Slogan – odatda reklama murojaati muqaddimasi vazifasini o’tovchi qisqa
reklama shiori, chaqirig’i, sarlavhasi, hikmatli so’z. Slogan – auditoriyaning
diqqatini qaratish va qiziqishini uyg’otish vositalaridan biri.
Sloganlarning olti asosiy turi ko’rsatiladi:
1) yangilik – «Birinchi o’pichdan beri eng buyuk kashfiyot» (L’Ureal
firmasining Kaptiv lab pomadasi reklamasi); 2) savol – «Nahotki men
sifatning qadriga yetmayman?», «Menda did yo’q deysizmi?» (Winston
sigaretasi reklamasi; 3) darak – «Terimiz har kuni Ѕ l suyuqlik
yo’qotadi» (Vichy kompaniyasining Termal S namlovchi vositasi
reklamasi); 4) buyruq - «Kent dunyosiga qadam qo’ying» va shu
mazmundagi klassik tusga kirgan «Marlboro mamlakatiga mahamat»
chaqirig’i; 5) «1-2-3-yechimlar» - «Sizning yangi FORDingizgacha 50
qadam» (Ford-Plan); 6) «nima-qanday-nima uchun» - «Salomatlikni
sotib olib bo’lmaydi. Klubimiz a’zolari bunday emasligini bilishadi» (d
Class klubi reklamasi).
Sloganlarga qo’yilgan asosiy talablar uning qisqaligi va xaridor talablarini
qondirishi haqidagi va’dadir.
Boshlanma (pochin) - murojaatning sloganni ochib beruvchi va ma’lumot
blokini boshlab beruvchi qismi. Bu qismda tovar orqali hal etiladigan muammoni
ma’lum qilish samarali hisoblanadi.
Asosiy matn deb ham yuritiladigan ma’lumot bloki qabul qiluvchini undash va
unga yetarli ma’lumotni taqdim qilishda asosiy yuklamani ko’taradi.
Tadqiqotlarning ko’rsatishicha aniq yoki nisbatan to’liq ma’lumotga ega
murojaatlar kattaroq ta’sir kuchiga ega bo’ladi. Odamlar o’zlari uchun zarur
axborotni olish uchun uzun matnlarni ham o’qishga tayyor bo’lishlari isbotlangan
haqiqatdir. Ayniqsa bu qimmatbaho tovarlarni reklama qilish bilan bog’liq bo’lsa.
Ekspert bo’lish shart emas, lekin poligrafik ishlab chiqarish bo’yicha yetarlicha
bilimga ega bo’lish turli nuqtai nazarlardan foydali bo’lishi mumkin. Bu matn,
maket va badiiy bezak tayyorlashning boshlang’ich bosqichlarini tashkil etishni
osonlashtiradi, ishlab chiqarishning har bir turiga oid xizmatning narxini aniq va
rentabelli ravishda belgilash imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: