Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari



Yüklə 1,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/22
tarix17.06.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#131760
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
3-4674-ilova 1

har 
oyda 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Administratsiyasiga murojaatlar bilan ishlash to‘g‘risida hisobot taqdim etadilar. 
Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari O‘zbekiston Respublikasi Interaktiv 
davlat xizmatlari yagona portalida, davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida, 
bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida har oyda e’lon qilinishi mumkin. 
Murojaatlar bilan ishlash bo‘linmasi tushgan murojaatlarni tahlil qilish 
yakunlari bo‘yicha davlat organi, tashkilotining rasmiy veb-saytida tegishli statistika 
ma’lumotlarini har oyda e’lon qiladi. 
 
 


26 
VII bob. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish 
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini 
buzganlik uchun ma’muriy (Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning
43-moddasi) va jinoiy (Jinoyat kodeksining 144-moddasi) javobgarlik mavjudligini 
unutmaslik lozim. 
Quyidagi hollarda davlat organining mansabdor shaxsi ma’muriy 
javobgarlikka tortilishi mumkin: 
murojaatni qabul qilish va ko‘rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etilgan 
bo‘lsa; 
murojaatni ko‘rib chiqish muddatlari uzrsiz sabablarga ko‘ra buzilgan bo‘lsa; 
murojaatga yozma ravishda yoki elektron shaklda javob yuborilmagan bo‘lsa; 
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikka zid 
qaror qabul qilingan bo‘lsa; 
jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlarini tiklanishini, murojaat 
yuzasidan qabul qilingan qarorning bajarilishini ta’minlanmagan bo‘lsa. 
Agar yuqorida ko‘rsatilgan holatlarda, shuningdek, murojaat munosabati bilan 
ma’lum bo‘lib qolgan jismoniy shaxslarning shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi yoxud 
yuridik shaxslarning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ularning roziligisiz oshkor 
etish, xuddi shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi 
qonunchilikni boshqacha tarzda buzish jismoniy va yuridik shaxslarning 
huquqlariga, erkinliklariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud 
jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, murojaatni 
ko‘rib chiquvchi shaxs jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. 
Shuningdek, jismoniy shaxsni, uning vakilini, ularning oila a’zolarini, yuridik 
shaxsni, uning vakilini va yuridik shaxs vakilining oila a’zolarini ular davlat 
organiga, davlat muassasasiga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga 
murojaat qilganligi munosabati bilan yoxud bildirilgan fikri va murojaatidagi
tanqid uchun, xuddi shuningdek boshqacha shaklda tanqid qilganligi uchun 
mansabdor shaxs tomonidan ta’qib etish uchun ham jinoiy javobgarlik belgilangan. 


27 

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin