rayonlarida,
jumladan, Skandinaviyada chang`ida yurish va konki uchish ancha
keng qo`llanilar edi. Fransiyada to`p bilan o`ynaladigan o`yinlar mashhur edi.
“Sul” o`yinida ko`pincha aksari qishloqlarning aholisi ishtirok etar edi.
O`ynovchilar ikki guruhga bo`linishar edi. O`yinning vazifasi to`pni egallab olib,
uni o`z qishlog`iga olib ketishdan va oldindan belgilab qo`yilgan nishonga
tashlashdan iborat edi. O’ynovchilar soni ko’pincha bir necha yuz kishiga yetar
edi. Xuddi shunga o’xshash o’yinlar Angliyada turli nomlar (“futbol”, “xerling”,
“kemping” va boshqalar ) bilan mashhur edi. “Lapta” tipidagi o’yinlar ( nemis
o’yini “shlagball”, ingliz o’yinlari “kriket”, “raundres” ) shar o’yinlari, kegli
o’yinlari ham ancha ommalashgan edi.
Xalq hayotida saqlanib qolgan o’yin va mashqlar
dexqonlarda sistemali
jismoniy tarbiyaning yo’qligini birmuncha to’ldirar va ularda mehnat qilish va
feodallarga qarshi kurashish uchun zarur bo’lgan ma’naviy va jismoniy
fazilatlarning tarbiyalanishiga imkon berar rdi. Dehqonlar ommasida jismoniy
tayyorgarlikning xalq formalari ahamiyati shvetsariyaliklar misolida yaqqol ko’zga
tashlanadi. Gabsburglar imperiyasiga qarshi kurash davrida Morgantina yonidagi
bo’lgan jangda (1315- yil) va boshqa janglarda uch Shvetsariya kantonlari-Shvitsa,
Ur va Untervalden ittifoqi dushmanning otliq ritsarlariga
jiddiy zarba berishga
muvaffaq bo’ldi. Shvetsariyaliklarning yaxshi jismoniy tayyorgarligi va ularning
jangda kamalak otish, tosh uloqtirish va boshqa xarakatlarni moxirona
qo’llaganliklari ma’lum darajada bu kkurashning muvaffaqiyatli borishiga sabab
bo’ldi.
XIV asrda Shvetsariya kantonlarida yoshlarning o’ziga
xos jismoniy tarbiya
sistemasi qaror topdi. 16-18 yoshdagi kkishilar jiddiy jismoniy tayyorgarlik
maktabini o’tar edilar. Ular yugurish, sakrasg, kurashni o’ganar; tosh uloqtirish
uzun nayza oyboltani ishlatishni zich saf bo’lib harakat qilishni o’rganar
shuningdek to’p o’yini va boshqa o’yinlar bilan shug’ullanar edilar.
Yigitlarning harbiy va jismoniy tayyorgarligi o’z-o’zini idora qiladigan
kantonlar orasidan saylab qo’yiladigan maxsus shaxslar tomonidan tekshirilar edi.
Bunday tekshirish alohida xalq yig’ilishlarida
amalga oshirilar va yugurish,
sakrash, tosh uloqtirish, kurashish, otda yurish, kamon otish va qilichbozlikka doir
musobaqalardan iborat bo’lar edi.
Keyinchalik shvetsariyaliklar knyaz va korollar qo’shiniga yollana boshladilar,
landsknextlarga - absolyutizm malaylariga aylandilar. Ular kim ko’p haq to’lasa
ana shunga pul badaliga o’z kuchi va hayotini sotar edilar. Shvetsariyaliklar,
Engels ta’kidlaganidek, o’zlarining jangavor shuhratini pulga aylantirib yubordilar.
Feodallarga qartshi chiqadiga xalq lashkarini tayyorlashda jismoniy mashqlar
katta o’rin tutar edi. Yomon qurollahga piyoda dexqonlar sovutga o’ralib olgan
otliq ritsarlarga qarshi jang qilishga majbur bo’lar edi. G’alayonchilar, birinchi
navbatda ritsarlarni otdan urib tushirar edilar. Buning
uchun esa ular otliqlarni
arqon bilan o’rar yoki otlarning oyog’ini chopib tashlar edilar. Piyoda qolga
ritsarlar beso’naqay bo’lib, qo’zg’olonchilar ularni so’yil, to’qmoq, gurzi va
toshlar bilan urar edilar. Bu usullar ularga o`zlarining dushmaniga jiddiy talofat
yetkazish imkonini berar edi. Masalan, so`nggi o`rta asr davrida taboritlar-asosan
chax dehqonlaridan iborat bo`lgan xalq lashkari xarakat qildi.
XV asrning
boshlarida gusit urushlari olib borilayotgan paytda taboritlar o`zlarining
yo`lboshchisi Yan Jijka lashkari kurashga yaxshi tayyorgarlik ko`rar edi. Hatto
o`smirlar ham palahmondan tosh otish mashqiga qatnashar va bunga maxsus
o`rgatilar edi. Taboritlar eng daxshatli quroli to`qmoq edi. To`qmoq bilan minutiga
20-30 zarba urish mumkin edi, bu esa oldindan jiddiy tayyorgarlik ko`rishni talab
etar edi.
Dostları ilə paylaş: