Madaniyati. Pedagogik menejmentda kreativlik va kasbiy kompetensiyani shakllantirish



Yüklə 264,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix15.06.2023
ölçüsü264,25 Kb.
#130859
1   2   3   4   5   6   7
143 B.X. Karimova 918-924

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(4), April, 2023 
922 

Shaxsiy va kasbiy sifatlar; 

Pedagogik qobiliyat, metod va texnologiyalar; 

Kasbiy motivatsiya. 
O‘qituvchi mehnat faoliyati davomida ta’lim vazifalarini amalga oshirishda 
hayot davomida ahamiyatga ega bo‘lgan kompetensiya zarur bo‘ladi, Ularga 
quyidagilar kiradi: 
Kommunikativ kompetensiya; 
- Innovatsion kompetensiya; 
- Muammolarni hal eta olish; 
- O‘z-o‘zini rivojlantiruvchi muhitni yaralish. 
Kommunikativ kompetensiya -o‘qituvchidan to‘laqonli muloqot-chanlikni talab 
etadi. Har qanday vaziyatda ta’lim oluvchi va jamoa a’zolari bilan ijobiy 
munosabatda bo‘lishni taqozo etadi. Informatsion kompetensiya - o‘qituvchi o‘z fani 
va unga bog‘liq holda bo‘lgan barcha yangiliklardan boxabar bo‘lishi zarur. Shuning 
uchun ham pedagog axborot va kompyuter texnologiyalaridan foydalana olish 
ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. 
Pedagogik takt va pedagogik etika» mavzusi bo‘yicha talabalarga nazariy 
materiallar beriladi, seminar mashg‘ulotlarini bajarishlari uchun uslubiy maslahatlar 
beriladi. Talabalar o‘z ustilarida muntazam ishlab, berilgan seminar mavzusi 
topshiriqlarini turli axborot vositalaridan foydalanib bajarish hamda ularni amaliy 
faoliyatda qo‘llay olishlari darajasiga yetishgan, ya’ni pedagogik kompetentliklar 
shakllanishi kerak. 
“O‘qituvchi faoliyatida muomala madaniyati va psixologiyasi hamda pedagogik 
takt va pedagogik etika” mavzusini yoritishda o‘qituvchi faoliyatida muomala 
madaniyatining o‘ziga xos turlari, muloqotni tashkil etishda umuminsoniy 
qadriyatlarning ustuvorligi, pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari va 
funksiyalari, pedagogik etikaning mohiyati va xususiyatlari hamda o‘qituvchi 
etikasida dilkashlik va pedagogik takt bo‘yicha bilimlar beradi. Bu bilimlar amaliy va 
seminar mashg‘ulotlari jarayonida mustahkamlanib boriladi. Mavzu yakunida 
talabaning bilimi testlar yoki boshqa topshiriqlar orqali tekshiriladi. Har bir modul 
bo‘yicha mavzular shu tarzda talabalarga yetkazilib, ularda shu fan bo‘yicha bilim va 
ko‘nikmalari shakllantirib, bo‘lajak o‘qituvchi xislatlari tarbiyalanadi, pedagogik 
kompetentligi shakllantirib boradi[5]. 
Shu munosabat bilan bugungi kunda pedagogik boshqaruvda qatnashuvchilarga 
ya’ni o‘qituvchi shaxsiga quyidagi talablar qo‘yiladi: 
- o‘z fanini chuqur bilishi va uning metodikasini yetarli darajada o‘zlashtirish; 
- keng ilmiy dunyoqarashli va teran e’tiqod sohibi bo‘lishi; 



Yüklə 264,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin