18
Davlat organi, tashkiloti yoki ularning mansabdor shaxslari murojaat etuvchiga
murojaatda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha o‘z fikrini bildirish va murojaat bo‘yicha
qo‘shimcha axborot taqdim etish imkoniyatini beradi.
Zarur hollarda murojaat etuvchini eshitishga ekspertlarni, mutaxassislarni
va manfaatdor tashkilotlarning vakillarini jalb etish mumkin.
Agar murojaatda joyning o‘zida o‘rganishni talab etuvchi holat bayon qilingan
bo‘lsa, shuningdek, boshqa zarur hollarda murojaatni ko‘rib chiquvchi davlat organi,
tashkiloti murojaatni joyning o‘zida ko‘rib chiqishni ta’minlashi mumkin.
Murojaatni joyning o‘zida ko‘rib chiqish davlat organi, tashkiloti rahbarining
topshirig‘i yoki uning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: