O’zbekiston-finlandiya pedagogika instituti maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta’lim yo’nalishi maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil etish fanidan mavzu: “


Davlat ta’lim standartlarining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix15.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#130718
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat standarti mazmun-mohiyati

Davlat ta’lim standartlarining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat? 
Davlat ta’lim standartlarining joriy etilishi quyidagi maqsadlar amalga oshirilishini 
nazarda tutadi: - ta’limning yuksak sifatini hamda mamlakatda amalga 
oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni, rivojlangan demokratik 
davlat barpo etish talablariga javob beruvchi raqobatbardosh kadrlar tayyorlanishini 
ta’minlash; - mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat 
ehtiyojlaridan, fan, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqib 


26 
kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish; - ta’limning demokratlashuvi, 
insonparvarlashuvi va ijtimoiylashuvi, ta’lim oluvchilarning huquqiy va iqtisodiy 
bilimlari darajasini, shuningdek ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish; - sifatli 
ta’lim xizmatlari ko’rsatish, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida shaxsning, jamiyat 
va davlatning manfaatlarini himoya qilish; - kadrlar tayyorlash sifatini va ta’lim 
faoliyatini baholash mezonlarini va tartibini belgilash; - ta’lim jarayonini va kadrlar 
tayyorlashning izchilligi va uzluksizligini ta’minlash; - mehnat va ta’lim xizmatlari 
bozorida raqobatbardoshlikni ta’minlash. 
Davlat ta’lim standartlarining vazifalari: - ta’lim sifatiga va kadrlar 
tayyorlashga, ko’rsatiladigan ta’lim xizmatlari turlariga nisbatan qo’yiladigan 
maqbul talablarni belgilash; - ta’limga va uning pirovard natijalariga, ta’lim 
oluvchilarning bilimi va kasb malakasi darajasini vaqti-vaqti bilan baholash 
tartibiga, shuningdek ta’lim faoliyati sifati ustidan nazorat qilishga nisbatan 
qo’yiladigan tegishli talablarni belgilovchi meyoriy negizni yaratish; - xalqning boy 
aql-zakovat merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida ta’lim oluvchilarni 
ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish; - 
ta’limning barcha turlarida ular mazmunini hamda olib boriladigan ta’lim va 
tarbiyani kelishib olish ularning o’zaro bog’liqligini, uzluksiz ta’lim tizimida va 
kadrlar tayyorlashda izchillikni ta’minlash; - o’quv-tarbiya va ta’lim jarayoniga, 
pedagogik va axborot texnologiyalari bilan ta’minlashga, ta’lim darajasini nazorat 
qilishga, ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar va ularni bitiruvchilarning 
malakasiga nisbatan meyorlar va talablarni belgilash; - ta’lim va kadrlar tayyorlash 
sifatiga baho berishning xolis tizimini, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan 
o’tkazish va akkredetatsiya qilishni joriy qilish; - kadrlarni maqsadli va sifatli 
tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini 
ta’minlash; - milliy standartlar talabini ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga nisbatan 
xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash. 7-moddasida davlat ta’lim standartlari 
yoritilgan: Davlat ta’lim standartlari umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-xunar va oliy 
ta’lim mazmuniga xamda sifatiga qo’yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta’lim 


27 
standartlarini bajarish O’zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari 
uchun majburiydir

Davlat ta’lim standarti quyidagi maqsadlarni amalga oshirishni ko’zda tutishi 
lozim: -ta’lim berishning sifati masalalarida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini 
himoya qilish va kadrlar tayyorlash, ta’limiy xizmatlarni tavsiya etish mehnat 
bozorini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash; -shaxs, davlat va jamiyat 
ehtiyojlariga mos kadrlar tayyorlash va ta’lim berish sifatini oshirish, xalqaro 
tajribalar asosida fan va texnikani rivojlantirish; -kadrlar tayyorlash va ta’lim 
jarayonida muvofiqlik va uzluksizlikni ta’minlash; -ta’limning barcha shakl va 
bo’g’inlarida o’quv tarbiya jarayonini mukammallashtirishga ko’mak berish; -
ta’limiy 
xizmat 
ko’rsatishda 
raqobat 
bo’lishini 
ta’minlash; 
Ta’limni 
standartlashtirishning vazifalari: Ta’lim berish va kadrlar tayyorlash, tavsiya 
etiluvchi ta’limiy xizmatlar ro’yxati va sifatiga yuqori talablar belgilash. Davlat 
shaxs ehtiyoji uchun zarur bo’lgan ta’lim berish va uning oqibat natijasining 


28 
muayyan talablarni o’rnatuvchi me’yoriy hujjatlar tizimini ishlab chiqish, 
shuningdek mazkur xujjatdan to’g’ri foydalanishni nazorat qilish. Milliy standart 
talablarini xalqaro mezonlar bilan uyg’unligini ta’minlash. Ta’lim to’g’risidagi 
milliy hujjatlarning shu turdagi hujjatlarga mos kelishini ta’minlash. Uzluksiz ta’lim 
jarayoning tarkibiy qismlari va tarkibiy unsurlariaro bog’liqlik va muvofiqlik 
bo’lishiga erishish. Ta’lim berish va kadrlar tayyorlashda yuqori natijalarga 
erishuvda moddiy boyliklar, vaqt va boshqa sarf-xarajatlarni kamaytirish. O’quv-
tarbiya jarayoni va umuman, ta’lim uchun me’yor, qoida, ko’rsatma va talablar 
belgilash. Standartlash buyicha xalqaro tajribalarni bevosita qo’llash amaliyotini 
kengaytirish, agar ulardagi talablar O’zbekiston Respublikasining ta’limi fani, 
madaniyati, texnikasi va texnologiyasi uchun mos tushsa chet el davlatlari milliy 
standarlari yo’riqidan foydalanish. Pedagogik texnologiyalar (o’quv-o’qituv va 
tarbiya metodikasi o’qitishning texnik vositalari va b.)ga muayyan talablar 
belgilash. Ta’lim darajasini, ta’lim olayotganlar va bitiruvchilar malakasini baholash 
va nazorat qilishninig me’yoriy-texnik va metodik ta’minotini yuzaga keltirish. 
Ta’lim standartlari turli mamlakatlarda turlicha amalga oshiriladi. Lekin ta’limga 
nisbatan “standart” atamasidan foydalanish yaqindan ishlatila boshlandi. Bizning 
mamlakatimizda ta’limni sandartlashga asosan 1993 yildan kirishildi . Davlat ta’lim 
standartlarini ishlab chiqish va uni hozirgi bosqichda amaliyotga tatbiq etishning 
imkoniyati yuzaga keldi. Standartni ishlab chiqish “Ta’lim to’g’risida” gi qonunning 
7-moddasi va muayyan bandlarida, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da ta’limning 
mazmuni haqida bayon etilgan umumiy talablarga ko’ra amalga oshiriladi. Standart 
vositasida ta’limning talab etilgan darajasinibir me’yorda saqlash,uni jamiyat 
taraqqiyoti istiqboliga ko’ra takomillashtirish amalga oshiriladi. Standart oldiga 
quyidagi tallablar quyiladi:
1.Mamlakatningijtimoiy-iqtisodiy rivoji ehtiyojlari va xalqaro tajribalarni 
tahlil qilish asosida ta’lim jarayonidagi barcha manfaatdor tomonlarning 
imkoniyatlarini hisobga olish.
2.Standartda, avvalo, oqibat natijalarni me’yorlashtirish ko’zda tutiladi.


29 
3.Standartlarda ta’limning shakli, bosqichi va sohalari bo’yicha muvofiqlik 
tajribalarini saqlash talab etiladi.
4.Standart mazmuni va ichki tuzilishiga ko’ra, shaxs kamolotini ta’minlash 
nuqtai nazarida to’laqonli bo’lishi lozim. 
5. Standartlardagi har bir band bayoni uning yaxlitligini ta’minlaydigan izchil 
va ta’limning maqsadlarini to’la qamrab olganligi nuqtai nazaridan iloji bor qadar 
mukammal bo’lishi kerak.
6.O’zining ichki tuzilishi, mazmun-mundarijasiga ko’ra standart davlatning, 
mintaqaning va ta’lim muassasining manfaatlari mutanosibligini. Huquqini aks 
ettirishi lozim.
7.Mazmunan standart o’quv yuklamalarini me’yorlashtirishi lozim.
8.Standartning mazmun-mundarijasiga undan foydalanuvchilarning barcha 
toifalarini hisobga olmog’i darkor. 
Davlat standartining maqsadi maktabgacha ta’lim tizimini zamonaviy 
talablarga asoslangan holda tashkil etish, bolalarni sog‘lom va har tomonlama yetuk 
qilib voyaga yetkazish hisoblanadi. Uning vazifalari qatorida ta’lim-tarbiya 
jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etish hamda 
ta’lim-tarbiya jarayonining hajmiga, mazmuniga va sifatiga doir majburiy minimum 
talablarni 
joriy 
etish 
va 
nazoratini 
tashkil 
etish 
ham 
bor. 
Maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat standartida quyidagilar nazarda tutilgan: 
davlat standartining maqsadi va asosiy vazifalari; 
maktabgacha ta’limning namunaviy o‘quv rejasi; 
davlat standartini joriy etish va uning talablariga rioya etilishini nazorat qilish; 
davlat standarti komponentlari, xususan: 
- ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari; 

maktabgacha 
ta’lim 
va 
tarbiyaning 
davlat 
o‘quv 
dasturi; 
- davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o‘yinlar to‘plami, o‘yinchoqlar, mebel, 
jihozlar va boshqa texnik, reabilitatsiya vositalari bilan jihozlash normalari. 
Davlat 
standartining 
asosiy 
prinsiplari 
quyidagilar 
hisoblanadi: 
tarbiyalanuvchining intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi;


30 
har bir bolaning, shu jumladan jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan 
bolaning maktabgacha ta’lim va tarbiya olishga bo‘lgan huquqini amalga oshirish 
imkoniyatining tengligi; 
davlat standartining ta’lim sohasidagi davlat va jamiyat talablariga mosligi; 
maktabgacha ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi 
va ta’lim mazmunining uzviyligi; 
maktabgacha ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi 
va yaxlitligi; 
maktabgacha ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda 
innovatsiya texnologiyalariga asoslanganligi; 
xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida tajribasidan milliy xususiyatlarni 
hisobga olgan holda foydalanish. 

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin