Vazirligi termiz davlat pedagogika



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix15.06.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#131084
  1   2
Maktabgacha ta\'lim tashkiloti pedagogining ish hujjatlari - Jovliyeva Shodiya



O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY 
TA‟LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR 
VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA 
INSTITUTI 
 
“MAKTABGACHA TA‟LIM” YO„NALISHI 
 
 
 
1-kurs 106-guruh talabasi 
Jovliyeva Shodiya
“Maktabgacha ta‟lim tarbiyani tashkil etish” 
fanidan tayyorlagan 
REFERA
TI


Termiz – 2023 yil 
 
 
“Maktabgacha ta’lim” yo’nalishi 106-guruh talabasi Mengaliyeva Feruza


“Maktabgacha ta’lim” yo’nalishi 106-guruh talabasi Mengaliyeva Feruza
Mavzu: Maktabgacha ta‟lim tashkiloti pedagogining ish hujjatlari. 
Reja: 
1. Mudira tomonidan tashkil etiladigan pedagogik boshqaruvning muhim jihatlari. 
2. Pedagogik jarayonda boshqaruv qarorlarini qabul qilish. 
3. Pedagoglar jamoasida o`zaro munosabatni boshqarish. 
Pedagogik jarayonni samarali boshqarishning mudira mahorati sifatida tan olinishi, 
boshqaruv mahoratini egallash, texnika va texnologiyasini chuqur o`rganish hozirgi zamon 
boshqaruvchisi faoliyatidan mustahkam o`rin olib kelmoqda. Ilmiy boshqaruv ta`limi XX 
asrning 80-90 yillarida paydo bo`lgan. Uning asoschisi amerikalik muhandis F.Teylor bo`lib, 
u “boshqaruvni ilmiy tashkil etish usuli va printsiplari” nomli kitobida boshqarishga ilmiy 
yondashish zarurligini ko`rsatib berdi. 
“Pedagogik boshqarish” – ta`lim–tarbiya jarayonini rejalashtirilgan maromda amalga 
oshirish, tarbiyalash va o‟qitish maqsadlariga erishish dasturini ro`yobga chiqarish uchun 
xizmat qiladigan pedagogik faoliyatdir. 
Pedagogik boshqarish o`z xususiyatiga ko`ra quyidagi turlarga bo‟linadi: 
1. Sub`ektlar nuqtai nazaridan: 
a) mudiraning o`z-o`zini boshqarishi; 
b) mudiraning pedagoglar jamoasini boshqarishi; 
v) pedagoglar jamoasida pedagoglar o`rtasidagi o`zaro munosabatni boshqarish; 
g) alohida pedagog xodimlarni boshqarish. 
2. Faoliyat jarayoni nuqtai nazardan: 
a) ta`lim jarayonini boshqarish; 
b) tarbiya jarayonini boshqarish; 
v) shaxsiy faoliyatni boshqarish. 
Pedagogik faoliyatda o‟z-o‟zini boshqarish murakkab jarayon hisoblanadi. Shuning 
uchun o‟zini yaxshi idora eta oladigan mudiraga xos xarakterlarni aniqlash muhim 
ahamiyatga egadir quyida ayni ko‟rsatkichlar keltirilgan. 
1. Tananing sog‟ligi. 
2. Zararli (yomon) odatlarning yo‟qligi. 
3. harakatchan va bardoshli bo‟lish. 
4. Hayotga, ishga vazmin va muvozanatli yondashish. 
5. Ruhiy zarbalarga dosh bera olish qobiliyati. 
6. Vaqtdan samarali boshqarish qobiliyati. 
Yuqoridagi boshqarishning barcha muammolari o‟zaro boglangan. Biz qulay bo‟lishi 
uchun bu muammolarni to‟rt qismga bo‟lib tadbiq qilamiz: 
1. Jismoniy sogliqni saqlab turish. 
2. Kuchni oqilona sarflash. 


“Maktabgacha ta’lim” yo’nalishi 106-guruh talabasi Mengaliyeva Feruza
3. Qiyinchiliklarni bartaraf eta olish. 
4. Vaqtdan samarali foydalana bilish. 
Pedagoglar jamoasi mustaqil tashkilotdir, ammo u pedagogik rahbarlikka, ya‟ni 
boshqarishga muhtojdir. Pedagoglarni o‟z holiga tashlab qo‟yish va ularning faoliyatlarida, 
ular shaxsining tarkib topishida yordam bermaslik mumkin emas. Ayni vaqtda, pedagoglar 
jamoasiga nisbatan ma‟muriyatchilik, buyruqbozlik yo‟liga ham o‟tib olmaslik zarur
pedagoglarning mustaqilligi hamda tashabbusini bo‟g‟ib qo‟ymasdan, pedagoglar jamoasi 
faoliyatini mohirlik bilan boshqarmoq, pedagoglarda jamoa xatti-harakat hamda jamoa uchun 
qayg‟urish tajribalari to‟planishiga yordam ko‟rsatmoq lozim. 
Pedagoglar jamoasiga rahbarlik qilish, uni tashkil etish va jipslashtirishda - faolllar 
bilan ishlashni yo‟lga qo‟yish katta ahamiyatga ega. Ishonarli, ishchan faollarni aniqlash 
uchun mudira pedagoglarning faoliyatini, guruh ishlariga kim qanday munosabatda bo‟lishini 
kuzatishi, har bir pedagog bilan shaxsan suhbatlashib, ijtimoiy ish bilan shug‟ullanish 
istagini bilishi, ishning uddasidan chiqadigan bolalarni aniqlashi zarur. 
Mudira yoki pedagoglar jamoasi shunday ishlarni tanlab olishi kerakki, bu ishlar 
barcha pedagoglar hamda har bir pedagogning qiziqishiga javob bersin. 
Maktabgacha ta‟lim muassasalarini kuzatish istiqbollarni belgilashning ikki asosiy metodi 
borligini ko‟rsatdi: 
a) mudiraning o‟zi pedagoglar oldiga vazifa qo‟yadi, bunda u ana shu vazifalarni hal 
etish yo‟llarini ko‟rsatadi va pedagoglarni qiziqtirishga intiladi; 
b) pedagoglarning o‟zlari qiziqarli tadbirlarni ilgari suradilar, mudira bu 
tashabbusni qo‟llab-quvvatlaydi hamda amalga oshirish usullarini topishda yordam beradi. 
Birinchi metod pedagoglar jamosini tarkib toptirishning dastlabki bosqichida, 
ikkinchisi esa, ancha yuqoriroq bosqichida, mudira tomonidan qo‟yilgan talabni guruh faoli 
jamoasi qo‟llab-quvvatlaydigan davrida qo‟llanadi. 
Shunday qilab, pedagoglar faoliyatini uyushtirishda faqat istiqbolni qo‟yish uning 
mazmunini to‟g‟ri belgilashgina emas, balki bu tadbirlarni amalga oshirish va muddatini 
belgilash ham ahamiyatlidir. 
Yosh jamoada yoki quyi guruh pedagoglaridan tashkil topgan jamoada ishni yaqin 
istiqbollarni qo‟yishdan boshlagan ma‟qul. 
Mudira pedagoglar jamoasini tarbiyalash bilan birga, har qaysi pedagog shaxsini 
ham tarkib toptiradi. Ular mustahkam jipslashgan jamoada biror ishni boshlaganlarida 
pedagoglarning faoliyati hamda tashabbusiga, jamoat fikriga tayanadilar. Pedagogning 
hurmat-obro‟si qanchalik baland bo‟lmasin, u baribir to‟g‟ri tashkil etilgan pedagoglar 
jamoasicha ta‟sir ko‟rsata olmaydi. 
Pedagoglar jamoasi pedagog va pedagoglar orasidagi yangi turdagi munosabatlarning 
qaror topishiga imkon yaratadi. Mustahkam jipslashgan pedagoglar jamoasi mavjud bo‟lgan 
taqdirda, pedagog xodimlarga to‟g‟ridan-to‟g‟ri emas, balki bavosita,jamoa orqali, ularning 
o‟z hamkasblari orqali ham tahsir etish imkoniyatiga ega bo‟ladi. Buning natijasida tarbiya 
ishida, 



Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin