Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/146
tarix15.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#130547
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   146
0cadf6fa48921eb6a5c5120acb7ef572 Marketing asoslari

 
Tabiiy muhit o’z ichiga sotuvchilar uchun homshyo bo’lgan yoki marketing 
faoliyati orqali ta’sir o’tkazadigan fizik muhit va tabiiy resurslarni o’z ichiga oladi. Eng 
bazik darajada fizik muhitdagi ob-xavo yoki tabiiy xalokatlar kompaniya va uning 
startegiyasiga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Misol uchun, kutilmaganda qishning issiq 
kelishi oqibatida issiq kiyimlardan tortib yuz niqoblari va Kempbell sovunlarini 
xaridorlar sovuq kutib oldilar. Aksincha, xavoni issiq kelishi sayoxat va yugurish oyoq 
buyumlari, uy bo’yoqlari va bog’bonchilik jihozlariga bo’lgan talabni ortishiga olib 
keldi. Shunga o’xshash, Yaponiyadagi zilzila va tsunami keltirgan zarar oqibatida Soni 
va Toyota kabi yapon kompaniyalarini ular maxsulotiga bo’lgan jaxon miqiyosidagi 
talabni qondirilmasligiga olib keldi. Biroq kompaniyalar bu kabi tabiiy ofatlarni oldini 
ololmaydilar, ular bu kabi xodisalar uchun ko’zda tutilmagan xollar rejasini tuzib 
qo’yishlari kerak.
Kengroq miqiyosda oxirgi 30 yilda atrof muhitga bog’liq bardoshlilik masalalari 
barqaror rivojlanib kelmoqda. Dunyoning ko’pgina shaharlarida havo va suvning 
ifloslanishi xavfli darajalariga etib kelgan. Dunyo hamjamiyati global isish va boshqa 


57 
xatarlar to’g’risida gapirmoqdalar va ko’p atrof muhitchilar o’z chiqindilarimizga 
ko’milish xavfi xaqida so’zlamoqdalar. 
Sotuvchilar (bozorshunoslar) tabiiy atrof muhit trendlaridan xabardor bo’lishlari 
kerak. Birinchisi xom ashyolar tanqisligi ortib borishini o’z ichiga oladi. Xavo va suv 
tuganmas resurs sifatida qaralsa ham ba’zilar banga uzoq kelajakdagi xatar deb 
qaramaoqdalar. Xavoning ifloslanishi ko’pgina shaharlarni bo’g’ilishiga olib 
kelmoqda, suv tanqisligi AQShning va dunyoning bir qancha joylarida yirik 
muammoga aylanib bo’ldi. 2030 yilga borib xar 3 odamdan biridan ko’pining ichish 
uchun suvi etarli bo’lmaydi. O’rmon va oziq-ovqat kabi qayta tiklanuvchi resurslardan 
ham oqilona foydalanish kerak. Neft, ko’mir va turli minerallar kabi qayta 
tiklanmayligan resurslar katta muammolarni o’zida aks etmoqda. Shu kabi tansiq xom-
ashyolardan maxsulot chiqaruvchilar narxlar oshishiga duch keladilar, agarda ular 
qolsa albatta. 
Ikkinchi atrof muhitga oid trend bu oshgan ifloslanish. Sanoat doim tabiiy 
muhitga zarar etkazadi. Kimyoviy va yadroviy chiqindilar chiqishini, okeanlardagi 
xavfli simob darajasi, tuproqdagi va oziq-ovqat yetkazib berishdagi kimyoviy 
ifloslartiruvchilarni, tabiatga tashlanayotgan chirimaydigan shishalar, plastmassa, va 
boshqa o’ramlarni ko’z oldingizga keltiring.
Uchinchi trend bu tabiiy resurslarni boshqarishdagi xukumatning aralashuvidir. 
Turli davlatlar xukumatining tabiatni asrashga turlicha yondashadilar. Misol uchun 
Germaniya xukumati atrof muhit sifatini qattiq nazorat qiladi. Boshqalar, ayniqsa 
kashshoqroq millatlar, kerakli jamg’armalar yoki siysiy xoxish yo’qligi sababli 
ifloslanishga kam ahamiyat beradilar. Xatto boy mamlakatlarda ham butun dunyo 
tabiatini asrash uchun yirik jamg’arma va siyosiy kelishuvlarga ega emas. Endi barcha 
umid dunyo kompaniyalarining ijtimoiy javobgarlikka rioya qilishlarida va kamroq 
xarajat talab qiladigan ifloslanishni nazorat qiladigan va kamaytiradigan vositalarni 
topishdadir. 
AQShda Atrof muhitni Ko’riklash Agentligi ifloslanish standartlarini yaratish va 
tadbiq qilish hamda ifloslanishga oid izlanishlarni olib borish uchun 1970 yilda tashkil 
qilingan. Kelajakda, AQShda biznes yuritadigan kompaniyalar hukumat va bosim 


58 
guruhlari tomonidan davomiy kuchli nazoratni kutishlari mumkin. Tartiblarga qarshi 
chiqish o’rniga sotuvchilar dunyo duch kelayotgan material va energiya 
muammolariga echim topishga yordam berishlari kerak.
Tabiiy muhit kontsernlari yashil xarakat deb nomlanuvchi gurux tashkil qilishgan. 
Bugungi kunda kompaniyalar xukumat tartibotlariga rioya qilmoqdalar. Ular atrof 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin