Dastlabki vaqtlarda bu davlatlarda barcha mehnatkashlar harbiy xizmatni
o`tashga majbur bo`lgan erkin yer egalaridan iborat edi. Ular qirol yoki harbiy
boshliq chaqirig`i bilan qurollangan holda yetib kelishlari va harbiy yurishlarda
qatnashish uchun tayyor bo`lishlari kerak edi. Lekin harbiy ta`lim yaxshi tashkil
etilmagan edi. Aholini harbiy va jismoniy jihatdan tayyorlashning o`ziga xos xalq
shakllarining jadal suratda rivojlanishiga sabab ham, ehtimol,
uyushgan harbiy
ta’limning yo`qligi bo`lsa kerak. Dehqonlar uchun harbiy va jismoniy tarbiya
faqat jangovar faoliyat uchungina emas, balki mehnat faoliyati uchun ham zarur
edi.
Bu davrda jismoniy tarbiyaning sinfiy xarakteri birinchi navbatda jismoniy
mashqlardan foydalanish maqsadlarida namoyon bo`ldi. Dehqonlar jismoniy
tarbiyadan mehnat va jangovar faoliyatga tayyorlash
vositalaridan biri sifatida,
yuqori martabaga erishgan feodal aslzodalar esa o`z qudratini mustahkamlash
vositasi sifatida foydalandilar. Feodal aslzodalari faqat o`z mavqeyi, hokimligi
bilangina emas, balki jismoniy kuchi bilan ham xalqdan ajralib turishga harakat
qilar edi. Buning uchun aslzodalarga xalqqa nisbatan beqiyos darajada katta
imkoniyatlar bor edi. Feodal aslzodalar o`zlarining harbiy jismoniy tarbiya
sistemalarini yaratishda xalqning jismoniy mashqlar va o`yinlar
sohasidagi
ijodidan keng foydalandilar.
O`sha davrdagi G`arbiy Yervropa davlatlarining Eng yirigi Franklar davlati edi.
Franklar qo`shni davlatlar bilan olib borgan juda ko`p urushlarda kuchli qo`shin
vujudga keltirgan edilar. Bu qo`shin doimiy drujinalardan va dehqonlar
lashkarlaridan iborat edi. Dehqonlar lashkarida barcha dehqonlar qatnashar edi,
shuning uchun franklar xalqni harbiy jihatdan tayyorlashga katta e’tibor berdilar.
Har yili harbiy ko`riklar tashkil etilib, ularda harbiy manevrlar o`tkazilar edi.
Franklar og`ir qurollar-qilichlar, nayzalar, katta yoylar, palaxmonlar va oyboltalar
bilan qurollanar edilar. Bu qurollarni ishlatish katta jismoniy kuchni, chidamlilikni
va epchillikni talab qilar edi. Urug`chilik tuzumining yemirilishi davridan boshlab
xalq hayotida saqlanib kelayotgan jismoniy mashq va o`yinlar bu fazilatlarning
takomillashuviga yordam berar edi.
Asta-sekin feodal munosabatlarning taraqqiy etib borishi bilan feodallar xalqni
harbiy ishdan chetlashtirib bordi. Otliq ritsarlar asosiy harbiy kuch bo`lib qoldi. IX
asrda franklarda otliq ritsarlar qo`shinining asosiy negiziga aylangan edi. Yirik yer
egalari qirol chaqirig`iga muvofiq, yaxshi
qurollari va aslahalarini olib, otliqlar
gruppasi hamrohligida yurishga otga minib chiqishi lozim edi. Qirollar
ritsarlarning jangovar tayyorgarligini tekshiurish uchun maxsus ko`riklar tshkil etar
edi. Dastlabki vaqtlarda bu ko`riklar harbiy namoyish xarakterida edi. Keyinroq
ular turnirlar nomini olib, yakkama-yakka
olishuvlarga aylandi; bu ko`rik
qatnashchilari to`mtoq nayzalar, gurzilar va qilichlar bilan harakat qilishar edi.
VII-IX asrlarda dvlati vujudga kelgan Markaziy va Sharqiy Yevropaning qadimgi
slavyanlari ham mehnat va jangovar faoliyati bilan bog`langan juda ko`p jismoniy
mashqlarni tatbiq etganlar. Qadimgi slavyanlar jangovar, kuchli va jasur xalq
bo`lgan. Slavyanlar Boltiq dengizining sharqiy qirg`oqlarigdan turib yengil
kemalarda hozirgi Daniya va hatto Buyuk Britaniya qirg`oqlariga harbiy yurishlar
uyushtirganlar. Ular Kiyev Rusidan xuddi ana shunday kemalarda Dnepr bo`ylab
quyi oqimga tushib kelganlar va Vizantiyaga hujum qilib, Qora dengizdan kechib
o`tganlar. Ular qurolni yaxshi ishlata olishlari natijasida qo`l jangida alohida
mahoratga ega bo`lganlar. Slavyanlar yugurish, to`siqlardan sakrash, mushtlashish,
kurash, og`irlik ko`tarishga doir mashqlar va ovchilik juda ommalashgan edi.
Slavyanlarning aza
oshlari aslida jismoniy kuchga, chaqqonlikka, jasurlikka va
harbiy mahoratga doir musobaqalardan iborat bo`lar edi.
Chexlar juda uzoq muddat davomida o`z mustaqilligi uchun nemis ritsarlarining
tajovuziga qarshi kurash olib borishga majbur bo`lganlar. Bu kurash davomida
chexlarda jang qilish shakl va metodlari tarkib topdi. Bu kurashda chexlar
qurollarning har xil turlarinigina emas, balki mehnat qurollarini ham (chalg`ilarni,
g`alla yanchishzanjirlarini va hokazolarni ) ishlatdilar. Chex dehqonlarining
erksevarligi, yuksak axloqiy va jismoniy tayyorgarligi
yuz yillar davomida nemis
ritsarlari otryadlariga qarshilik ko`rsatishga imkoniyat berdi. VII asrda arablar
davlati tarkib topdi. Arab aslzodalari yoshlarning harbiy-jismoniy tayyorgarligiga
katta e’tibor berdilar. Shuning natijasida yengil qurollangan arab otliq askarlari
jangda yaxshi manevr qila olar edilar. Ular tezlik bilan chopib ketayotgan otning
ustida yoydan mohirona otar, yengil nayzalarni uloqtirar, qilich va uzun nayzalarni
mohirlik bilan ishlatar, epchillik bilan egardan sakrab tushar va unga sakrab chiqar
edilar. Bundan tashqari, otliq askarlar turli qurollarda
qilichbozlik qilishni va
suzishni yaxshi bilar edilar.
Arablar Vizantiya va G`arbiy Yevropa davlatlarining jismoniy tarbiyasiga
birmuncha ta’sir ko`rsatdilar. Otda yurish va yoydan o`q otish usullarining
ko`plarini g`arbiy yevropaliklar arablardan o`zlashtirgan edilar. O`yinlar
to`g`risida ham, masalan, ilgari G`arbiy Yevropada ma’lum bo`lmagan “chovgan ”
o`yini haqida ham xuddi shunday deyish mumkin. XII-XIII asrlarda bu o`yin
Vizantiyadagi saroy aslzodalarining sevikli tomoshalaridan biriga aylandi. G`arbiy
Yevropada (Fransiyada) bu o`yin “chikane” nomi bilan taraqqiy etdi va keyingi
vaqtlarda ot ustidagi to`p o`yini sifatida tarkib topdi.
Dostları ilə paylaş: