har
oyda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Administratsiyasiga murojaatlar bilan ishlash to‘g‘risida hisobot taqdim etadilar.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari O‘zbekiston Respublikasi Interaktiv
davlat xizmatlari yagona portalida, davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida,
bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida har oyda e’lon qilinishi mumkin.
Murojaatlar bilan ishlash bo‘linmasi tushgan murojaatlarni tahlil qilish
yakunlari bo‘yicha davlat organi, tashkilotining rasmiy veb-saytida tegishli statistika
ma’lumotlarini har oyda e’lon qiladi.
26
VII bob. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini
buzganlik uchun ma’muriy (Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning
43-moddasi) va jinoiy (Jinoyat kodeksining 144-moddasi) javobgarlik mavjudligini
unutmaslik lozim.
Quyidagi hollarda davlat organining mansabdor shaxsi ma’muriy
javobgarlikka tortilishi mumkin:
murojaatni qabul qilish va ko‘rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etilgan
bo‘lsa;
murojaatni ko‘rib chiqish muddatlari uzrsiz sabablarga ko‘ra buzilgan bo‘lsa;
murojaatga yozma ravishda yoki elektron shaklda javob yuborilmagan bo‘lsa;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikka zid
qaror qabul qilingan bo‘lsa;
jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlarini tiklanishini, murojaat
yuzasidan qabul qilingan qarorning bajarilishini ta’minlanmagan bo‘lsa.
Agar yuqorida ko‘rsatilgan holatlarda, shuningdek, murojaat munosabati bilan
ma’lum bo‘lib qolgan jismoniy shaxslarning shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi yoxud
yuridik shaxslarning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ularning roziligisiz oshkor
etish, xuddi shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi
qonunchilikni boshqacha tarzda buzish jismoniy va yuridik shaxslarning
huquqlariga, erkinliklariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud
jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, murojaatni
ko‘rib chiquvchi shaxs jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Shuningdek, jismoniy shaxsni, uning vakilini, ularning oila a’zolarini, yuridik
shaxsni, uning vakilini va yuridik shaxs vakilining oila a’zolarini ular davlat
organiga, davlat muassasasiga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga
murojaat qilganligi munosabati bilan yoxud bildirilgan fikri va murojaatidagi
tanqid uchun, xuddi shuningdek boshqacha shaklda tanqid qilganligi uchun
mansabdor shaxs tomonidan ta’qib etish uchun ham jinoiy javobgarlik belgilangan.
|