7
1.bob.Insho yozish malakasi va uni shakllantirish usullari.
Boshlang'ich sinf ona tili darslariga qo‟yilgan muhim talablardan biri
o'quvchilar bilimini shakllantirish borasida ularning qobiliyatlarini o'stirish ustida
ishlash bilimlarni ongli bo'lishiga
erishish, o'quvchilarga har bir ishni o'ylab
bajarishga odatlantirishdir.
Maktabda amaliy ishlarning ahamiyati o'quvchilar tomonidan to'g'ri
baholansa-da, o'quvchilarning nazariy bilimlaridan amalda foydalanishga
qiynaladilar. Yozma ishlarni bajarishda grammatika qoidalaridan kam
foydalanadilar. Aslida esa imlo savodxonlikni oshirish uchun ko'chirib yozish va
amaliy mashqlar muhim o'rin tutadi.
Psixologik tadqiqodlardan ma'lum bo'lishicha,
imlo savodxonlik asta-
sekinlik bilan shakllanadi. Amaliy ishlardan qoidaga o'tishda ham o'zlashtirish
jarayoni sekinlik bilan kechadi. Dastlab o'qituvchi rahbarligida og'zaki muhokama
qilinadi. Asta-sekin o'quvchilar o'ylab, mulohaza qilib anglay boshlaydilar. Borcha
yozuv darslarida o'quvchilarga to'g'ri yozish qoidalarini ta'kidlab turish va amaliy
ishlarni bajarish orqali ularning imlo savodxonliklarini oshirish mumkin.
Barcha ona tili darslarida o'quvchilar bilishini va malaka qobiliyatlarini
takomillashtirish maqsadida oldin o'tilgan darslarni takrorlashga vaqt ajratiladi.
Takrorlash bilimlarni aniqlashga, hisobga olish
va shu bilan bir vaqtda
mustahkamlashga yordam beradi. Boshlang'ich sinflarda oldin o'tilganlarni
takrorlash bilan bir vaqtda va takrorlash jarayonida oz-ozdan yangi bilimlar berib
boriladi. Takrorlash orqali o'quvchilar o'z bilimlarini tartibga soladilar,
mustahkamlaydilar.
Ilg'or tajribali o'qituvchilar darslarni tashkil etishda oldin o'tilganlarni
mustahkamlash, yangi bilimlarni o'zlashtirish bilan bir vaqtda keyingi darsda
o'rganiladigan mavzu uchun zamin tayyorlaydilar.
Hozirgi zamon darsi shundan iboratki, o'quvchi,
tinglovchi, o'qituvchi esa
ma'ruzachi bo'lib qolmasligi kerak. Balki o'qituvchi darsni kuzatib tartibga
soluvchi rejissorga aylanmog'i lozim. O'qituvchi darsni shunday tashkil etishi
kerakki hamma o'quvchi shu mavzu yuzasidan mustaqil fikr yuritsin, o'z
fikrini
8
ayta olsin, kamchiligi bo'lsa o'rtoqlari va o'qituvchi javobidan kelib chiqib to'g'rilay
olsin. Darsning xarakter xususiyatiga qarab dars interfaol usulda bo'lishiga
erishishi lozim. Darslarda testlardan va tarqatmali materiallardan foydalanish ham
yahshi natija beradi.
Ma'lumki, boshlang'ich sinf ona tili darsligining adabiy til meyorida amaliy
o'zlashtirishlarga yordam berishdir. Darslikning asosiy qismini xilma-xil mashqlar
tashkil etadi.
Masalan:K.Qosimova, S.Fuzailov va A.Ne'matova muallifligidagi 2-sinf ona
tili darsligi 1-sinfda o'tilganlarni takrorlashdan boshlanadi. Bunda gap va so'z
haqidagi bilimlar takrorlanib mustahkamlanadi. Va asta sekin navbatdagi bilimlar
berib boriladi. 2004-yilda to'ldirilgan nashrning muqovasida ikkita o'quvchining
maktab tomon ketayotgan rasmi berilgan. Bu rasm o'quvchilarning shu darslikka
qiziqishini oshiradi. Mashqlarda uyga vazifa va o'ylab ko'rish uchun berilgan
mashqlarga alohida belgi qo'yilgani juda ma'qul. Ayniqsa kitobning sahifalari did
bilan jihozlangan. Berilgan rasmlar aniq, chiroyli qilib chizilgan.
Qoidalar aniq,
tushunarli qilib chiziqlar ichida berilgan. Darslik ohirida lug'at berilgan bo'lib
jarangli va jarrangsiz undoshlar aniq ajratib ko'rsatilgan. Darslik foydalanishga
loyiq.
S.Fuzailov va M.Xudayberganovalar tomonidan 2004-yilda nashr etilgan 7-
nashri ham 3-sinf o'quvchilari uchun juda mos tayyorlangan. Muqovadagi
tanlangan rasmlar va bobomiz A.Navoiyning yodgorliklari va o'gitlari juda o'rinli
berilgan. Darslik sahifalari ham sifatli qog'oz va ranglar asosida yaratilgan.
Darslikning 3- sahifasida Mustaqillik maydoni rasmini berilishi o'quvchilarni o'z
vataniga, xalqiga, prezidentiga sadoqat ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.
Shuningdek, darslik sahifalariga ishlangan rasmlar ham juda o'rinli, aniq qilib
berilgan. Qoidalar ham chiziqlar ichida alohida rang bilan berilgan.
Bu ham
o'quvchilarni ona tilidan grammatik qoidalarni tez va puxta o'zlashtirib olishlarida
alohida ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: