Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/146
tarix15.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#130547
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   146
0cadf6fa48921eb6a5c5120acb7ef572 Marketing asoslari

Raqobatchilar.
 
Marketing konsepsiyasi muvaffaqiyatli bo’lishi uchun bir 
kompaniya o’z raqobatchilarga qaraganda yuqoriroq darajadagi iste`mol qiymati va 
mijoz qoniqishini ta`minlashi kerakligini uqtiradi. Shunday qilib, marketologlar 
shunchaki maqsadli iste`molchilar ehtiyojiga moslashishdan ko`ra ko`prog`ini 
bajarishlari kerak. Ular shuningdek, iste`molchilar ongida raqiblarning takliflaridan 
kuchliroq bo`lgan takliflarni pozisiyalash orqali strategik raqobat ustunligini qo`lga 
kiritishi kerak. Lekin faqat birgina raqobatbardosh marketing strategiyasining o`zigina 
barcha kompaniyalar uchun eng yaxshi hisoblanmaydi. Xar bir firma o’z raqibinga 
nisbatan o’z xajmi va sanoat o’rnini e’tiborga olish lozim.
Sanoatda hukmron 
pozitsiyasiga ega yirik firmal kichik firmalar ega bo`lolmaydigan muayyan 
strategiyalardan foydalanishi mumkin. Lekin, yirik bo’lishning o`zi yetarli emas. Yirik 
firmalar uchun muvafaqiyatli va muvafaqiyatsiz strategiyalar mavjud. Va kichik 
firmalar ham yiriklarnikidan ko`ra yaxshiroq natija beradigan strategiyalarni ham 
ishlab chiqishlari mumkin. 
 


53 
Muassasalar. Kompaniyaning marketing muhiti turli muassasalarni o’z ichiga 
oladi. Muassasalar o’z maqsadiga erishish uchun tashkilotning qobiliyatiga ta`sir etish 
yoki u bo`yicha haqiqiy va potensial manfaatga ega biror bir guruh hisoblanadi. Biz 
muaasasalarni yetti turga bo’lishimiz mumkin: 
• Moliyaviy muaasasalar: Bu guruh mablag’larini olish uchun kompaniya 
qobiliyatiga ta’sir qiladi. Banklar, investitsiya taxlilchilar va aktsiyadorlar asosiy 
moliyavis muassasalar hisoblanadi. 
• Media muassasalari: Bu guruh yangiliklar, taxriryat fikrini oshiradio`zida 
mujassam etadi. Bu gazeta, jurnallar, TV, bloglar va boshqa internet ommaviy axborot 
vositaliri hisoblanadi. 
• Xukumat muassasalari: Menejment hukumat ishlanmalarini e`tiborga olishi 
kerakkerak. Marketologlar kompaniya huquqshunoslarini tovar havfsizligi, to`g`ri 
reklama va boshqa masalalarda ko`pincha maslaxatlar berishi lozim.
• Fuqaro xarakati muassasalari: Kompaniyaning marketing qarorlari iste’molchi 
tashkilotlar, ekologik guruhlar va boshqa kichik guruhlar tomonidan so’roq qilinishi 
mumkin. Uning jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi iste’mol va fuqaro guruhlar bilan 
yaqin munosabatda bo`lishlariga yordam berishi mumkin. 
• Maxalla muassasalar: Bu gurux maxalla fuqarolarini va jamoyatchilik 
tashkilotlarini o’z ichiga oladi. Katta kompaniyalar odatda maxalliy hamjamiyat 
masalalari bilan shug’ullanish bo’limlari va dasturlarini yaratish va jamiyatni qo’ollab 
quvatlash bilan shug’ullanadi. 
• Bosh muassasa: Kompaniya o`z maxsulotlari va faoliyati borasida umumiy 
aholining munosabati haqida qayg`urishi kerak. Kompaniyaning jamoatchilik imidjini 
uning xarid qilinshiga ta`sir etadi etadi. 
• Ichki muassasa: Bu guruh ishchilar, menejerlari, ko`ngillilar va direktorlar 
kengashini o`z ichiga oladi. Yirik kompaniyalar ichki muassasani ruhlantirishi va 
xabardor etishi uchun hisobot va boshqa vositalardn foydalanadi. Xodimlar o`zlari 
ishlaydigan kompaniya haqida o`zlarini qulay his etsalar, bu ijobiy munosabat tashqi 
muassasalarga namoyon bo`ladi. 
Kompaniya ushbu yirik muassasalar uchun shuningdek uning mijoz bozorlar 


54 
uchun marketing rejalarini tayyorlashi mumkin.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin