Toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Yaponiya inflatsiya darajasi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/14
tarix15.06.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#130733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Yaponiya inflatsiya darajasi 


13 
darajasiga ko‘ra faqat Kitakyusyu (Shimoliy Kyusyu) sanoat aglomeratsiyasi 
yuqori darajada rivojlangan metallurgiya va og‘ir mashinasozlik sanoatlari bilan 
ajralib turadi. 
Yaponiyaning uchinchi rayoni Kyusyuning janubiy qismi va butun Sikoku 
hamda Xokkaydo orollaridir. Rayonda sanoat rivojlanish darajasiga ko‘ra Sapporo 
sanoat aglomeratsiyasi ajralib turadi. Xokkaydo eng awalo, ko‘mir va baliqni qayta 
ishlash sanoatlari bilan tanilgan bo‘lsa, Sikoku va Kyusyu hududlarida qishloq 
xo‘jaligining ahamiyati yuqori. 
Yalpi ichki mahsulot 
2005 yil YaIM 1,3 % ga o'sdi va 4,96 trln dollarni tashkil etdi. (aholi jon 
boshiga 38,9 ming dollar). 
2011 yilda esa 3,9 % ga o‘sdi(101-o‘rin) va 5,46 trln dollarga yetdi. 
Eksport tuzulmasi: kompyuterlar, elektrotexnika, avtomobil. 
Import tuzilmasi: ximikatlar, yoqilg'i, ruda va boshqa xom-ashyo, oziq-ovqat 
mahsulotlari. 
Xalq xo'jaligining asosiy sektorlari: 

Hizmatlar sferasi 61 % 

Sanoat 37 % 
Yaponiya YaIMning o’sishi (mlrd $) 


14 

Qishloq ho'jaligi 2 % 
Ish bilan ta'minlanganlik.Ishsizlik darajasi 4,2 %. 
II-BOB. Yaponiya iqtisodiyotining jahon xo‟jaligida tutgan o‟rni va 
tashqi iqtisodiy aloqalari 
2.1 Yaponiyaning jahonda tutgan o‟rni. 
Shu yilning 14-fevral kuni Yaponiya hukumati 2010-yilda yalpi ichki 
mahsulot (YIM) hajmi bo‗yicha jahonda uchinchi o‗ringa tushganligini tan oldi. 
Endilikda o‗z iqtisodiyotini tinmay rivojlantirib borayotgan Xitoy jahonning 
AQShdan keyingi ikkinchi raqamli iqtisodiyotiga aylandi. 
Hukumat hisobotiga ko‗ra, 2010-yilda Yaponiyaning YIM hajmi 5,47 trln. $ 
ni tashkil qilgan. Bu ko‗rsatkich Xitoyda 5,88 trln. $ dan iborat, deya xabar beradi 
The New York Times gazetasi. 
Yaponiya iqtisodiyoti o‗tgan yili 2009-yilga qaraganda 3,9% ga o‗sdi. 2009-
yil mamlakat iqtisodiyoti uchun juda og‗ir kechganligi hammamizga ma‘lum. 
Yaponiya 1968-yildan beri YIM hajmi bo‗yicha jahonda AQShdan keyingi 
ikkinchi o‗rinni egallab kelayotgan edi. Biroq, 1990-yillar boshida mamlakat 
iqtisodiyotining o‗sish sur‘ati biroz sekinlashdi. Oradan 10 yil o‗tib, 2000-yillarda 
vaziyat asta-sekin yaxshilana boshladi. Shunga qaramasdan Yaponiya bir qator 
jiddiy muammolarni boshidan kechirmoqda. Xususan, Yaponiyaning davlat qarzi 
mamlakat YIM hajmidan ikki baravar ortiqdir! Bu esa, iqtisodiy jihatdan juda 
xavfli ko‗rsatkich hisoblanadi. 
Shunday qilib, Yaponiya YIM hajmi bo‗yicha jahonda Xitoydan ortda 
qolmoqda, biroq Yaponiyada kishi boshiga YIM miqdori Xitoynikidan o‗n barobar 
ortiqdir! Bugungi kunda Xitoyda kishi boshiga YIM miqdori 3 600$ ni tashkil 
qiladi, Yaponiyada esa 40 000$ dan ortiqdir. 


15 
Associated Press agentligi ekspertlarining baholashicha, Xitoy iqtisodiyoti 
shu ketishda o‗sishda davom etadigan bo‗lsa, u 2020-2030-yillar oralig‗ida 
AQShni quvib o‗tib, jahonning eng yirik iqtisodiyotiga aylanishi mumkin. 
Tashqi iqtisodiy aloqalar Yaponiya iqtisodida hayotiy ahamiyatga ega. 
Buning sababi mamlakat iqtisodiyotining ko‘p sohalari deyarli butunlay import 
xom-ashyolarga qarab qolganligidir. Yaponiya, asosan, sanoat xomashyolarini 
import qiladi va iste‘molga tayyor mahsulotlarni eksportga chiqaradi. 
Yaponiya jahonning juda ko‘p mamlakatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni 
olib boradi. Ular orasida eksportining 1/3 va importining 1/4 qismi AQSh hissasiga 
to‘g‘ri keladi. 
Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasi bilan tashqi iqtisodiy aloqalari ham 
rivojlanib bormoqda. U O‘zbekiston iqtisodiyotiga tobora ko‘p investitsiya 
kiritmoqda. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va Sho‘rtan gaz-kimyo 
kompleksini investitsiyalashda Yaponiya faol qatnashdi. Yaponiyadan texnologiya 
vositalari, tayyor iste‘mol mahsulotlari, aloqa kommunikatsiya vositalari 
O‘zbekistonga keltirilayotgan boisa, O‘zbekistondan Yaponiyagatobora ko‘p paxta 
va ipaktolasi, tog‘-kon, metallurgiya sanoati mahsulotlari, turli iste‘mol 
mahsulotlari eksport qilinmoqda. 
Xitoy va Yaponiya o‘zaro hisob-kitoblarda AQSh dollaridan foydalanishni 
to‘xtatib, uning o‘rniga iyena va yuandan foydalanishga kelishib oldi. Bu haqda 
Pekinda bo‘lib o‘tgan ikki mamlakat bosh vazirlari Ven Szyabao (Xitoy) va 
Yosixiko Noda (Yaponiya) o‘rtasidagi muzokaralar yakunida xabar qilingan, deya 
yozadi ―Vedomosti‖ nashri.Shunday qilib AQSh dollaridan voz kechish natijasida 
ikki mamlakat kompaniyalari o‘zaro savdoda valyuta ayirboshlar xarajatlarini tejab 
qolishlari hamda ikki tomonlama savdoni rivojlantirishlari mumkin. 
Bundan tashqari, kelishuvga binoan, Yaponiyaning Xalqaro hamkorlik banki 
yuanda baholangan obligatsiyalar ham chiqaradigan bo‘ldi. Xitoy Xalq 


16 
Respublikasi ilk marta yaponlarga bunday imkoniyatni yaratmoqda. Yaponiya, 
shubilan birga, Xitoyning hukumat obligatsiyalarini sotib olish huquqini ham 
qo‘lga kiritdi. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin