Toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Yaponiyaning tashqi iqtisodiy aloqalar



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/14
tarix15.06.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#130733
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
2.2 Yaponiyaning tashqi iqtisodiy aloqalar. 
Hozirgi kunda xorijiy mamlakatlarda robotlarni ishlab chiqish va tayyorlash 
bilan ikki yuzga yaqin firma shug'ullanib kelayapti, jumladan G'arbiy Evropadagi 
90 ga yaqin firmada 170 mingga yaqin robotlar ishlab chiqilgan. Chet el 
mamlakatlari robotlar ishlab chiqarishga 1990 yilgacha, bo'lgan davrga katta
kapital mablag' ajratishgan edi. Masalan, AQSh va Yaponiya 1981-1986 yilda 0,5 
va 1 milliard kapital mablag' ajratgan bo'lsa, 1986-1990 yilda har bir mamlakat 2 
milliardga yaqin dollar ajratgan. Robotlarni ishlab chiqarish va bunyod etish 
bo'yicha Yaponiya birinchi o'rinni egallab kelmoqda. Dunyodagi mavjud
robotlarning 38 foizi Yaponiyaga ,25 foizi AQShga, 22 foizi Frantsiyaga to'g'ri 
keladi.
Sanoat robotlarini ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda Yaponiya birinchi
o'rinni egallashining asosiy sababi sanoat robotlari bilan shug'ullanuvchi
firmalarga katta kapital mablag'lar ajritilganligidadir. Agar bu sohaga 1969 
yilda 0,4 milliard yen ajratilgan bo'lsa, 1976 yilda 15 milliard, 1977 yilda 18—20 
milliard yen ajratilgan. Sanoat robotlarining bozor narxi 1977 yilda 100 milliard
yenni tashkil etgan bo'lsa, 1985 yilda 260 milliard yenni tashkil etgan.
AQSh, Yaponiyada ham sanoat robotlarini ishlab chiqarish uchun katta 
kapital mablag'lar ajratilmoqda. Sanoat robotlarining bozor narhi AQShda
1977 yilda 50 million dollarni tashkil etgan bo'lsa, 1985 yilda 1.400 million 
dollarni tashkil etdi.
Yaponiyadagi asosiy va yordamchi operatsiyalarni mexanizatsiyalash va 
avtomatlashtirishga oid vositalarni uch guruxga bo'lish mumkin:


18 
- operator yordamida boshqariladigan manipulyatorlar;
- oldindan belgilangan dastur asosida ishlaydigan va qayta sozlanmaydigan 
avtomatik manipulyatorlar; 
- dastur bilan boshqariladigan va avtomatik tarzda qayta sozlanadigan sanoat 
robotlari. Bunday robotlar, o'z navbatida, tsiklli va raqamli dastur bilan
boshqariladigan robotlarga bo'linadi.
Juda ko'p jahon firmalari Yaponiya ishlab chiqarayotgan sanoat 
robotlariga qo'shimcha talablar qo'ymoqdalar, jumladan, robotlar baxosini 
kamaytirish, konkret operatsiyalarni bajara oladigan va gruppa robotlarni 
kompyuterlar orqali boshqara oladigan qurilmalarni ishlab chiqarish, 
robotlarning epchil qo'llarini tayyorlash, robotlarni kerakli pozitsiyaga surib qo'ya 
bilish; robotlarning xotira hajmini oshirish, boshqaruv sistemasi va ayrim qismlar
ishonchliligini oshirish, robotlarda rangni, predmetlar holati va shaklini aniqlash;
sanoat robotlari turlarining texnikaviy xarakteristikasini standartlashtirish;
avtomatlashtirilgan omborlar ishlab chiqarish uskunalari bilan bog'langan 
komplekslarni ishlab chiqish; robotlar yordamida buyumlarni joylash va taxlash 
ishlarini 
bajarish 
va 
hokazolar. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin