O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY
TA‟LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA
INSTITUTI
“MAKTABGACHA TA‟LIM” YO„NALISHI
1-kurs 106-guruh talabasi
Jovliyeva Shodiya
“Maktabgacha ta‟lim tarbiyani tashkil etish”
fanidan tayyorlagan
REFERA
TI
Termiz – 2023 yil
“Maktabgacha ta’lim” yo’nalishi 106-guruh talabasi Mengaliyeva Feruza
“Maktabgacha ta’lim” yo’nalishi 106-guruh talabasi Mengaliyeva Feruza
Mavzu: Maktabgacha ta‟lim tashkiloti pedagogining ish hujjatlari.
Reja:
1. Mudira tomonidan tashkil etiladigan pedagogik boshqaruvning muhim jihatlari.
2. Pedagogik jarayonda boshqaruv qarorlarini qabul qilish.
3. Pedagoglar jamoasida o`zaro munosabatni boshqarish.
Pedagogik jarayonni samarali boshqarishning mudira mahorati sifatida tan olinishi,
boshqaruv mahoratini egallash, texnika va texnologiyasini chuqur o`rganish hozirgi zamon
boshqaruvchisi faoliyatidan mustahkam o`rin olib kelmoqda. Ilmiy boshqaruv ta`limi XX
asrning 80-90 yillarida paydo bo`lgan. Uning asoschisi amerikalik muhandis F.Teylor bo`lib,
u “boshqaruvni ilmiy tashkil etish usuli va printsiplari” nomli kitobida boshqarishga ilmiy
yondashish zarurligini ko`rsatib berdi.
“Pedagogik boshqarish” – ta`lim–tarbiya jarayonini rejalashtirilgan maromda amalga
oshirish, tarbiyalash va o‟qitish maqsadlariga erishish dasturini ro`yobga chiqarish uchun
xizmat qiladigan pedagogik faoliyatdir.
Pedagogik boshqarish o`z xususiyatiga ko`ra quyidagi turlarga bo‟linadi:
1. Sub`ektlar nuqtai nazaridan:
a) mudiraning o`z-o`zini boshqarishi;
b) mudiraning pedagoglar jamoasini boshqarishi;
v) pedagoglar jamoasida pedagoglar o`rtasidagi o`zaro munosabatni boshqarish;
g) alohida pedagog xodimlarni boshqarish.
2. Faoliyat jarayoni nuqtai nazardan:
a) ta`lim jarayonini boshqarish;
b) tarbiya jarayonini boshqarish;
v) shaxsiy faoliyatni boshqarish.
Pedagogik faoliyatda o‟z-o‟zini boshqarish murakkab jarayon hisoblanadi. Shuning
uchun o‟zini yaxshi idora eta oladigan mudiraga xos xarakterlarni aniqlash muhim
ahamiyatga egadir quyida ayni ko‟rsatkichlar keltirilgan.
1. Tananing sog‟ligi.
2. Zararli (yomon) odatlarning yo‟qligi.
3. harakatchan va bardoshli bo‟lish.
4. Hayotga, ishga vazmin va muvozanatli yondashish.
5. Ruhiy zarbalarga dosh bera olish qobiliyati.
6. Vaqtdan samarali boshqarish qobiliyati.
Yuqoridagi boshqarishning barcha muammolari o‟zaro boglangan. Biz qulay bo‟lishi
uchun bu muammolarni to‟rt qismga bo‟lib tadbiq qilamiz:
1. Jismoniy sogliqni saqlab turish.
2. Kuchni oqilona sarflash.
“Maktabgacha ta’lim” yo’nalishi 106-guruh talabasi Mengaliyeva Feruza
3. Qiyinchiliklarni bartaraf eta olish.
4. Vaqtdan samarali foydalana bilish.
Pedagoglar jamoasi mustaqil tashkilotdir, ammo u pedagogik rahbarlikka, ya‟ni
boshqarishga muhtojdir. Pedagoglarni o‟z holiga tashlab qo‟yish va ularning faoliyatlarida,
ular shaxsining tarkib topishida yordam bermaslik mumkin emas. Ayni vaqtda, pedagoglar
jamoasiga nisbatan ma‟muriyatchilik, buyruqbozlik yo‟liga ham o‟tib olmaslik zarur;
pedagoglarning mustaqilligi hamda tashabbusini bo‟g‟ib qo‟ymasdan, pedagoglar jamoasi
faoliyatini mohirlik bilan boshqarmoq, pedagoglarda jamoa xatti-harakat hamda jamoa uchun
qayg‟urish tajribalari to‟planishiga yordam ko‟rsatmoq lozim.
Pedagoglar jamoasiga rahbarlik qilish, uni tashkil etish va jipslashtirishda - faolllar
bilan ishlashni yo‟lga qo‟yish katta ahamiyatga ega. Ishonarli, ishchan faollarni aniqlash
uchun mudira pedagoglarning faoliyatini, guruh ishlariga kim qanday munosabatda bo‟lishini
kuzatishi, har bir pedagog bilan shaxsan suhbatlashib, ijtimoiy ish bilan shug‟ullanish
istagini bilishi, ishning uddasidan chiqadigan bolalarni aniqlashi zarur.
Mudira yoki pedagoglar jamoasi shunday ishlarni tanlab olishi kerakki, bu ishlar
barcha pedagoglar hamda har bir pedagogning qiziqishiga javob bersin.
Maktabgacha ta‟lim muassasalarini kuzatish istiqbollarni belgilashning ikki asosiy metodi
borligini ko‟rsatdi:
a) mudiraning o‟zi pedagoglar oldiga vazifa qo‟yadi, bunda u ana shu vazifalarni hal
etish yo‟llarini ko‟rsatadi va pedagoglarni qiziqtirishga intiladi;
b) pedagoglarning o‟zlari qiziqarli tadbirlarni ilgari suradilar, mudira bu
tashabbusni qo‟llab-quvvatlaydi hamda amalga oshirish usullarini topishda yordam beradi.
Birinchi metod pedagoglar jamosini tarkib toptirishning dastlabki bosqichida,
ikkinchisi esa, ancha yuqoriroq bosqichida, mudira tomonidan qo‟yilgan talabni guruh faoli
jamoasi qo‟llab-quvvatlaydigan davrida qo‟llanadi.
Shunday qilab, pedagoglar faoliyatini uyushtirishda faqat istiqbolni qo‟yish uning
mazmunini to‟g‟ri belgilashgina emas, balki bu tadbirlarni amalga oshirish va muddatini
belgilash ham ahamiyatlidir.
Yosh jamoada yoki quyi guruh pedagoglaridan tashkil topgan jamoada ishni yaqin
istiqbollarni qo‟yishdan boshlagan ma‟qul.
Mudira pedagoglar jamoasini tarbiyalash bilan birga, har qaysi pedagog shaxsini
ham tarkib toptiradi. Ular mustahkam jipslashgan jamoada biror ishni boshlaganlarida
pedagoglarning faoliyati hamda tashabbusiga, jamoat fikriga tayanadilar. Pedagogning
hurmat-obro‟si qanchalik baland bo‟lmasin, u baribir to‟g‟ri tashkil etilgan pedagoglar
jamoasicha ta‟sir ko‟rsata olmaydi.
Pedagoglar jamoasi pedagog va pedagoglar orasidagi yangi turdagi munosabatlarning
qaror topishiga imkon yaratadi. Mustahkam jipslashgan pedagoglar jamoasi mavjud bo‟lgan
taqdirda, pedagog xodimlarga to‟g‟ridan-to‟g‟ri emas, balki bavosita,jamoa orqali, ularning
o‟z hamkasblari orqali ham tahsir etish imkoniyatiga ega bo‟ladi. Buning natijasida tarbiya
ishida,
Dostları ilə paylaş: |