17
II. Murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi
Ro‘yxatga olingan murojaatlar kelib tushgan paytidan boshlab
bir ish kunidan
kechikmay davlat organi,
tashkiloti rahbariga, uning o‘rinbosariga yoki tarkibiy
bo‘linma rahbariga kiritiladi, u mas’ul tarkibiy bo‘linmani (xodimni)
belgilagan
holda murojaatni ko‘rib chiqish bo‘yicha rezolyutsiyani (topshiriqnoma) qo‘yadi.
Rezolyutsiya (topshiriqnoma) qo‘yilgan paytdan boshlab
bir ish kuni
mobaynida murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘linma
murojaatni ijro etuvchi
sifatida belgilangan tarkibiy bo‘linmaga (xodimga) imzo qo‘ydirgan holda beradi.
Bunda ijrochi etib belgilangan tarkibiy bo‘linma (xodim)tomonidan ijro etish
to‘g‘risidagi belgi qo‘yiladi.
Agar murojaatda bir nechta tarkibiy bo‘linmaga tegishli masalalar mavjud
bo‘lsa, ularning barchasi murojaatni ko‘rib chiqish bo‘yicha
ijro etuvchilar etib
belgilanadi. Ijro etuvchilar orasida
birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan tarkibiy bo‘linma
boshqa tarkibiy bo‘linmalar bilan birgalikda murojaat ko‘rib chiqilishini
ta’minlaydi.
Muhim!
Murojaatni to‘liq, xolisona va o‘z vaqtida ko‘rib chiqish uchun qo‘shimcha
ma’lumotlar, ma’lumotnomalar va materiallarga zarurat paydo bo‘lgan taqdirda,
mazkur murojaatni ko‘rib chiqayotgan davlat organi, tashkilot yoki ularning
mansabdor shaxslari murojaat etuvchidan, shuningdek, o‘z vakolatlari doirasida
boshqa davlat organlaridan, boshqa tashkilotlardan va mansabdor shaxslardan
qo‘shimcha axborotni so‘rab olishi mumkin. Agar axborot davlat sirini yoki
qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni o‘z ichiga
olgan bo‘lmasa, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda
qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazmasa, davlat
organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari o‘zlaridan so‘ralayotgan
axborotni o‘n kun ichida taqdim etishi shart.
Agar murojaatda o‘rtaga qo‘yilgan masalalar xo‘jalik
yurituvchi subyektlar
faoliyatiga daxldor bo‘lsa, ularning vakillari murojaatni ko‘rib chiqishda ishtirok
etish uchun davlat organlari,
tashkilotlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida
jalb etiladi.
Zarur hollarda murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun davlat organi,
tashkiloti
tomonidan tegishli mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
Murojaatni ko‘rib chiqayotgan davlat organi, tashkiloti yoki ularning
mansabdor shaxslari o‘z tashabbusiga ko‘ra yoxud murojaat etuvchining iltimosiga
ko‘ra uni eshitishni tashkil etishi mumkin.
18
Davlat organi, tashkiloti yoki ularning mansabdor shaxslari murojaat etuvchiga
murojaatda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha o‘z fikrini bildirish va murojaat bo‘yicha
qo‘shimcha axborot taqdim etish imkoniyatini beradi.
Zarur hollarda murojaat etuvchini
eshitishga ekspertlarni, mutaxassislarni
va manfaatdor tashkilotlarning vakillarini jalb etish mumkin.
Agar murojaatda joyning o‘zida o‘rganishni talab etuvchi holat bayon qilingan
bo‘lsa, shuningdek, boshqa zarur hollarda murojaatni ko‘rib chiquvchi davlat organi,
tashkiloti murojaatni joyning o‘zida ko‘rib chiqishni ta’minlashi mumkin.
Murojaatni joyning o‘zida ko‘rib chiqish davlat organi,
tashkiloti rahbarining
topshirig‘i yoki uning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: