Toshkent davlat sharqshunoslik instituti


O'zbekiston va Yaponiya munosabatlari



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/14
tarix15.06.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#130733
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
2.3. O'zbekiston va Yaponiya munosabatlari 
O‘zbekiston va kunchiqar yurt xalqlarining do‘stlik rishtalari, savdo va 
madaniy aloqalarining tarixi Buyuk Ipak yo‘li davrining boshlanishiga borib 
taqaladi. Ushbu mamlakatning eng sharqiy nuqtasi yapon imperatorlarining ko‘hna 
poytaxti Nara shahri bo‘lib, 2010 yilning oktyabr oyida ushbu shaharning 1300 
yilligi keng nishonlandi. Kushon davlatining eng e'tiborli dinlaridan biri bo‘lgan 
buddaviylik eramizning I-VI asrdarida O‘zbekiston hududida tarqalib, keyinchalik 
O‘rta Osiyo xalqlarining qadriyatlari va an'analalri bilan boyigan holda, Xitoy va 
Koreya orqali Yaponiya orollarigacha borib yetgani ikki xalq o‘rtasidagi umumiy 
tarixiy ildizlarning mavjudligiga dalildir. Yaponiyaning mashhur musavviri, 
Toshkent shahrining faxriy fuqarosi Ikuo Xiroyamaning ―agar Yaponiya 
buddaviylik madaniyatining sharqiy tomoni bo‘lsa, u holda ko‘hna O‘zbekiston 
zamini uning g‘arbiy tomonidir‖
3
, degan so‘zlari muhim ahamiyatga egadir.
Xalqlarimiz o‘rtasidagi uzoq o‘tmishga borib taqaluvchi yaqin aloqalar 
O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi samarali hamkorlikning muhim omili 
sifatida bugungi kunda ham davom etib kelmoqda.
Yaponiya O‘zbekiston mustaqilligini 1991 yil 28 dekabrda e'tirof etdi va 1992 
yil 26 yanvardan boshlab mamlakatlarimiz o‘rtaisda diplomatik munosabatlar 
o‘rnatildi. 
Mustaqillik 
e'lon 
qilingandan 
so‘ng 
O‘zbekiston-Yaponiya 
munosabatlari sifat jihatdan yangi pog‘onaga ko‘tarildi. 1994 yilning may oyida 
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Yaponiyaga uyushtirgan dastlabki 
rasmiy tashrifi o‘zaro ishonch va ikki mamlakat xalqlarining ma'naviy 
qadriyatlariga nisbatan hurmatga asoslangan do‘stona aloqalarni rivojlantirish 
uchun mustahkam poydevor yaratdi.
3
Ikuo Xiroyama


21 
Mamlakatimiz Prezidentining 2002 yil iyul oyida Yaponiyaga uyushtirgan 
ikkinchi tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida do‘stlik, 
Strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzolandi. Hujjatda 
tomonlarning do‘stona munosabatlar va strategik sheriklikni tenglik, o‘zaro 
hamjihatlik tamoyillariga muvofiq va xalqaro huquqning umume'tirof etilgan 
me'yorlari asosida rivojlantirishga tayyorligi o‘z ifodasini topgan. Savdo-sotiq, 
sarmoyalar, ta'lim va boshqa sohalardagi aloqalarni kengaytirish ustvor vazifa 
sifatida belgilagan.
2010 yilning dekabrida Tokioda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Senatining raisi boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
delegatsiyasi ishtirokida birinchi parlamentlararo forum o‘tkazildi.
Savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ham ijobiy 
an'analar kuzatilmoqda. 2009 yilda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi savdo 
aylanmasi 139 million AQSh dollarini tashkil etdi. Bugungi kunda O‘zbekistonga 
Yaponiya tomonidan ajratilgan moliyaviy mablag‘lar hajmi 2,3 milliard AQSh 
dollaridan iboratdir.
Iqtisodiy hamkorlikka doir 1994 yilda tuzilgan O‘zbekiston-Yaponiya va 
Yaponiya-O‘zbekiston qo‘mitalari iqtisodiy munosabatlarning rivojiga ulkan hissa 
qo‘shib kelmoqda. Ushbu ikki qo‘mita tomonidan doimiy ravishda o‘tkazib 
kelinayotgan qo‘shma tadbirlar doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlikka doir keng 
qamrovli masalalar muhokama etiladi hamda O‘zbekiston bilan Yaponiyaning 
ushbu yo‘nalishlardagi aloqalarini chuqurlashtirishga oid aniq takliflar o‘rtaga 
tashlanadi. O‘zbekiston-Yaponiya va Yaponiya-O‘zbekiston qo‘mitalarining 
navbatdagi o‘ninchi yig‘ilishi joriy yilning 8 fevral kuni Tokio shahrida 
o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
1999-2001 yillar davomida Toshkentda Yaponiyaning xalqaro hamkorlik 
bo‘yicha agentligi (LSA) va Yaponiya tashqi savdo tashkilotining (JETRO) 
mintaqalararo vakolatxonalari hamda beg‘araz texnik yordam ko‘rsatish, ikkala 
tomon ishbilarmon va ijtimoiy doiralar vakillari o‘rtasida aloqalar o‘rnatish va 


22 
gumanitar sohadagi hamkorlikni rivojlantirish borasidagi loyihalarni amalga 
oshirishga xizmat qiluvchi O‘zbekiston-Yaponiya markazi ochildi.
O‘zbekistonda Yaponiya sarmoyasi ishtirokida ko‘plab yirik loyihalar 
hayotga tadbiq qilinmoqda. ―Mitsui‖, ―Mitsubisi‖, ―Itochu‖, ―Marubeni‖ va boshqa 
shu kabi yirik yapon korporatsiyalarining vakolatxonalari ochildi. Iqtisodiyot 
yo‘nalishidagi so‘nggi muvafaqqiyatli hamkorlikning yorqin misollaridan biri 
sifatida Samarqand avtomobil zavodida ―Isuzu‖ rusumli avtobus va yuk 
mashinalarining ishlab chiqarilayotganligini ko‘rish mumkin.
Yaponiyalik mutaxasislar bilan hamkorlikda bir qator infratuzilma loyihalari 
amalga oshirildi va foydalanishga topshirildi, xususan, bu boradagi ishlar qatorida 
yaqinda qurib bitkazilgan ―Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on‖ yangi temir yo‘l 
yo‘nalishini sanab o‘tish o‘rinlidir.
Ikki davlat o‘rtasida sarmoyalar kiritish bo‘yicha shartnomaviy-huquqiy 
asosni mustahkamlash ishlari davom etmoqda. 2009 yil sentyabr oyida 
―Sarmoyalarni liberalizatsiya va o‘zaro himoya qilish hamda rag‘batlantirish 
to‘g‘risidagi‖ hukumatlararo kelishuv kuchga kirdi.
2010 yil aprelda Tokio shahrida ―Yaponiyalik hamkorlar uchun 
O‘zbekistondagi yangi sarmoyaviy imkoniyatlar‖ mavzusidagi taqdimot marosimi 
bo‘lib o‘tdi va unda Yaponiya korporatsiyalari, vazirliklari, muassasalari va 
siyosiy doiralarining 400 nafardan ortiq vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida 2010 yil may oyida Tolimarjon issiqlik 
elektr stansiyasini modernizatsiya qilishni moliyalashtirishga mo‘ljallangan 300 
million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ ajratish borasidagi bitimning 
imzolanishi generatsiyaning samaradorligini 30 foizdan 50 foizgacha oshirish 
hamda uglerodlar emissiyasini qisqartirish imkonini yaratadi.
2001 yil aprel oyidan boshlab O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida to‘g‘ridan-
to‘g‘ri aviaqatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi xalqlarimizning yaqinlashuvi va 
mamlakatlarimiz o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvining o‘sishiga xizmat qiluvchi 
omillaridan biri bo‘ldi.


23 
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2011 yilning 8-10 fevral kunlari 
Yaponiyaga amalga oshiriladigan rasmiy tashrifi davomida O‘zbekiston va 
Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirish masalalari, 
shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va halqaro ahamiyatga molik 
masalalar muhokama qilinadi. Tashrif yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonning 
Yaponiya bilan turli sohalardagi hamkorligini chuqurlashtirishga qaratilgan qator 
hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Yaponiyaga tashrifi ikki davlat 
o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli muvaffaqiyatli hamkorlikni yangi ufqlarining 
ochilishiga xizmat qiladi. O‘zbekiston va Yaponiya xalqlarining do‘stlik rishtalari 
hamda savdo va madaniy aloqalarining tarixi ko‘hna Buyuk Ipak yo‘li davriga 
borib taqaladi. Xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlarlik tarixga ega bo‘lgan yaqin 
aloqalar bugungi kunda davom etmoqda hamda ular O‘zbekiston va Yaponiya 
o‘rtasidagi samarali hamkorlikning muhim omili sifatida qolmoqda.
1991 yil 28 dekabrda Yaponiya O‘zbekiston mustaqilligini tan olgan kundan 
boshlab davlatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar rivojiga asos 
solindi. 1992 yil 26 yanvarda diplomatiya munosabatlari o‘rnatilgan edi. Shundan 
e'tiboran O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlar sifat 
jihatdan yangi pog‘onaga ko‘tarildi va qator yuqori darajadagi uchrashuvlar 
mamlakatlarimiz o‘rtasida faol siyosiy muloqot olib borilayotganini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2011 yil 8 - 10 fevral kunlari 
Yaponiyaga buyurgan rasmiy tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarga 
yangi kuchli turtki berdi. Tashrif chog‘ida yuqori texnologiyalar sohasiga 
ixtisoslashgan yirik kompaniyalar bilan qator kelishuvlarga erishildiki, ular neft-
gaz, kimyo, neft-kimyo, energetika, mashinasozlik, to‘qimachilik sanoati kabi 
mamlakatimiz 
iqtisodiyotining 
jadal 
rivojlanayotan 
sohalariga 
yapon 
texnologiyalari va sarmoyalarini jalb etishga yo‘naltirilgan. 
Zamonaviy bosqichda har ikki davlat mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga 
molik qator masalalarda bir-birini siyosiy jihatdan o‘zaro qo‘llab-quvvatlamoqda. 


24 
Xususan, O‘zbekiston Yaponiyaning BMT Xavfsizlik Kengashi doimiy a'zoligiga 
qabul qilinishini ma'qullaydi. Yaponiya, o‘z navbatida, Prezident Islom 
Karimovning O‘rta Osiyoda yadro qurolidan xoli hududni yaratish bo‘yicha 
tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.
Bugun Yaponiya - O‘zbekiston Respublikasining yirik investorlaridan biridir. 
Neft-gaz sohasi, transport jabhasi, telekommunikatsiya, sog‘liqni saqlash, ta'lim, 
qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlardagi ustuvor loyihalarni ro‘yobga chiqarish 
uchun yotqizilgan moliyaviy mablag‘larning umumiy hajmi 2,3 milliard dollardan 
ziyodni tashkil etdi.
Davlat imtiyozli yena kreditlari yo‘nalishi bo‘yicha - 1,2 milliard dollardan 
ziyod, beg‘araz yordam yo‘nalishi bo‘yicha - 280 million dollardan ortiqroq, 
texnikaviy ko‘mak yo‘nalishi bo‘yicha 110 million dollardan ziyod, tijorat 
kreditlari yo‘nalishi bo‘yicha 720 million dollardan oshiq mablag‘ shular 
jumlasidandir.
Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston - Yaponiya va Yaponiya - 
O‘zbekiston qo‘mitalari savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlanishiga salmoqli hissa 
qo‘shmoqda.
O‘zbekistonda yapon kapitali ishtirokida ko‘pgina yirik loyihalar 
muvaffaqiyat bilan hayotga tadbiq etilayotir. «Mitsui», «Mitsubishi», «Itochu», 
«Marubeni» singari va boshqa yirik yapon korporatsiyalarining vakolatxonalari 
ochilgan. Samarqand avtomobil zavodida «Isuzu» rusumli avtobuslar va yuk 
mashinalari ishlab chiqarilayotgani iqtisodiyot sohasidagi muvaffaqiyatli 
hamkorlikning yorqin misollaridan biri hisoblanadi.
Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, barcha sohalarda yo‘lga qo‘yilgan ikki 
tomonlama munosabatlarning darajasi, O‘zbekiston va Yaponiya xalqlari 
o‘rtasidagi iliq va do‘stona aloqalar, o‘tgan davr ichida o‘zaro hamkorlik borasida 
erishilgan yuqori natijalar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi diplomatiya aloqalarining 
yanada rivojlanishi, kengayishi va mustahkamlanishi uchun muhim asos bo‘lib 
xizmat qiladi. 


25 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin