`
14
Taktli chastotasi 133MGTS bo’lgan Pentium modelli protsessorlarda (1997yil) ularga MMX–
buyruqli blok kiritilgan. ((MMX - MultiMedia extensions). Soprotsessor bazasida yaratilgan
ushbu blok SIMD-texnologiyasi bilan ishlar edi. Bu texnologiya bir jinsli ma’lumotlarning
blokini bitta mashina ko’rsatmasiga (instruktsiyasiga) ko’ra qayta ishlar edi.
Ushbu kengaytirishni kiritishdan maqsad bir turdagi butun sonli ma’lumotlardan iborat bo’lgan
massivlarni qayta ishlovchi dastur ilovalarning samaradorligini oshirishdir. Bunday ilovalarga
misollar: tasvirlarni va tovushlarni
qayta ishlash ilovalari, arxivlash va arxivlarni ochish, va
boshqalardir. Bu kiritilgan yangiliklar Pentium protsessorining
ish unumdorligini odingi
protsessorlarga qaraganda anchagina yuqori bo’lishiga olib kedi. Shunga ko’ra odingi
protsessorlar tezda o’z o’rnini bu protsessorlarga bo’shatib berishga majbur bo’ldi.
Xozirgi vaqtda bunday protsessorlarning uch xil avlodi yoki oilasi mavjud:
Pentium-Pentium, P6 va NetBurst mikroarxitekturali Pentium IV protsessorlari.
Pentium
oilasiga oldin aytib o’tilgan Pentium va Pentium MMX protsessorlari ham kiradi.
P6 oilasi 1995 yida Pentium Pro protsessorining paydo bo’lishi bilan boshlandi. Bu ikki oiladagi
nomlarning o’xshashligiga qaramasdan ularning ichki arxitekturasi bir - biridan anchagina farq
qiladi. Pentium PRO protsessorlaridagi yangi sxemotexnik echimlarni xisobga olmagan xoda
uning asosiy arxitektura xususiyatlarini ko’rib o’tamiz. Protsessor uchta konveyerning ishini
ta’minlaydi, ya’ni bir taktda uchtagacha bo’lgan buyruqlarni bajara oladi. Buning uchun
buyruqlarning oqimini qayta ishlovchi maxsus texnologiyalar qo’llanilgan. Ushbu protsessorlar
Kesh xotira bilan ishlashning yangi texnologiyasiga asoslangan. Odatiy ishlatiladigan ichki 8
Kilobaytli birinchi darajali xotiradan tashqari ikkinchi darajali 256 kilobaytli Kesh xotira ham
mavjud. Uning bilan aloqa bog’lash uchun maxsus 64 razryadli shina mavjud.
Bu shina
generatorning chastotasida ishlaydi.
Pentium Pro protsessorining ma’lumotlar shinasi 36 razryadli bo’lib u 64 Gigobaytgacha
bo’lgan xotirani adreslashi mumkin.
1997 yida paydo bo’lgan Pentium II protsessori Pentium Pro protsessorining arxitekturasiga
MMX-buyruqlar bilan ishlay olish qobiliyatini qo’shdi. Bundan tashqari barcha darajadagi KESH
xotiralarningo’lchami ortdi. Birinchi darajapi buyruqlarning kesh xotirasi 16 kilobaytgacha
orttiridi. Ikkinchi darajali kesh xotira 1 gigobaytgacha orttiridi va u protsessor chastotasining
yarmida ishlay oladigan bo’di.
Protsessorning keyingi ikkita modeli 1998
yida ishlab chiqarilgan, Celeron va II Xeon
modellaridir Bu modellar Pentium II ning biri “engil» va nisbatan «og’ir»
modifikatsiyalangan
turlaridir. Celeron umumfoydalanuvchi tizimlarini yaratish uchun mo’ljallangan. Pentium II
Xeon protsessori esa yuqori unumli server tizimlarini yaratish uchun ishlab chiqilgan.
P6 oilasiga kiruvchi oxirgi protsessor-Pentium III 2000 yilda ishlab chi-qilgan.
Uning
boshqalardan asosiy farqi MMX-buyruqlarining qo’shimcha to’plamlari bilan ishlay olishidir.
Bu to’plam buyruqlar asosiy to’plamining SSE kengaytmasi (SSE-Streaming SIMD Extensions)
deb ataladi.
Hozirgi vaqtda eng oxirgi 32 razryadli protsessor bu Pentium IV protsessoridir. U
mikroarxitekturaning NET BUST deb ataluvchi yangi turining avlodidandir. Bu protsessorning
paydo bo’lishi bilan Intel protsesorlarining buyruqlar to’plami yana 144 ta yangi buyruqlarga
ko’paydi. Bu buyuvlar asosan suzuvchi vergulli MMX blok uchun, hamda xotirani keshlashni