19
Murojaat, unda ko‘tarilgan barcha masalalar Qonun talablariga muvofiq
ko‘rib chiqilgan va murojaat qiluvchiga tegishli javob yuborilgan taqdirda ko‘rib
chiqilgan hisoblanadi.
Quyi organ tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan murojaatlar unga kelib
tushgan kunidan boshlab
besh kun muddatdan kechiktirmay xat bilan yoki davlat
organining, tashkilotining rahbari yoki tarkibiy bo‘linmaning rahbari tomonidan
imzolangan topshiriq bilan birga yuborilishi, bu haqda murojaat qiluvchiga yozma
yoxud elektron shaklda xabar berilishi kerak.
Agar murojaatni ko‘rib chiqishda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini
tekshirish, shu jumladan moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish)
zarurati yuzaga kelsa, tekshirish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Agar murojaatni ko‘rib chiqish davomida murojaatning
dublikati kelib tushsa,
mazkur murojaat avval kelib tushgan murojaat bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: