Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/146
tarix15.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#130547
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   146
0cadf6fa48921eb6a5c5120acb7ef572 Marketing asoslari

Demografik muhit. Demografiya bu aholini miqdori, zichligi, yashash joyi, 
yoshi, jinsi, harakatlanishi, mashg’uloti va boshqa statistik ko’rsatkichlarni 
o’rganishdir. Demografik muhit marketologlar uchun muhim ahamiyatga ega, chunki 


55 
u insonlarni o’z ichiga oladi, insonlar bozorni tashkil etadi. Jahon aholisi jadal sur’atda 
o’sib bormoqda. Hozirda u 7 milliard kishidan ortib, 2030 yilga borib, 8 milliarddan 
ortishi kutilmoqda. Dunyoda aholining kattaligi va juda xilma-xilligining imkoniyatlar 
va to’siqlarni vujudga keltiradi. Jahon demografik muhitining o’zgarishi biznes uchun 
jiddiy oqibatlarga olib keladi. Shuning uchun marketologlar o’z bozorlaridagi 
demografik tendentsiya va o’zgarishlarni sinchiklab kuzatib boradilar. Ular yosh 
o’zgarishi va oilaviy strukturaning o’zgarishini, aholining geografik jihatdan 
ko’chishini, ta’lim xususiyatlari va aholining xilma-xilligini kuzatadilar.
 
3.3-rasm. Kompaniya makromuhitining asosiy kuchlari 
 
Iqtisodiy Muhit. Bozor odamni va to’lov qobiliyatini talab qiladi. Iqtisodiy 
muhit savdo iste’mol qobiliyati va iste’mol xulqini talab qiluvchi iqtisodiy omillardan 
tashkil topgan. Marketologlar jahon bozori miqiyosida asosiy tedentsiyalar va iste’mol 
xarajatlariga asosiy e’tiborni qaratishlari lozim. Davlat asosan ularning foydasi va 
darajasi hisobiga o’zgarib boradi. Ba’zi davlatlarda turli xildagi tovarlar bozori mavjud 
bo’lgan sanoat-iqtisodiy tizim mavjud. Boshqalarida iqtisodiy-yashash tizimi bor. Ular 
katta miqdorda o’zining qishloq xo’jaligini va sanoat ishlab chiqarish miqdorini 
o’zlashtiradilar hamda oz bo’lsada marketing imkoniyatlarini taklif qiladilar. O’rtacha 
rivojlanuvchi davlat esa mahsulotlarning to’g’ri turlari uchun marketing 
Kompaniya
Demogarfik
Iqtisodiy
Tabiiy
Texnologik
Siyosiy
Madaniy


56 
imkoniyatlarini taklif qilishadi xolos. 1,2 milliard aholisi bor indistonni oladigan 
bo’lsak, yaqin o’tmishda Hindistonning faqat elitasigina avtomobil sotib olishi 
mumkin edi. Aslida hozirda hindlarning 7/1 qismida avtomobil bor. Biroq yaqindagi 
Hindiston iqtisodidagi keskin o’zgarishlar natijasida tez o’suvchi daromad bilan birga 
aholining o’rta qatlami ham shakllandi. Endilikda yangi talablarni qondirish uchun 
evropaliklar, 
shimoliy 
amerikaliklar, 
osiyolik 
avtomobilchilar 
Hindistonga 
avtomobillarning kichikroq turlarini kiritishmoqda. Biroq ular “Tata Nano” rusumli 
qimmat avtomobil ishlab chiqaruvchi Tata Motors bilan raqobat qilishga tayyor 
bo’lishlari lozim. “Insonlar avtomobili” deb nomlangan bu mashinani sal kam 158,000 
rupiy(taxminan 2900 AQSh dollari)ga sotishmoqda. Unga 4 odam sig’adi, 65 km/soat 
tezligida yuradi, 1 gallon 50 milga etadi. Aholini g’ildirakda olib yuruvchi bu antiqa 
arzon mashina namunali hindistonlik obrazini yaratish imkonini beradi. “Siz hamma 
foydalanishi mumkin bo’lgan avtomobilni tasavvur qilolasizmi” deb “Nano” 
reklamachilari savol berishdi, Javob “Endilikda tasavvur qila olasiz” degan tarzda 
bo’ldi. “Tata” 1 yilda 1 million shunaka mashinalarni sotishni mo’ljallagan. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin