REKLAMA MUROJAATINING TUZILISHI VA POLIGRAFIYA
ISHLARINING TURLARI, USULLARI
Reja:
1. Reklama murojaatining tuzilishi
2. Poligrafiya ishlarining turlari va usullari
Reklama murojaatining tuzilishi. «Murojaatning tuzilishi» tushunchasi
maxsus adabiyotlarda turlicha talqin etiladi. Bir guruh mutaxassislar murojaat
strukturasini shakllantirish bu birinchi navbatda uchta echimni izlashdan iboratdir:
*murojaatda aniq xulosa chiqarish kerakmi, yoki buni auditoriya hukmiga havola
qilish kerakmi (shunga ko’ra qattiq va yumshoq struktura); *faqat yoqlovchi
dalillarni bayon qilish kerakmi, yoki ularni rad etuvchi qarshi fikrlarni ham berish
kerakmi; eng ta’sirchan dalillarni qachon keltirish kerak, xabarning boshidami,
yoki oxirida.
Reklama tajribasining ko’rsatishicha murojaatning samaradorligi qattiq
tuzilishda ham, yumshoq ko’rinishda ham yetarli darajada yuqori bo’lishi mumkin.
Xabarda faqat yoqlovchi dalillarni joylashtirish, odatda, «ittifoqchi» va
«raqiblar»ning ishoralariga qaraganda samaraliroq chiqadi.
«Pozitsion ta’sir» degan tushuncha psixologlar tomonidan yetarlicha tadqiq
etilgan. Reklamaga tatbiq etilganda mazkur tushuncha reklama ma’lumotidagi
birinchi va oxirgi qismlarning ancha tez va mustahkam yodda saqlanib qolishini
nazarda tutadi. Reklama murojaatining o’ng tomoni chap tomoniga nisbatan
taxminan ikki barobar oson va yaxshi esda qoladi.
Ushbu fikrning isboti S. R. Gaas jadvalida o’z ifodasini topgan. Unda ro’znoma
sahifasidagi murojaat pozitsiyasi samaradorligini tahlil qilish natijalari
ko’rsatilgan.
1-jadvalda pasayib borishigi ko’ra 1dan (eng yuqori) 24gacha (eng past)
pozitsiya tabaqalari ko’rsatilgan gazeta sahifasi chizma holida taqdim etilgan.
Murojaat strukturasini tushuntirishga harakat qiluvchi yana bir yondoshuvga
ko’ra uning kompozitsiyasini ishlab chiqish taklif etiladi. U quyidagi qismlardan
iborat bo’lishi mumkin: slogan (shior), boshlanish, axborot bloki, ma’lumot uchun
xabarlar, aks-sado.
Dostları ilə paylaş: