Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(4), April, 2023 920
katta ilhom berdi va taʼlim sifatini oshirish maqsadida fidoyilik bilan mehnat
qilishiga daʼvat etdi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR “Menejment qoidalariga rioya qilib ishlayotgan maktab rahbarlari bugungi
taʼlim sohasidagi islohotlarni his etib, boshqarishni zamonaviy kompetentlik qoidalari
asosida ishni tashkil etib kuchli instruktiv yetakchilik, aniq belgilangan maqsad,
o‘qituvchilardan kutilayotgan ijodiy natijalar, o‘qib-o‘rganish, o‘rgatish uchun
zaruriy muhit, o‘quvchilar va sinfni doimiy kuzatish, oila, maktab, mahalla hamkorlik
aloqalarini mustahkamlaydilar. Yangi ilmiy izlanishlar obod mahalla, obod mahalla,
obod uy va namunaviy oila tashabbusi asosida rahbarlik ishlarini tashkil etishni talab
qiladi. “Boshqaruv madaniyati – bu maʼmuriy ijtimoiy va rahbarning psixologik
jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi professional va ishchanlik sifatli
sintezidir.
“Rahbar” degan nomga ega bo‘lgan har bir shaxs o‘z tashqi qiyofasi, madaniyat
kiyinishi, talabchanligi, bilimi, tashkilotchiligi bilan atrofdagilarga hamisha ibrat
namuna bo‘lmog‘i lozim. Biz yuqorida taʼkidlangan mulohazalardan kelib chiqib,
bugungi maktabgacha va maktab taʼlimida sohasida faoliyat olib borayotgan
rahbarning kompetentligi yo‘nalishidagi baʼzi kamchiliklari haqida quyidagi
holatlarni tahlil qilindi:
-maktablarda boshqaruv ishlarini talab darajada emasligi;
-fidoyilik, ijodkorlik, tashkilotchilik, kreativlikning yetishmasligi;
-huquqiy madaniyat va savodxonlikning pastligi;
-adolatlilik, halollik va insoflilikning yetishmasligi;
-ish jarayonida mahalliylik va urug‘ aymoqchilikning ustuvorligi;
-metodik birlashmalarga eʼtibor bermaslik, tashabbuskorlik va tadbirkorlikning
yo‘qligi;
-maktablarda jamoa ishlarini noto‘g‘ri taqsimlash va nazoratning pastligi;
-kasbiy va ilmiy tajribaga ega emaslik[3, 83].
Yuqoridagi mulohazalarni o‘qib o‘rganib, bugungi taʼlim- tarbiya sohasidagi
qabul qilayotgan qarorlar asosida bugungi taʼlim jarayoniga menejerlik qilaman
degan har bir iqtidorli shaxs o‘zining kasbiy kompetentligiga tayanib, rahbarlik
ishlarini tashkil qilishi lozim. Umuman olganda, taʼlim muassasalaridagi
muvoffaqiyatlar rahbarning ijrochilar mexnatiga bo‘lgan munosabatlaridan qanchalik
manfaatdorliklarni anglata bilish. Qobiliyatiga sezilarli darajada bog‘liqdir.
Zamonaviy menejerning muhim boshqaruv maqsadi o‘z xodimlarini axloqiy
hamda yuksak darajaga ko‘tarishi ularni maʼnaviy jihatdan sog‘lom jamoaga