Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati



Yüklə 275,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/17
tarix16.06.2023
ölçüsü275,83 Kb.
#131422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
S3. O‘rta asirlarda jismoniy tarbiya

Shaharliklar 
 Savdo va sanoatning birmuncha taraqqiy etishi  
jismoniy tarbiyasi o`rta asr shaharlarining o`sishiga olib keldi. Sex  

uyushmalariga birlashgan hunarmandlar shaharlarlarning 


markaziy figurasi va moddiy madaniyatining chinakam yaratuvchilari bo`ldi. 
Shaharliklar shaharlarni talab kelgan va ularning savdosiga to`siq bo`lgan 
feodallarga qarshi kurashda o`zlarining qo`lida bo`lgan barcha vositalardan, 
jumladan jismoniy tarbiyadan ham foydalandilar. Jismoniy tarbiyaning asosini 
xalq jismoniy mashqlari va o`yinlari tashkil etar edi. Sex ishlab chiqarish 
uyushmalari ritsarlarning hujumi vaqtida piyoda askarlar otryadiga aylanib, shahar 
lashkarlarini tashkil etar va feodal otliq askarlariga qarshi muvaffaqiyatli harakat 
qilar edi. Keyinroq shaharlarda maxsus yoy otuvchilar hamda qilichbozlar va 
nayzabozlarning birlashmalari vujudga kelib, ular qardoshlik birlashmalari deb 
nom oldi.
Qilichbozlar qardoshliklariga nayzabozlik, qilichbozlik va oybolta irg`itishga 
o`rgatilar va mashq qilinar edi. Bu yerda qurol bilan zarba berish va zarbani 
qaytarish usullari, qurolsiz otliq askarning qurolli otliq askarga qarshi kurash 
usullari; tutish, bo`g`ish va boshqa elemrntlarni o`z ichiga olgan erkin kurash 
usullari o`rgatilar edi. Qilichbozlar qardoshliklari ishtirok etishni xohlagan barcha 
shaharliklar o`rtasida ochiq musobaqalar o`tkazar edi. Masalan, Frankfurt shahrida 
har yili kuz oyi yarmarkasida “shamshir sohibi” unvoni uchun musobaqa o`kazilar 
edi. Musobaqalar ko`pincha xalq bayrami kunlariga to`g`ri kelar edi. Qilichbozlar 
qardoshliklarining o`z ustavi, gerblari va alohida nomlari, masalan, “Sher tog`idagi 
muqaddas Mark jamiyati”, “Erkin qilichbozlar” va boshqa nomlari bor edi.
Yoy otuvchilarning qardoshlik uyushmalarida shaharliklarga kamalak va 
kamondan, keyinchalik esa, XIV-XV asrlardan boshlab o`q otadigan quroldan 
otishga o`rgatilar edi. O`q otish musobaqalari turli nishonlarga otilar edi. 
Langarcho`p uchiga bog`langan qush ko`pincha nishon vazifasini bajarar edi. Yoy 
yoki kamon otish vaqtida masofa 125-150 qadamga yetar edi. O`q otadigan qurol 
paydo bo`lgan vaqtda otish masofasi ancha kam o`zgardi, chunki dastlabki 
miltiqlar hali takomillashmagan edi. Xalq bayrami programmasiga qilichbozlik va 
o`q otish musobaqalaridan tashqari, odatda, yugurish, sakrash, kurashish, poyga va 
eshkak eshish bo`yicha poyga qilishga doir musobaqalar ham kiritilar edi.
Qurollar o`zboshimcha mahalliy feodal ritsarlarga qarshi kurashda shahar 
lashkarining harbiy qudratiga tayanar va shuning uchun shaharliklarning harbiy-
jismoniy tayyorgarkigini takomillashtirishda shaharlarni qo`llab-quvvatlar edi. 
Shaharlarda kamalak otish odatini rag`batlantirish yuzasidan korollarning ko`p 
sonli farmoyishlari chiqarilgan edi. Korollar shaharliklarni bevosita harbiy 
tayyorgarlikdan chakg`itadigan o`yinlarnigina ta’qiqlar edilar.


Shaharliklar hayotida to`p bilan o`ynaladigan turli xalq o`yinlari keng 
tarqalgan edi. Ingliz shaharlari ko`chalarida futbol o`ynalar edi. Fransiyada “kross” 
va “pom” singari o`yinlar juda ommalashgan edi. Shaharlar katta bo`lmaguncha, 
barcha o`yinlar va musobaqalar shahardan tashqaridagi dala va yaylovlarda 
o`tkazilar edi. Biroq keyinchalik shaharlar o`sib, shahar atrofidagi yerlar poliz 
ekinlari va bog`lar bilan band bo`lgandan keyin holat jiddiy o`zgardi-o`yinlar 
shahar ko`chalarida o`tkazila boshlandi. Ko`tarilayotgan shahar burjuaziyasi bu 
o`yinlarni ta’qiqlash uchun harakat qila boshladi. Masalan, 1314 yil London 
savdogarlari iltimosi bilan ingliz koroli Eduard II shahar ichida katta to`p bilan 
o`ynaladigan o`yinlarni tasodifiy tomoshabinlar, yo`lovchilar va hatto imoratlar 
uchun xavfli, deb ta’qiqladi.
“Pom” o`yinidagi o`zgarishlar shahar sharoitlarining o`yinlar taraqqiy etishiga 
bo`lgan ta’sirini yaqqol ko`rsatadi. XIV asrgacha “pom” o`yini hamma joyda: 
dalada, ritsarlik qal’alarida, shahar qal’alari yonida, cherkov maydonlarida va 
boshqa yerlarda o`ynalar edi. Endi esa bu o`yin uchun atrofi yopilgan maxsus 
maydonlar qura boshladilar. Bu maydonlar ustiga to`r o`rnatilib, bu to`r ustidan 
to`pni ilgarigidek qo`l bilan emas, balki raketka yordamida qaytarib otish lozim 
edi. XIV asr oxirida Fransiyada bu o`yin uchun hatto maxsus binolar ham qurilgan.
Shotlandiya va Angliyada futbol o`yini ham taxminan xuddi shunday taraqqiy 
etdi. Ilgarigi vaqtlarda bu o`yin dehqonlar o`yini edi. Hosil yig`ib olingandan keyin 
qo`shni qishloq dehqonlari hosili o`rib olingan dalalarda katta to`p bilan o`ynar 
edilar. Shaharliklar markaziy bozor maydonida yoki ko`chalarda futbol o`ynar 
edilar. Bu xol ko`pincha tartibsizlikka, shahardagi normal harakatning buzilishiga 
olib kelar edi. Shuning uchun asta-sekin o`ynaladigan joy va o`yinchilar sonini 
cheklovchi qoidalar yaratila boshlandi. Biroq ba’zi shaharlarda ko`chada
o`ynaladigan o`yinlar XIX asrning o`rtalariga qadar davom etib keldi.
O`rta asr shaharlarida akrobatlar va ayniqsa darbozlarning chiqishlari juda ham 
ommalashgan edi. Darbozlar baland qilib tortilgan arqon ustida yuribgina 
qolmasdan, shu bilan birga, unda turli mashqlarni ham bajarar edilar. Ularning 
ko`pgina mashqlari, masalan, osilgan holatdan tiralib gavdani ko`tarish va turli-
tuman aylanma harakatlar, keyinchalik gorizontal langar cho`pga-turnikning 
timsoliga o`tkazilar edi. Akrobatika mashqlaridan shaharliklar ichida g`oyat 
ommalashgan turi piramida tuzish edi. Akrobatlar turli murakkab sakrashlarni ham 
bajarishar edi. Keyinroq shaharlarda oshiq o`yini, karta o`yini va shunga 
o`xshashlar ham keng tarqaldi.
O`rta asr universitetlarining o`quv programmalarida jismoniy tarbiyaning 
yo`qligi studentlar orasida jismoniy mashqlarning tarqalishiga halaqit bermadi. 
Ko`pgina studentlar yoy otish va qilichbozlik uyushmalariga kirar edilar. 
Studentlar o`rtasida ko`pincha kurash va mushtlashish musobaqalari uyushtirilar 
edi. Studentlarning klublarida qilichbozlik, yog`och otda chavandozlik qilish va 
akrabatika qilish mashqlari ham o`tkazilar edi.
Dehqonlarning mahnati feodal madaniyatining moddiy asosi edi. Feodallar, 
quldorlardan farqli ravishda moddiy boyliklarni bevosita yaratuvchilar - 
krepostnoy dehqonlarning jismoniy mashqlar bilan shug`ullanishini rasman 
taqiqlamadi. Biroq tinkani qurituvchi kundalik mehnat kreostnoylarning butun 


kuchini quritar edi. Ularning tomoshalar, jismoniy mashqlar uchun vaqti ham, 
kuchi ham yetmas edi. Cherkov xalqning jismoniy mashqlariga qarshi chiqdi. 
Cherkov xalq orasida badan to`g`risida g`amxo`rlik qilishning gunoh ekanligi 
to`g`risida rivoyat tarqatdi, o`zini tiyishni va tarki dunyo qilib hayot kechirishni 
targ`ib qildi. Biroq dehqonlar o`zlarining muhitlarida qadimdan yashab kelayotgan 
jismoniy mashq va o`yinlarni mehnat faoliyatiga va feodallarga qarshi kurashga 
tayyorlash vositalaridan biri sifatida saqlab qolishga intildilar. 
Feodallarning o`zlari ham, quldorlik tuzumining ravnaq topgan davridagi 
quldorlar singari, jismoniy mashqlar bilan aktiv shug`ullandilar, o`zlarini 
bosqinchilik 
urishlariga 
va 
krepostnoylikka 
aylantirilgan 
dehqonlarning 
qo`zg`olonlarini bostirishga tayyorlab bordilar. Urush olib borishning yangi usuli 
va yangi harbiy texnika jismoniy tarbiya vositalari va metodlarida ayrim 
o`zgarishlar sodir bo`lishiga olib keldi. Ritsarlarning butun tarbiyasi harbiy-
jismoniy tayyorgarlikdan iborat edi. Ritsarlik turnirlari o`sha vaqtlarda o`ziga xos 
ko`ngil ochish vositasi emas, balki shu bilan ayni bir vaqtda, ritsarlarning harbiy-
jismoniy jihatdan tayyorgarligini namoyish etuvchi ko`rik, ot, nayza va qilichni 
ishlatish mahoratiga doir musobaqa edi. 
G`arbiy Yevropa shaharlarining aholilari feodal ritsarlardan mustaqil bo`lib 
olishga harakat qildilar. Ular qo`llariga qurol tutgan holda kurashib, o`z erkinligini 
olishlari lozim edi. Bu esa ularni shaharlar atrofida devorlar qurishga va handaqlar 
qazishga, qorovullik xizmatini o`tashga va harbiy jismoniy tayyorgarlik bilan 
shug`ullanishga majbur qildi. O`sha vaqtdagi shaharliklar orasida yugurish
sakrash, tosh uloqtirish, og`irlikni bir joydan ikkinchi joyga ko`chirish, 
qilichbozlik, yoydan o`q otish, kurashish va to`p o`ynash singari jismoniy 
mashqlar rasm bo`lgan edi. Ular bu mashqlar yuzasidan uyushtiriladigan 
musobaqalarni bayram kunlari o`tkazar edilar. Keyinchalik shaharliklar tomonidan 
qilichbozlik va o`q otish qardoshlik uyushmalari tashkil etilgan edi.
Agar quldorlik tuzumida jismoniy tarbiya faqat quldorlar orasida taraqqiy 
etgan bo`lsa, feodal tuzumida esa u faqat hukmron sinf o`rtasida emas, balki 
ekspluatatsiya qilinuvchi aholi o`rtasida ham rivojlandi. Shaharliklar va dehqonlar 
o`rtasida o`tkaziladigan xalq jismoniy tarbiyasi mustaqillik va xalq an’analari 
asosida amalga oshirilar edi. Bu tarbiya moddiy boyliklarni bevosita 
yaratuvchilarining jismoniy kamolotiga imkon berar va shuning uchun quldorlik 
jamiyatidagi jismoniy tarbiyaga nisbatan progressiv edi.

Yüklə 275,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin