Toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/14
tarix15.06.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#130733
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Xulosa 
Xulosa o`rnida shuni aytish joizki, jahondagi ko`plab rivojlanayotgan 
mamlakatlar Yaponiya iqtisodiyoti tajribasini, uning ―bosib o`tgan yo`llari‖ va 
bosqichlarini tahlil qilgan holda o`z mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanishida 
tatbiq qilgan. Jumladan, Tailand, Malayziya, Singapur, Indonеziya, Janubiy 
Korеya, Tayvan, Filippin kabi mamlakatlarda olib borilgan iqtisodiy islohotlar va 
dasturlarda aynan ―yaponiya tajribasi‖ning ba'zi jihatlaridan unumli foydalanilgan. 
Yaponiya XX asrning ikkinchi yarmida jahon xo`jaligida eng еtakchi mamlakatlar 
qatoridan munosib o`rin egalladi. 
Yaponiya yuksak darajada rivojlangan mamlakatdir. U dunyo aholisining 
2,4% va quruqlik yer maydonining 0,3% iga egaligiga qaramay, iqtisodiy 
potensiali jihatidan AQSH dan keyin ikkinchi o‗rinni egallaydi. Uning yalpi ichki 
mahsuloti 5,46 trln. dollarga yetadi. Bu jahon ishlab chiqarishining 14,3 % ni 
tashkil qiladi. Mamlakat ichki yalpi mahsuloti hajmi aholi jon boshiga 34 ming 
dollardan oshadi. «Iqtisodiy mo`jiza» sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda 
hukumatning kuchli nazorati ostida vujudga kеldi. Shuning uchun ham, mamlakat 
iqtisodiyotida davlat sеktori ustuvor hisoblanadi. 
Yaponiya kema, avtomobil, traktor, maishiy xizmat ko`rsatish tеxnikalari, 
stanoklar, kompyuterlar, rangli tеlеvizorlar, vidеomagnitafonlar, elеktr-tеxnika 
asboblari,sanoat robotlari,optika asboblari, sun'iy ipak tolasini ishlab chiqarish, 
baliq ovlash bo`yicha bo‗yicha dunyoda birinchi o‗rinda,elektr energiyasi, 
kimyoviy tola, alyumin va mis eritish, neftni qayta ishlash bo‗yicha esa ikkinchi 
o‗rinda turadi.
Yaponiya iqtisodiyoti tashqi savdoga juda bog‗liq. Mamlakat o‗ziga zarur 
paxta, jun, boksitning 100%, miss rudasi, neft, temir rudasining 99 % ini, 
toshko‗mirning 82 % ini import orkali oladi. Yaponiya xalqaro savdoda AQSH va 


26 
Yaponiyadan keyin uchinchi o‗rinni egallaydi. Jahon eksportida qariyib 8,9 %, 
importda esa 6,3 % ulush uning hissasiga to‗g‗ri keladi. Dengiz mahsulotlarini 
olish bo‗yicha Yaponiya dunyoda birinchi o‗rinda turadi (12 mln. tonnaga yaqin).
Yaponiya oltin valyuta zahiralari 
hajmibo‗yichaham jahonda birinchi o‗rinda 
turadi. Jahon bank aktivlarining 40% uning ulushiga to‗g‗ri keladi. Olti yapon 
banki jahonning o‗n yirik banklari qatoriga kiradi. Yaponiya Uning to‗g‗ridan-
to‗g‗ri xorijiy investitsiyalari 310 mlrd. dollardan ortiq bo‗lib, bu jahon 
investitsiyasining 
qariyib 12,7 % ini tashkil qiladi. 
Yaponiya dunyodagi eng yirik kredit beruvchi mamlakat bo‗libqolmoqda. 
Taraqqiyotga rasmiy ko‗mak doirasida endi rivojlanayotgan mamlakatlarga 
imtiyozli iqtisodiy yordam ko‗rsatish bo‗yicha u dunyoda birinchi o‗ringa chiqdi. 
Uning rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam ko‗rsatishga ajratilgan ularning 
mablag‗i hajmi yiliga taxminan 11 mlrd. dollardan ortadi. 
Ilm – fan va tajriba – konstruktorlik (NIOKR)ga harajatlari bo‗yicha 
Yaponiya AQSH dan keyin ikkinchi o‗rinni egallaydi. Hozirgi kunda NIOKRga 
harajatlar mamlakat ichki yalpi mahsulotda 4% dan ko‗proqni tashkil etadi. 
Jahonda ro‗yxatga olingan jami patentlarning 40% yapon patent boshqarmasi 
ulushiga to‗g‗ri keladi. Yaponiyada Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) 
jahonning juda ko‗p mamlakatlariga boshqaruvchi kadrlar menejerlar tayyorlab 
beradigan Universiteti joylashgan. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin