O’zbekiston-finlandiya pedagogika instituti maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta’lim yo’nalishi maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil etish fanidan mavzu: “



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix15.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#130718
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat standarti mazmun-mohiyati

 
 
 
 
 



1.2. Maktabgacha ta’lim davlat standartining qismlari 
1-bob. Umumiy qoidalar 
1. Ushbu Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti (keyingi 
o‘rinlarda — davlat standarti) davlat standartining maqsadi va asosiy vazifalarini, 
prinsiplarini, tarkibiy qismlarini, davlat standartlarini joriy etish hamda uning 
talablariga rioya etilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi. 
Davlat standartini amalga oshirishda maktabgacha ta’lim va tarbiyaning 
davlat ta’lim dasturini, maktabgacha yoshdagi bolalarga maktabgacha ta’lim va 
tarbiya berish sohasidagi o‘quv-metodik qo‘llanmalarni, metodik tavsiyalarni ishlab 
chiqish, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini loyihalashtirish, qurish, 
jihozlash va ularning faoliyatini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari inobatga 
olinadi. 
2. Davlat standartini ishlab chiqish quyidagi hujjatlarga asoslanadi: 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya 
to‘g‘risida”gi, “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi, “Aholining sanitariya-
epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari; 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini 
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 9-sentabrdagi PQ-
3261-son va “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha 
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-
son qarorlari; 
2-bob. Davlat standartining maqsadi va asosiy vazifalari 
5. Davlat standartining maqsadi — maktabgacha ta’lim tizimini zamonaviy 
talablarga asoslangan holda tashkil etish, bolalarni sog‘lom va har tomonlama yetuk 
qilib voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari 
hamda usullarini joriy etish hamda ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, 
shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonining hajmiga, mazmuniga va sifatiga, 
maktabgacha ta’lim muassasasini qurish va jihozlashga, maktabgacha yoshdagi 
bolalarning sog‘lom ovqatlanishini va xavfsizligini tashkil etishga doir majburiy 
minimum talablarni joriy etish va nazoratini tashkil etishdan iborat. 



6. Davlat standartining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
maktabgacha ta’limning mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni 
belgilash; 
milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida tarbiyalashning 
samarali shakllari va usullarini joriy etish; 
o‘quv-tarbiya jarayoniga innovatsion pedagogik va zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; 
ta’lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini 
takomillashtirish; 
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida to‘laqonli va xavfsiz ovqatlantirishni 
tashkil etishga bo‘lgan sanitariya-gigiyenik talablarni belgilash; 
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish me’yorlarini tartibga solish; 
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o‘yinlar, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va 
boshqa texnik, reabilitatsion vositalar bilan jihozlash; 
maktabgacha ta’lim muassasalariningyong‘in xavfsizligini ta’minlashga 
qo‘yiladigan talablarga muvofiqligini ta’minlash. 

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin