketing faoliyatida ehtiyoj va muhtojlikni ayirboshlash orqali qondirish
jarayonida albatta inson ishtirok etadi. Shuning uchun yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan
marketing elementlari tarkibiga 5 «P» ham kiritilib, u kishilar (people) ekanligi alohida
takidlab o‘tilgandir. Marketingni asosiy elementlari 2.5-rasmda ko‘rsatilgan.
2.5-rasm. Marketing tizimidagi besh asosiy elementlar(vositalar)
1968 yilda F.Kotler marketing-miks elementlari tarkibiga pablik-rileyshnz (public
relations) va siyosatni (politics) qo‘shib, oldingi 4 «P» ni 6 “P” ga kengaytirib
ko‘rsatdi.
4 “P” modelini qo‘llanishini cheklanganligiga qaramasdan, marketing
nazariyasini shakllanishi va amaliyotini rivojlanishida ilg‘or rol o‘ynaydi.
Marketing kompleksi – bozorga ta’sir etish choralari va amaliy vositalar yig‘indisi
sifatida bozor holatiga firmani moslashuvidir. YAxshi marketing kompleksi firmani
bozorda yaxshi pozitsiyani egallashga olib keladi.
Klassik marketing kompleksi 4 ta elementni o‘z ichiga oladi va 4P modeli nomi
bilan yuradi.
• tovar (product);
• narx (price);
• sotish yoki tovar harakati (place);
• siljitish yoki kommunikatsiyalar (promotion).
Dostları ilə paylaş: