13
III bob. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning
vakillarini qabul qilishni tashkil etish
I. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul
qilishni tashkil etish
Davlat organlarida, tashkilotlarida, shuningdek, ularning mansabdor shaxslari
tomonidan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning
vakillarini qabul qilish
tashkil etiladi.
Davlat organlarining rahbarlari yoki bu borada vakolat berilgan boshqa
mansabdor shaxslari tomonidan jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar
vakillarining sayyor qabullari, shuningdek ommaviy
qabullar tashkil etilishi
mumkin.
Barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi
hokimiyat organlari rahbarlarining jismoniy shaxslarni
va yuridik shaxslarning
vakillarini
joylarda sayyor qabul qilish bo‘yicha jadvallari (yillik yoki yarim
yillik) ishlab chiqilib, mos ravishda yuqori turuvchi davlat organlari va tashkilotlari
rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
Shaxsiy, sayyor va ommaviy qabul qilish jadvali va uni o‘tkazish vaqti,
joyi hamda qabulga oldindan yozilish to‘g‘risidagi axborot,
qabul qilish tartibi
ularni
davlat organlari, tashkilotlarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilish,
shuningdek, ularning ma’muriy binosida hamma kirishi mumkin bo‘lgan joylardagi
stendlarga yoki boshqa texnik vositalarga joylashtirish orqali manfaatdor shaxslar
e’tiboriga yetkaziladi.
Sayyor va ommaviy qabul o‘tkaziladigan viloyat, shahar va tumanlardagi
tegishli davlat organlari, tashkilotlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari tomonidan
bir hafta oldin aholi bilan targ‘ibot ishlari amalga oshiriladi.
Og‘zaki murojaatlar bilan kelgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning
vakillari murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘linmaning rahbari yoxud boshqa
mas’ul xodim, shuningdek davlat organi, tashkiloti tarkibiy bo‘linmalarining
(keyingi o‘rinlarda tarkibiy bo‘linma deb ataladi), tashkilotning
rahbarlari yoxud
boshqa mas’ul xodimlari tomonidan qabul qilinadi.
Murojaat qiluvchining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar tekshirilgandan keyin
hisobga olish kartochkasi to‘ldiriladi. Hisobga olish kartochkasi og‘zaki murojaat
sifatida ro‘yxatga olinadi.
Jismoniy shaxs og‘zaki murojaat etayotganda o‘z shaxsini tasdiqlovchi
hujjatni, yuridik shaxsning vakili esa o‘z vakolatlarini tasdiqlaydigan va o‘z shaxsini
14
tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatishi kerak, ommaviy qabul vaqtida kelib tushgan
murojaatlar bundan mustasno.
Og‘zaki murojaatlar real vaqt rejimida axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan
foydalangan holda, shu jumladan davlat organlarining,
tashkilotlarining ishonch, tezkor aloqa telefonlari orqali va video-konferens-aloqa
vositasida ham berilishi mumkin.
Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘linma qabulga kelgan jismoniy
shaxslarni va yuridik shaxslarning
vakillarini qabul qilishni, shuningdek jismoniy
shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish bilan bog‘liq ishlarni
tashkil etadi.
Davlat organida, tashkilotida jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning
vakillarini qabul qilish murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘linma yoki tegishli
tarkibiy bo‘linma xodimlari ishtirokida amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiluvchi rahbar
yoki vakolatli shaxsning ko‘rsatmasi bo‘yicha davlat organini, tashkilotining boshqa
xodimlari ham qabul qilish jarayoniga jalb etilishi mumkin.
Agar jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsiy, sayyor
va ommaviy qabul qilish paytida murojaatda bayon qilingan masalalarni hal etish
davlat organi, tashkiloti yoki ularning mansabdor shaxsining vakolatiga kirmasligi
aniqlangan taqdirda, ularga murojaatda bayon qilingan masalalarni hal etish uchun
qaysi organga yoki tashkilotga murojaat qilish kerakligi tushuntiriladi. Bunda
jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining talabi bilan bu haqda yozma
shaklda javob beriladi.
Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining
sayyor va ommaviy
qabullar vaqtida berilgan og‘zaki murojaatlari ro‘yxatga olinadi hamda belgilangan
tartibda ko‘rib chiqiladi.
Sayyor va ommaviy qabulni o‘tkazish natijalari bo‘yicha tegishli bayon
to‘ldiriladi, chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: