8
ayta olsin, kamchiligi bo'lsa o'rtoqlari va o'qituvchi javobidan kelib chiqib to'g'rilay
olsin. Darsning xarakter xususiyatiga qarab dars interfaol usulda bo'lishiga
erishishi lozim. Darslarda testlardan va tarqatmali materiallardan foydalanish ham
yahshi natija beradi.
Ma'lumki, boshlang'ich sinf ona tili darsligining adabiy til meyorida amaliy
o'zlashtirishlarga yordam berishdir. Darslikning asosiy qismini xilma-xil mashqlar
tashkil etadi.
Masalan:K.Qosimova, S.Fuzailov va A.Ne'matova muallifligidagi 2-sinf ona
tili darsligi 1-sinfda o'tilganlarni takrorlashdan boshlanadi. Bunda gap va so'z
haqidagi bilimlar takrorlanib mustahkamlanadi. Va asta sekin navbatdagi bilimlar
berib boriladi. 2004-yilda to'ldirilgan nashrning muqovasida ikkita o'quvchining
maktab tomon ketayotgan rasmi berilgan. Bu rasm o'quvchilarning shu darslikka
qiziqishini oshiradi. Mashqlarda uyga vazifa va o'ylab ko'rish uchun berilgan
mashqlarga alohida belgi qo'yilgani juda ma'qul. Ayniqsa kitobning sahifalari did
bilan jihozlangan. Berilgan rasmlar aniq, chiroyli qilib chizilgan. Qoidalar aniq,
tushunarli qilib chiziqlar ichida berilgan. Darslik ohirida lug'at berilgan bo'lib
jarangli va jarrangsiz undoshlar aniq ajratib ko'rsatilgan. Darslik foydalanishga
loyiq.
S.Fuzailov va M.Xudayberganovalar tomonidan 2004-yilda nashr etilgan 7-
nashri ham 3-sinf o'quvchilari uchun juda mos tayyorlangan. Muqovadagi
tanlangan rasmlar va bobomiz A.Navoiyning yodgorliklari va o'gitlari juda o'rinli
berilgan. Darslik sahifalari ham sifatli qog'oz va ranglar asosida yaratilgan.
Darslikning 3- sahifasida Mustaqillik maydoni rasmini berilishi o'quvchilarni o'z
vataniga, xalqiga, prezidentiga sadoqat ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.
Shuningdek, darslik sahifalariga ishlangan rasmlar ham juda o'rinli, aniq qilib
berilgan. Qoidalar ham chiziqlar ichida alohida rang bilan berilgan. Bu ham
o'quvchilarni ona tilidan grammatik qoidalarni tez va puxta o'zlashtirib olishlarida
alohida ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: